FARZAND TARBIYASIDA SHAYX MUXAMMAD SODIQ MUXAMMAD YUSUF HAZRATLARINING IBRATLI HAYOTLARI VA O’GITLARIDAN FOYDALANISH
Tarbiya – bir kunlik ish emas. Shu bilan birga bola tarbiyani har kimdan olishi kerak emas. Qadimiy kitoblarda “Farzandlaringiz sizning aksingizdir” deyilgan. Tarbiyaning eng samarali usuli bu shaxsiy namuna bo‘lishdir.
Farzand tug’ilishidan to uylanish yoshigacha bo’lgan davrda olib boriladigan barcha tarbiyaviy bosqichlarni bevosita uzviy bog’lash kerak.
Birinchi, tarbiyaning e’tiqodiy qismi. Dastlab, farzand yoshligida e’tiqodiy tarbiya nazorat qilinib, bolaga Alloxdan qo’rqish, buyruqlarini bajarish, qaytariqlaridan saqlanish hamda Yaratganga ibodat qilish o’rgatiladi.
Ikkinchi, tarbiyaning odob qismi. Farzandga har doim Payg’ambarimiz (sollalloxu alayxi va sallam) muborak siyratlari va ulug’larning nasixatlari o’rgatilib, go’zal xulqlar xaqida saboq beriladi. Shu jarayonda xadis va xikmatlarni o’rgatib, ularga amal qilish uqtiriladi. Shuningdek, sahobalar, tobeinlar, muxaddislar va barcha ulug’ zotlar hayoti, munavvar axloqlaridan ibrat olish o’rgatiladi.
Uchinchi, tarbiyaning ilmiy qismi. Tarbiyaning asosiy jixatlaridan biri farzandga ilm o’rgatadigan ustozning olim va solix bo’lishidir. O’z o’rnida ustozni xurmat qilish ham ilmning tez singishiga sabab bo’ladi. Shuning barobarida farzandning munosib do’st tanlashi xam muxim. Do’st ilmga chanqoq bo’lsa, ikkisi ilm yo’lidagi mashaqqatlarni birga engadi.
Tarbiyaning uch qismi bayon qilindi. Bundan tashqari bo’lgan barcha jarayonlarni xam bir-biriga bog’lab, to’ldirib singdirib borilsa, maqsad xosil bo’ladi. Farzandda jaholatni mag’lub eta oladigan ma’rifat paydo bo’ladi. U xaqiqiy komil insonga aylanib, turli hiylalarga aldanmaydi. Buzuqliklarga qarshi nafrat hissi paydo bo’ladi. Farzandda ushbu sifat va fazilatlar uyg’unlashsa, munavvar nur taratayotgan xilol singari, o’z yog’dusi va taftini sochayotgan quyosh misoli jamiyatga foydali inson bo’lib voyaga etadi...
FARZAND TARBIYASIDA ONANING MAS'ULIYATI
Onalik mas'uliyati bu har qanday vaziyatda ham farzandingizga nisbatan sabrli bo'lishdir.
Ko'pincha ular ayb qilib qo'yganda to'g'ri tushuntirib muloyim gapirishga sabrimiz yetmaydi-da, darrov urushib, baqirib yuboramiz.
Bu kelajakda siz va farzandingiz o'rtasidagi yaqinlik yo'qolishiga, uning qo'rqoq bo'lishiga, o'ziga bo'lgan ishonchi kamayishiga olib kelishi mumkin.
Har doim, farzandingiz qanday ayb ish sodir etmasin va siz qanchalik jahlingiz chiqmasin, uyqudan oldin hamma bir-birini kechirishi, bolalar esa o'zlarini kerakli, sevimli ekanini his qilib uyquga ketishi lozim.
Albatta, tungi tinch uyquning muhim ekanligini aytib oʻtishni hojati yoʻq.
Qolaversa, tunda hamma uxlab yotganida, oddiy koyishlar ham juda katta baxtsizlikdek tuyuladi.
Hatto biz kattalar uchun ham.
Kechasi yig'lagan bolangiz ertalab buni unutib, o'ziga kelishi ham mumkin.
Biroq bu ko'z yoshlari uning ruhiyatida bir umrlik iz qoldirishi ham mumkin.
Agar bir kunlik “tarbiya” yetarli emas deb hisoblasangiz, farzandingizni tinch uxlashga qoʻyib bering.
Ertasi kuni muammoni muhokama qilishni davom ettirishingiz mumkin.
Lekin hech qachon farzandingiz yig'lab, mahzun holda uxlab qolishiga yo'l qo'ymang!
Bu kelajakda siz va farzandingiz o'rtasidagi yaqinlik yo'qolishiga, uning qo'rqoq bo'lishiga, o'ziga bo'lgan ishonchi kamayishiga olib kelishi mumkin.
