22.08.2023

PAYG‘AMBARIMIZNING NASABLARI VA TUG‘ILISHLARI

Bilmak kerakkim, ummatman degan har bir odam, Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomni o‘z ota-onasini tanigandek bilishi lozimdur. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘zlari arab naslidin,Quraysh qabilasi,Bani Hoshim urug‘idin bo‘lib, nomi shariflari Muhammaddir, sollallohu alayhi vasallam.Tug‘ilgan joylari Arabistonda Makka shahridur. Otalari Abdulloh, Abdullohning otasi Abdulmuttalib, uning otasi Hoshim,uning otasi Abdumanofdur. Ushbu to‘rt otalarini bilishlik har bir musulmonga lozimdur. 11-otalari Quraysh, 21-otalari Adnondur.Payg‘ambarimizning yuqorigi otalari Ibrohim Xalilullohdur. Onalarining otlari Ominadur. Payg‘ambarimiz ota-onadin yolg‘iz tug‘ilgan, to‘ng‘ich o‘g‘ildur. Chunki payg‘ambarimiz ona qornida ikki oylik bo‘lgan chog‘larida otalari Abdulloh Shom safariga ketayotib, Madina shahrida vafot topdilar, yoshlari o‘ttizga yetmagan edi.Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hazrati Iso alayhissalomdin 571 yil keyin tug‘ildilar. U zamonda Eron mamlakatida mashhur No‘shiravon Odil podshoh edi. Odil podshoh zamonida tug‘ildim, degan so‘zlari marviydur. Rabbiul-avval oyining 12-si dushanba kechasi, sahar vaqtida dunyoga keldilar.Ona qornida yotishlari, onadin tug‘ilishlari boshqa bolalardek bo‘lmadi. Chunki onalari Omina og‘ir bo‘y xotunlardek qursoq og‘irligini sezmadi, yuklik xotunlarga bo‘ladurgan badan og‘irchiliklarining hech birini bilmadi.

Izoh qoldirish

Izohlar