RO’ZA VA UNGA DOIR HUKMLAR
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh Ta’ologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg’ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
“Ey, imon keltirganlar! Sizlardan oldingi (ummat)larga farz qilingani kabi sizlargaham ro’za tutishfarz qilindi, shoyad (u sababli)taqvoli bo’lsangiz” (Baqarah surasi 183-oyat).
Alloh ta’alo bizlarga ro’za tutmoqlikni farz qilgan ekan barcha muslim va muslimalarga ro’zaga doir bo’lganilmlarni o’rganish lozim hisoblanadi. Ro’zagadoir ilmlardan bazilarini bayon qilamiz.
Ro’zanig ta’rifi
Ro’za lug’at jihatidan“biror narsadan tiyilibturish”ni bildiradi. Shar’iyistilohda esa: “Sahardantoki quyosh botgunicha bo’lgan vaqt oralig’idayemoq, ichmoq va jimo’ (er-xotinlik muomalasi)dan ro’zani niyat qilgan holdatiyilib turishdir.
Ro’za shariatda olti xil navlanadi:
Farz (Ramazon ro’zasi);
Vojib (Kafforat va nazr ro’zalari);
Sunnat (Arafa kunining ro’zasi,Shavvol oyining 6 kunlik ro’zasi,dushanba va payshanbakuni ro’zalari va bulardan boshqalar);
Nafl ro’za – yuqoridazikr qilinganlar va makruh vaqtlardan boshqa kunlari tutiladigan ro’zadir;
Makruh ro’za (Juma kunini yoki shanba kunini xoslab ro’za tutish);
Xarom ro’za (Ikki Hayit va Tashriq kunlari ro’zasi).
Biz bu zirkr qilinganro’zalardan farz bo’lgan Ramazon ro’zasiga doir masalarni qisqacha bayon qilsak!
Ramazon ro’zasi hukmi
Ramazon ro’zasifarzi ayndir va Islom arkonlaridan biri bo’lib kim uni farzligini inkor qilsa kofir bo’lib, dindan chiqib qoladi.
Ramazon ro’zasining shartlari
Har bir oqil va bolig’ kishiga farzdir;
Kofir, majnun va bolig’ bo’lmaganlarga farz emas;
Musofir va bemorkishilar Ramazonda fidya berib, boshqa oyda qazosini tutib beradi;
Durust bo’lish shartlari
Niyat (Ramazonro’zasi niyati vaqti shom hufton namozidankeyingi kun peshinigacha hisoblanadi);
Ayollarning hayzva nifosdan pok bo’lmog’i;
Sahardan shom paytigacha yemoq, ichmoq va jimo’ kabi ro’zanibuzuvchi amallardan saqlanish.
Hikmat va fazilatlari
Ramazon fazilatlarini bayon qilishda Imom Muslim Sahihlaridagi quyidagi hadisni keltirib o’tamiz.
“Sahl ibn Sa’d So’idiy roziyallohu anhudanrivoyat qilinadi: Rasulullohsollallohu alayhi vasallam shundaydedilar: “Jannatning bir eshigi bor. U Rayyondeb ataladi. Qiyomatkuni undan faqatro’zadorlar kiradi, boshqahech kim kirmaydi. “Ro’zadorlar qayerda?” deyiladi.Ro’zadorlar turadilar. U eshikdan ulardanboshqa hechkim kirmaydi. Ular kirgach, eshikberkitiladi, (so’ng u eshikdan) boshqahech kim kirmaydi”. Buxoriy, Muslimva Nasoiy rivoyat qilishgan.
Bu hadisdanQiyomat kuni ro’zadorlar qanchalik ikrom qilinishlari ko’rinib turibdi. Yana Alloh Subhanahuva Ta’aloga yaqinlashish,
ruhimizning poklanishi, shahvatimizning tiyilishi, hojatmand faqirlarning holatinihis qilishimiz – Ramazon oyi fazilat va hikmatlaridan hisoblanadi.
Abduqayumov AkmaljonImom Fahriddin ar-Roziy Madrasasi 3-kurs 121 “A” guruh tolibi
Izohlar