Farzandlar bilan go'zal tarbiyaviy muomala qilishning 10ta muhim tavsiyasi 1. Qush inida ko'rganini qiladi. Biz bolalar bilan oramizdagi muammolarni qanday hal qilsak, ular ham o'zlaridan kichiklar bilan shunday yo'l tutishadi. Biz ota-onalar xar bir harakatimiz orqali farzandlarimiz bilan ko'rinmas muloqot olib boramiz. Ularga u yoki bu vaziyatdan chiqib ketish yo'llarini o'z harakatlarimiz orqali o'rgatamiz.
2. Bolada o'zingiz xohlagan sifatlarni ko'rganda, xursandligingizni bildiring. Bola o'zida siz istamagan sifatlarni namoyon qilganda esa "ko'rmay qoling". Ya'ni siz barchasini ko'rib guvoh bo'lib turgan bo'lsangiz ham, go'yoki bola tomonidan hech narsa sodir etilmadi, siz esa hech narsa ko'rmadingiz. Bu ham farzand tarbiyasida ularga ta'sir etishning samarali uslublaridan hisoblanadi. Farzand tarbiyasida ota-ona farzandining ijobiy sifatlariga qaratishi lozim. Istalmagan sifatlarga urg'u berilsa, ildiz otish havfi bor.
Suv biz xohlamagan joyga sepilsa, u xolda u yerda ajrik ko'karadi. Shunday bo'lmasligi uchun suvni faqat o'zimiz istagan joyga sepishimiz kerak.
Boladagi go'zal sifatlarni shakillantirish uchun uning ismidagi, harflar bilan boshlanuvchi yaxshi sifat-xususiyatlarni birgalashib topib, o'ziga yozdirish ham mumkin. Masalan: ODIL: O — oqil, D — dadil, I — ilimli, L — latif.
3. Ota-ona o'z yumushlari bilan band bo'lgani holda, bola o'z ustida tinimsiz ishlaydi, tinimsiz o'rganadi, to'xtovsiz ma'lumot oladi. Aynan mana shu muammoning boshi hisoblanadi. Bugungi kunimiz bunga yorqin misol bo'la oladi. Ota-ona har kuni erta turib, bir xil yumush bilan band bo'ladi. Hozir bolaga nimadir o'rgatish mumkin bo'lgan vositalar juda ko'p. Bular sirasiga internet, televideniya, atrofdagilarning o'zini tutishi, kitob, gazeta va jurnallar, turli reklama va targ'ibotlar va hokazo.
Ota-onaning saviyasi yuksak bo'lsa, ular bugungi kunda bola tarbiyasidagi muammolarga javob topa oladilar. Muammo mevada emas, daraxtda ekanini aslo yoddan chiqarmang.
Farzandning go‘zal tarbiya topishida aqidasining sog‘lom bo‘lishi eng muhim omillardan hisoblanadi. Farzandning aqidasiga e’tiborsiz bo‘lgan holda undan yaxshi natijalar kutish xuddi urug‘ qadamasdan hosil kutish kabidir. Aqida dinimiz ko‘rsatmasiga muvofiq bo‘lgandagina sog‘lom aqida deyiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam musulmon bolalarga yoshligidanoq sog‘lom aqidaning ta’limini berar edilar:
Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Men bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ortlarida edim, u zot menga: “Ey bola, men senga bir nechta so‘zlarni ta’lim beraman; Allohni muhofaza qil, (ya’ni, Allohning barcha buyruqlarini bajar,) shunda Alloh seni muhofaza qiladi. Allohni yodda tut, (ya’ni, Allohning haqqiga rioya qil,) shunda Uni qarshingda topasan. (ya’ni, sen bilan birga bo‘ladi, senga yordam beradi, seni himoya qiladi) Agar so‘rasang, faqat Allohdan so‘ra! Agar yordam talab qilsang, faqat Allohdan talab qil! Bilginki, albatta butun ummat senga biror manfaat bermoq uchun jamlansa ham, Alloh senga yozganidan boshqa manfaatni bera olmaydi. Agar ummat senga biror zarar berishga jamlansa ham, Alloh senga yozganidan boshqa zararni bera olmaydi. Qalamlar ko‘tarilgan, sahifalar esa qurigan. (ya’ni, taqdir yozilib bo‘lgan)”, dedilar”. Termiziy rivoyat qilgan.
E’tibor bering, payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam yosh bolaning aqidasi to‘g‘ri bo‘lishiga qanchalik ahamiyat qaratyaptilar. Ibodatni yolg‘iz Allohga qilishga, faqat Allohgagina bog‘lanishga hamda Allohdan o‘zga biror kimsadan qo‘rqmaslikka targ‘ib qilmoqdalar. Shuningdek, taqdirga iymon keltirishni ham ta’lim beryaptilar. Haqiqiy to‘g‘ri tarbiya mana shudir. Har bir musulmon boshqa ishlari kabi farzand tarbiyasida ham o‘zining payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan namuna olishi lozimdir.
