09.03.2023

RAMAZON RO'ZASI MO'MINLARGA FARZDIR

                                                    Bismillahir rohmanir rohim.

Bandalariga Ramazon ro'zasizni farz qilib bergan Zot, Allohga bitmas tuganmas hamdu sanolar bo'lsin.
Ummatlariga ro'zani qanday tutish kerakligini amaliy qilib ko'rsatib ketgan zot Muhammad Mustafoga va U zotning Ahli oilalariga as'hoblariga salovatu durudlar bo'lsin.
Ramazon ro'zasi har bir mo'min musulmonga farz qilindi. Huddi besh vaqt namoz farz bo'lgani kabi. U islomning besh ustunidan biri bo'lib, unda bandaning jisman va ruhan poklanishi bor. Ro'za tutish sababli insonning sabr- matonati ortadi. U boylarga kambag'allarning ahvolini go'yoki tushuntirib , ko'rsatib qo'yadi. Natijada boylar miskinlarga ehsonlar qilib, hojatini ravo qiladi. Jamiyatda ocharchilik kamayadi.
Ramazon ro'zasi Alloh taoloning ushbu oyati karimasida farz qilindi: { یَـٰۤأَیُّهَا ٱلَّذِینَ ءَامَنُوا۟ كُتِبَ عَلَیۡكُمُ ٱلصِّیَامُ كَمَا كُتِبَ عَلَى ٱلَّذِینَ مِن قَبۡلِكُمۡ لَعَلَّكُمۡ تَتَّقُونَ }
[Baqara surasi: 183]
(Ey iymon keltirganlar sizlarga ramzon ro'zasi farz qilindi huddi sizdan oldingilarga farz qilinganidek koshki taqvodor bo'lsangiz) deya marhamat qilgan. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rosululloh sollallohu alayhi vasallam : " Kim Ramazonda iymonli va mamnun holda ro'za tutsa, uning oldingi gunohlari kechiriladi. Kim Ramazonda iymonli va mamnun holda qoim bo'lsa, uning oldingi gunohlari kechiriladi" deb marhamat qilganlar. (muttafaqqun alayhi) 
Bu oy boshqa oylardan afzal bo'lgan oydir. U oyda qur'on dunyo osmoniga nozil qilingandir.
Alloh taolo oyati karimada
{ شَهۡرُ رَمَضَانَ ٱلَّذِیۤ أُنزِلَ فِیهِ ٱلۡقُرۡءَانُ هدًى لِّلنَّاسِ وَبَیِّنَاتٍ مِّن ٱلۡهُدَىٰ و الفرقان}
(U sanoqli kunlar) Ramazon oyidirki, bu oyda odamlar uchun hidoyat bo'lib va hidoyat va furqon (haq bilan botilni ajratguvchi) ning ochiq oyatlari bo'lib Qur'on nozil qilingan...

Alloh taolo kelayotgan muborak Ramazon oyini bizlarga savob yig'ib olish va gunohlardan pok bo'lib olish mavsumi qilib qo'ysin 
Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

MURTAZOXON Abdullaxonov
Imom Faxriddin ar-Roziy islom o'rta maxsus bilim yurti 4-kurs talabasi

Izoh qoldirish

Izohlar