TAHORATSIZ KISHIGA HAROM BOʻLGAN NARSALAR!
1. Tahoratsiz kishining xoh nafl boʻlsin, xoh farz boʻlsin, namoz oʻqishi haromdir.
2. Janoza namozini ham betahorat oʻqish haromdir.
3. Sajda tilovatini betahorat bajarish ham haromdir, chunki sajdada namoz maʼnosi bor.
4. Tahoratsiz Baytullohni tavof qilish man etila- di. Bunga tavofning farz yoki nafl boʻlishining farqi yoʻq. Chunki tavof ham namozdir. Faqat unda gapla- shish muboh qilingandir. Agar bir kishi Baytullohni tahoratsiz tavof qilsa, oʻzi gunohkor boʻlsa ham, tavofi durust boʻladi. Chunki tahoratli boʻlish tavofning du- rust boʻlish shartlaridan emasdir. Lekin tavof qilish uchun tahoratli boʻlish vojibdir.
5. Tahoratsiz kishining Qurʼon kitobining hammasini yoki bir qismini, agar bir oyat boʻlsa ham, ushlashi durust emas. Ammo Qurʼon kitobining ustida undan ajragan gʻilofi boʻlsa, ushlash mumkin boʻladi.
Fiqhiy manbalar asosida tayyorlandi.
M.Yunusxo'jayev.
Imom Faxriddin ar-Roziy islom bilim yurti mudarrisi
Izohlar