Imom Faxriddin ar-Roziy islom bilim yurtida talabalar bilan "Ixtiloflar, sabablar, yechimlar", "Islom: mohiyat va talqin. Takfir. Hijrat va jihod tushunchalari tahlili" mavzusida uchrashuv bo'lib o'tdi
Bugun 23-noyabr kuni Imom Faxriddin ar-Roziy islom bilim yurtida talabalar bilan "Ixtiloflar, sabablar, yechimlar", "Islom: mohiyat va talqin. Takfir. Hijrat va jihod tushunchalari tahlili" mavzusida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Talabalar bilan Davronbek Abduqodiriv "Ixtiloflar, sabablar, yechimlar", "Islom: mohiyat va talqin. Takfir. Hijrat va jihod tushunchalari tahlili" mavzusida uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuv davomida D.Abduqodirov domla: Ma’lumki, jaholat va johillikning davosi – bir qancha bo’lib, ulardan eng asosiysi – kitob o’qishdir. Darhaqiqat, kitob o’qish qalb chigalliklarini yozadi, ko’ngilga huzur bag’ishlaydi, jaholatga barham beradi, turli-tuman vasvasalarni kishi ongidan quvib chiqaradi. Kitob –hayotning qorong’u yo’llarini yoritib boruvchi chiroqdir! Ko’p kitob o’qiydigan inson hayotda ulkan muvaffaqiyatlarga erishadi. Dunyoda ham, oxiratda ham insonga ilmdan ko’ra ko’proq foyda keltiradigan narsa yo’q! Shuningdek, jaholatdan ko’ra zararliroq narsa ham yo’q!
Mashhur sahoba hazrati Ali karramallohu vajhahu shunday deganlar:
أَقَلُّ اَلنَّاسِ قِيمَةً أَقَلُّهُمْ عِلْماً
ya’ni: “Insonlarning eng qadri ozi – ilmi ozidir”.
Ilmsizlik, jaholat insoniyatni tubanlikka, halokatga olib borishi muqarrar. Insonlar ilm orqali Parvardigorlarini taniydilar. Dunyo va oxiratlarini ilm bilan obod qiladilar.
Shafiq ibn Ibrohim Al-Balxiy rahmatullohi alayh aytadilar:
“Biz Abdulloh Ibn Muborak rahmatullohi alayhdan: “Nima uchun namoz o’qib bo’lganimizdan so’ng biz bilan birga o’tirmaysiz?”, – deb so’radik. U kishi: “Sahobalar va tobeinlar bilan birga o’tirishga ketaman”, – dedilar. Biz: “Sahobalar va tobeinlar qayerda ekan?”, – deb, hayron bo’lib yana so’radik. Shunda u zot: “Kitob o’qiyman, shunda ular haqida, qilgan ishlari haqida bilib olaman. Sizlar bilan o’tirib nima qilaman? Sizlar bekorchilikdan odamlarni g’iybatini qilib o’tirasizlar”, – deb javob berdilar”
.Va tadbir so'ngida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Imom Faxriddin ar-Roziy islom bilim yurti matbuot xizmati.
Izohlar