Istehozaning hukmlari
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan u zotning zavjalaridan biri e’tikof o‘tirdi. U (ayol) sarg‘ish va qizg‘ish (qon) ko‘rar edi. Gohida u namoz o‘qiyotganda ostiga tog‘ora qo‘yib qo‘yar edik».
Abu Dovud, Buxoriy va Nasaiylar rivoyat qilganlar.
Ushbu rivoyatda zikri kelgan, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bilan birga e’tikof o‘tirgan onamizning kim ekanliklari haqida ulamolarimiz bir necha xil tahminlar aytishgan. Ba’zilari u onamiz Savda binti Zam’a roziyallohu anho, deganlar, boshqalari Ummu Habiba Ramla binti Abu Sufyon deganlar, uchinchilari Ummu Salama roziyallohu anho, deganlar.
Ehtimol, uchalalari turli vaqtlarda alohida-alohida Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bilan birga e’tikof o‘tirgan bo‘lishlari mumkin.
Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Mustahoza ayol masjidda e’tikof o‘tirishi mumkinligi. Zotan, masjiddan boshqa joyda e’tikof o‘tirilmaydi.
2. Istehozaning qoni sarg‘ish va qizg‘ish bo‘lishi.
3. Mustahoza ayoldan qon masjidga tomish ehtimoli bo‘lsa, ostiga narsa qo‘yib, namoz o‘qishi mumkin.
«Hadis va hayot» kitobining 4-juzi asosida tayyorlandi.
MUHAMMADJON Vapayev
Imom Faxriddin ar-Roziy islom bilim yurti 4-kurs talabasi
#Талабалар
Izohlar