FIQHIY MAZHABLAR.MOLIKIY MAZHABI
Dunyo bo'yicha yoyilishiga ko'ra 3-o'rinda turadi.Mazkur mazhabga 94/713-yil Madinada tug'ilgan Imom Molik ibn Anas rahmatullohi alayh asos solgan.U zot yoshligidan juda bilimga chanqoq bo'lib tengqurlari orasida eng peshqadamlardan bo'lganlar,17yoshlaridayoqustozlari u zotni etirof qilganlar. Bu mazhabga Madina huquqiy maktabiga tayanib asos solgan. Uning mashhur "Al-Muvatto" kitobi molikiy mazhabining asosiy dasturi hisoblanadi.Ushbu kitobga ko'plab sharhlar yozilgan.Shuningdek, Imom Molikning "Ar-Raddu alal-qadariya", "Al-Ma'unatul-Kubro" kabi asarlari ham mavjud.Imom Molik Madinaning mashhur olimlaridan fiqhni o'rganib, ahli hadis qo'llaydigan uslubni qabul qildi va o'z shogirdlarini ham mazkur uslub ruhida tarbiyaladi.Imom Molik asosan oyat, hadis va ijmoga asoslanib hukm chiqarardi. Madina ahli olimlaridan ko'pchiligining kelishuvi (Madina shahri olimlari ijmosi) uning nazarida hukm chiqarish uchun bir hadis quvvatiga teng hisoblangan. Chunki u shahar ahlini Payg'ambarimiz (s.a.v.) va sahobalarining yo'l-yo'riqlarini mukammal bilib olgani va shunga asosan amal qilib kelganlari ko'proq e'tiborda tutardi."Islomda huquq" kitobida ta'kidlanishicha, Imom Molik Madinamaktabiga ta'rif berganda o'ziga xos amaliyot va mantiqdan foydalanish orqali mo'tabar rivoyatlarni bir-biriga qo'shib qo'llash uslubiga ega ekanligini yuksak baholadi. Uning ilmiy-huquqiy qarashlari ko'pincha to'g'ri va uyg'unlashganligi bilan e'tiborli edi.O'rta asrlarda molikiy mazhabining faoliyat markazi shimoli-g'arbiy Afrikaga ko'chishi natijasida o'sha yerda ko'proq rivojlandi. Molikiy mazhabi hanafiy mazhabi kabi urf-odatni tan olganligi bilan ajralib turadi. Molikiy faqihlaridan biri Alvonshireziyning (vaf.1508 y.) aytishicha, imkoni boricha urf-odatlarni ilohiy qonunlar bilan uyg'unlashtirish foydadan xoli emas.Molikiylar "masolihi mursala" deb atalmish manfaat prinsipini qo'shimcha manba sifatida usulul-fiqhga kiritganlar.Doktor Muhammad Yusuf Muso "Islom fiqhi tarixi" kitobida shundaykeltiradi: "Fransiya qonunchiligi o'zining ilk bosqichlarida Islom fiqhidan,ayniqsa, Molik ibn Anas mazhabidan ko'p narsalarni o'zlashtirgan edi. Ushbu mazhab Mag'rib mamlakatlari va Andalus (Ispaniya)da keng tarqalgan edi".Hozirgi kunda molikiy mazhabi Janubiy Misr, Falastin, Sudan, Eritreya,Somali, Liviya, Tunis, Marokash, Markaziy va G'arbiy Afrika, Gambiya,Nigeriya va Arabiston yarimorolining sharqiy qirg'oqlari (Quvayt, Bahrayn,Ummon)da tarqalgan boʻlib, Marokash va Jazoir sud mahkamalarida ko'proqmolikiy mazhabi asosida ish olib borilsa, Tunis sud mahkamalarida molikiyva hanafiy mazhablari teng huquqli hisoblanadi.Imom Molik ibn Anas rahmatullohi alayh 178/795-yili muborak Madina shahrida vafot etdilar. Alloh taolo u zotga munosib voris bo'lishimizga o'zi tavfiq bersin.
MURTAZOXON Abdullaxonov
Imom Faxriddin ar-Roziy o'rta maxsus islom bilim yurti 3-bosqich talabasi tayyorladi.
Izohlar