03.04.2024

BUYUK FAZL SABABCHISI

Ramazonga ta’rif.
Musulmon ummati o‘zining fazilati, shukuhi bilan boshqa oylardan ajralib turadigan, intiqlik bilan kutadigan oyidir.
Insoniyatning tabiatiga mo‘tadillik yarashmaganlik har xillikka tashnadir. Demak, har bir oyning turli fazli bo‘lgani kabi ramazon oyining ham o‘ziga munosib va boshqa oylarda bo‘lmagan jihati bor.
Birinchi jihat - Alloh haq subhanahuva taolo musulmon ummatiga muqaddas islom dinini beshta ustun ustida in’om qildi. Shu besh ustunning biri bo‘lgan ro‘za ibodati aynan ramazon oyida ado etilishi o‘z-o‘zidan boshqa oylardan ajralib turishini ko‘rsatib beradi. Qolaversa, Alloh taolo muborak Qur’on karimda "( u sanoqli kunlar) ramazon oyidirki, bu oyda odamlar uchun hidoyat bo‘lib va furqon (haq bilan botilni ajratuvchi)ning ochiq oyatlari bo‘lib qur’on nozil qilingan. Bas, sizlardan kim bu oyda hozir bo‘lsa ro‘za tutsin.”( 2-185) deya musulmonlarga ramazon oyining ta’rifi va undagi ro‘za ibodatini takidladi.
Ikkinchi jihat - muborak kalomulloh sayyidimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga aynan ramazon oyining yigirma yettinchi kunida Hiro g‘orida boshlanib, aynan shu oyning qadr kechasida to‘laqonli nozil bo‘ldi.
Ro‘za
Birinchi jihat - Ramazon oyining fazlini zikr qilishdan so‘ng ushbu oydagi yuqorida takidlab o‘tgan islomning besh ustunidan biri bo‘lgan ro‘za tutishning fazliga to‘xtalsak, so‘zimizni hech ikkilanmasdan, cho‘zmasdan Alloh taolo qur’on karimda keltirgan oyati karimada “ Ey iymon keltirganlar! Sizlardan avvalgilarga farz qilinganidek, sizlarga ham ro‘za farz qilindi. Shoyadki, taqvodor bo‘lsangiz.”(2-183) aynan ramazon ro‘zasi farz ekanligiga dalolat bor.
Ikkinchi jihat - hadis sharifda esa Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: “ sizlarga muborak ramazon oyi keldi. Alloh azza va jalla uning ro‘zasini tutmoqligini farz qildi. Unda osmonlar eshiklari ochiladi. Unda Jahannam eshiklari yopiladi. Unda shaytonlar kishanband qilinadi.“ deb biz ummatga ro‘zani yaqindan tanitdilar.
Uchinchi jihat - yana Rosuli akram sollallohu alayhi vasallam muborak hadislarida : ”Kimki ramazon ro‘zasini iymon, e’tiqod va Allohdan savob umid qilib tutsa uning o‘tgan gunohlari kechirilib yuboriladi.” deb farz ibodatni bajarish bilan birga Alloh taoloning rahmat va mag‘firatiga g‘arq bo‘lishi aytilmoqda.
To‘rtinch jihat - e’tibor o‘laroq Nabiy sollallohu alayhi vasallam : “Ro‘za tutinglar sog‘lom bo‘lasizlar” degan gaplari ro‘za tutish shar’iy ibodat bo‘libgina qolmay, inson tanasiga juda katta ijobiy tasirlarga olib borishini butun dunyo mutaxxasislari o‘rganib, ta’kidlab ulgurdilar.
Yengil tanqid
* Bugungi kunda barchamiz vaqtni hisoblashda, rejalar tuzishda hayotimizga milodiy yil bilan hisoblashni singdirib bo‘ldik. Qomariy yil hisobi esa afsuski, ko‘pchiliogizmnimng xotiralarimizni tark etmay qolmadi . biz ta’rif bergan ramaozn oyini esa ommaviy axborot vositalarida , eshitish orqali va aynan shu oy kirib kelgandagini bilishimiz.
* Biy oy davomida faqat yeb-ichishdan tiyilish kerak deb bilishimiz
* Ro‘zador inson odatiy yumush va kasb korda yengillik talab qilishi kabi kamchiliklarimizga barham berib, ramazon oyini to‘laqonli fazlidan bahramand bo‘lishga intilaylik.

Shoshma to‘xta ramazon
Vaqtlar o‘tar qilich kabi, * Qalblar mushtoq yo‘linga
Ummat ko‘p sog‘inganku , * shoshma to‘xta ramazon
Xoliq seni aziz qildi, * qur’on nozili ila
Olamga rahmat, mag‘firat, * shoshma to‘xta ramazon
Sen sababli shayton ham, * kishanlandi to‘sildi
Ojiz qoldi fazlingdan, * shoshma to‘xta ramazon
Qalbimnin tutgan kishan, * ochilmas hech yechilmas
Sen kelsayding nogohon, * shoshma to‘xta ramazon
Kelding surur bag‘ishlab, * robbim fazlin yetaklab
Tatib ulgurmasimdan, * shoshma to‘xta ramazon

Karimov Diyorbek
Imom Fahriddin ar-Roziy Madrasasi 
120-kurs talabasi

Izoh qoldirish

Izohlar