Har yozda ota va ona o’g’lini buvisini uyiga olib borishardi. Bola ulg’aygach, ota-onasiga:
- Men allaqachon katta bo’lib qoldim. Nega hali ham menga kichik boladek qaraysizlar? Men o’zim buvimnikiga boraman! "
Qisqa munozaradan so’ng, ota-ona rozi bo’lishdi. Mana, ular platformada turib, so’nggi maslahatlarini berib yuborishdi va o’g’li javoban:
- Ha, bilaman, bilaman, 100 marta aytdilaringiz ...! "
Keyin ota:
- O’g’lim, agar sen birdan o’zingni yomon his qilsang yoki qo’rqsang, mana bu sen uchun - deya bolaning cho’ntagiga nimanidir soldi.
Nihoyat, vagon harakatlanib bola vagonda o’tirib, derazadan nimanidir tomosha qilib ketmoqda edi. Yo’lda notanish odamlar uni turtib yuborishar, shovqin qilishar, yo’lboshchiga undan shikoyat qilishar edi.
Yo’lboshchi unga norozi ohangda gapirdi, kimdir unga norozi qaradi va birdan bola bezovtalikni his qildi, endi u qo’rqa boshladi. U boshini tushirib, bir burchakka tiqilib, ko’z yoshlari to’ka boshladi. U otasining cho’ntagiga nimadir solganini esladi. U titroq qo’l bilan qog’ozni qidirib, uni ochib o’qidi:
- O’g’lim, men oxirgi vagonda ...
Birgina o’pich farzandimni o’zgartirdi.
O’g’lim 15-16 yoshlarda edi. O’tish davri, ya’ni balog’at yoshi bo’lgani uchunmi, u qo’rsroq, qo’polroq, ishga ham, o’qishga ham dangasaroq, o’zini juda aqlli sanaydigan, aytganini qildiradigan bo’lib qoldi. Biror kun yo’qki, uni koyimasam, tanbeh bermasam… Kuzatib qarasam o’g’limning beti qotib, hech o’zgarish bo’lmayapti. Qaytanga mendan o’zini olib qochyapti. Bir kuni kechasi xonasining oldidan o’tayotib eshigining qiya ochiq qolganiga ko’zim tushdi. Ichkariga qarasam, o’g’lim junjukkanday yonboshlab, usti ochiq holda uxlab yotibdi. Xonasiga kirdim-da, sekin-asta adyol bilan ustini yopdim. Qayrilib eshik tomon yurar ekanman, negadir xayolimga o’g’limni o’pib qo’yish keldi. Orqamga qaytib otalik mehri ila uni peshonasidan o’pdim.
Ertalab qarasam o’g’limning kayfiyati joyida, o’zini tutishi ham boshqacha. Avvalgi qovoq uyish, qo’rs-qo’polliklari bugun negadir yo’q. Darrov salom berib oldimga o’tirdi. Birga nonushta qildik. Shundan keyin o’g’lim kun sayin men bilan yaxshi muomala qiladigan, atrofdagilarga ham e’tiborli, darslarini ham o’z vaqtida bajaradigan bo’lib qoldi. Xulqi go’zallashdi. Men bu holatdan juda ajablandim, onasi ham hayron. Lekin vaqt o’tib bu katta o’zgarishning siri ochildi. O’g’limning onasiga aytgan gaplarini qanday bo’lsa
shundayligicha aytib bera qolay:
"O’sha kecha otam xonamga kirganlarida uxlamagan edim. Otam tepamga asta kelib, meni uxlayapti deb o’ylab ohista harakatlar bilan ustimni yopdilar. Keyin eshik tomon yo’naldilar. Xonamdan tashqariga yo’nalgan qadam tovushlari meni xotirjam qildi. Usha vaqtda otamni ko’rishni ham, gaplashishni ham xohlamasdim. Ular meni yomon ko’radilar deb o’ylardim. Lekin o’sha kecha mening his-tuyg’ularim tamoman o’zgardi. Otam orqaga qaytib peshonamdan o’par ekanlar, qalbimning tub-tubida otamga nisbatan qaynoq mehrni his qildim. Otam meni yomon ko’rmas ekanlar, men ahmoq ular haqida noto’g’ri fikrda bo’lgan ekanman. Men o’sha kecha ota-onam men uchun dunyodagi eng mehribon insonlar ekanligini, mening yaxshi inson bo’lib etishishim uchun doimo qayg’urishlarini anglab etdim, xatolarimni tushundim. Bundan buyon yaxshi tarafga o’zgarishga, otamdek yaxshi inson bo’lishga qaror qildim".
ARM rahbari: Masharipov Raxmatulla
Izohlar