08.05.2026
SHAYX MUHAMMAD SODIQ MUHAMMAD YUSUFNING ILMIY-PEDAGOGIK MEROSI VA ISLOMIY TARBIYA TIZIMINI MODERNIZATSIYALASH STRATEGIYALARI
SHAYX MUHAMMAD SODIQ MUHAMMAD YUSUFNING
ILMIY-PEDAGOGIK MEROSI VA ISLOMIY TARBIYA
TIZIMINI MODERNIZATSIYALASH STRATEGIYALARI
Masharipov Raxmatulla Beknazarovich
Qori Niyoziy nomidagi TPMI mustaqil izlanuvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.20004331
Annotatsiya: Ushbu maqolada XX asrning buyuk mutafakkiri Shayx Muhammad Sodiq
Muhammad Yusufning ilmiy va pedagogik faoliyati tahlil qilinadi. Olimning “Ijtimoiy odoblar”
va “Ruhiy tarbiya” asarlari asosida islomiy tarbiyaning zamonaviy metodologik asoslari,
ma’naviy kompetensiya modellari va jamiyatdagi ma’rifiy kurash strategiyalari tadqiq etilgan.
Kalit so‘zlar: Islomiy pedagogika, ruhiy tarbiya, ijtimoiy odoblar, metodologiya, ma’naviy
kompetensiya, didaktik platforma, renessans.
Abstract: This article analyzes the scientific and pedagogical activities of the great 20thcentury
thinker, Sheikh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Based on the scholar's works
“Social Etiquettes” (Ijtimoiy odoblar) and “Spiritual Education” (Ruhiy tarbiya), the study
explores the modern methodological foundations of Islamic upbringing, spiritual competence
models, and strategies for the enlightenment struggle within society.
Keywords: Islamic pedagogy, spiritual education, social etiquettes, methodology, spiritual
competence, didactic platform, renaissance.
INTRODUCTION (KIRISH)
XX asr oxiri va XXI asr boshlari O‘zbekiston xalqi uchun nafaqat siyosiy mustaqillik, balki
ma’naviy va diniy o‘zlikni anglash davri bo‘ldi. Ushbu murakkab davrda islomiy ilmlarni
tizimlashtirish va xalqqa sof holda yetkazish vazifasini Shayx Muhammad Sodiq Muhammad
Yusuf (1952-2015) o‘z zimmasiga oldi. Olimning hayot yo‘li — mafkuraviy tazyiqlar sharoitida
milliy-diniy qadriyatlarni asrashga qaratilgan intellektual va ma’rifiy kurash namunasidir.
Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, bugungi globallashuv davrida yoshlar tarbiyasida
“ma’naviy bo‘shliq”ni to‘ldirish, radikalizm va yot g‘oyalarga qarshi immunitet hosil qilishda
olimning ilmiy merosi metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Shayx hazratlari islomiy
qadriyatlarni zamonaviy pedagogik prinsiplar bilan uyg‘unlashtirib, o‘ziga xos “Ma’rifatli Islom”
modelini yaratdi.
Ushbu tadqiqotda quyidagi ilmiy metodlardan foydalanildi:
Retrospektiv tahlil: Olimning hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati tarixiy ketma-ketlikda
o‘rganildi.
Kontent-tahlil: Shayxning “Ruhiy tarbiya”, “Ijtimoiy odoblar” va “Hadis va Hayot”
turkumidagi asarlaridan olingan pedagogik g‘oyalar qiyosiy tahlil qilindi.
Sintez: Diniy ta’limdagi klassik an’analar va zamonaviy didaktik texnologiyalarning
Imom Faxriddin ar-Roziy o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi mudarrisi Masharipov Raxmatulla Beknazarovich
УЗ
РУ
EN
العربية