04.04.2024

Qadr kechasi

Laylatul qadr kechasi musulmon bolgan insonlar uchun   beqiyos ma'naviy ahamiyatga ega bo'lgan, jannat eshiklari ochiq bo'lgan do`zax eshiklari yapiq bo`lgan, duolar Alloh tomonidan qabul bo'ladigan, gunohlar kechiriladigan va insonlar jannatga kiradigan kechadir. Laylatul qadr kechasi so`zining ikki hil manosi bor: 1. “Qadri ulug` kecha ”Bunday nom olishligining  sababi Alloh taolo bu kechani qolgan barcha kechalardan ko`ra afzal va fazilatli qilganligidir. 2.”Taqdir kechasi” degan manoni berilishligini sababi bu kechada har bir inson uchun bir yil davomida qiladigan amallari ,topadigan va yeydigan rizqilari umumiy qilib aytkanda insonning tagdiri belgilanadigan  kecha bo`lganligi uchundir.

 Alloh taolo quroni karimda shunday marhamat qiladi: 

   Albatta Biz u (Qur’on)ni Qadr kechasida nozil qildik (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Qadr kechasi nima ekanligini siz qayerdan bilar edingiz? Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir. U (kecha)da farishtalar va Ruh (ya’ni, Jabroil alayhissalom) Parvardigorlarining izni-ixtiyori ila (yil davomida qilinadigan) barcha ishlar bilan (osmondan zaminga) tushurlar. U (kecha) to tong otgunicha tinchlik-omonlikdir.(qadr surasi 1­­­-5 oyatlar). 

  Alloh taolo bu kechani ulug` sanadi va unu o`zining kalomi quroni karimda zikir qildi va o`zining kalomi bo`lmish Quronni manashu kechada o`zining Rasuli Muhammad alayhisalomga nozil qildi . Bu kechaning qanchalik ulugligini shu jumlalardan bilib olsak ham bo`ladi.qadir kechasi qanday kecha ekanligi haqida hech kim bilmas edi . Alloh taolo o`zining Rasuliga va Rasuli orqali bizga bu kecha haqida bayon qilar ekan :Bu kecha ming oydan yaxshiroq ekanligi haqida aytadi. Chunki bu kecha ming oy toat ibodat qilib ham erisha olmaydigan savobi mukofot, xayr baraka,  baxt saodat va ulkan yaxshiliklari bor bo`lgan kechadir. 

   Payg`ambarimiz alayhisalom bu kecha haqida shunda marhamat qiladi: Alloh bu oyda sizlarga ro`za tutishni farz qildi  .Bu oyda Jannat eshiklari ochiladi , do`zax eshiklari yopiladi va shaytonlar zanjir band qilinadi. Unda ming oydan yaxshiroq bo`lgan bir kecha bor , kim u kechaning yaxshiliklaridan maxrum bo`lsa maxrum qilinadi dedilar. Imom Nasaiy. 

Payg`ambarimiz alayhisalom ham bu kechani zikr qilar ekan bu kechada qilingan ibidat bu kechada bo`lgan bedorlik  ming oylik ibodatdan ko`ra afzaligini takidlamota .Biz bu kechadagi ibodatni hisoblaydigan bo`lsak: 

 qadr kechasining 1 soniyasi yigirma uch  soatdan, 1 daqiyqasi ellik sakkiz  kundan, 1 soati  9 yilu sakkiz oydan, 1 kechasi 83 yilu uch oydan afzalligi kelib chiqadi. Alloh taolo biz ummati Muhammadiyani shunday bir nemat bilan siyladiki biz bir kechalik ibodat evaziga ming oylik ibodat yani 83 yilu uch oylik ibodatni savobiga  baliki undan ham ko`proq savob va mukofatlarga  erishishimiz mumkin bo`ladi . Paygambarimiz  bani isroil payg`ambarlaridan bo`lgan to`rtta Ayyub ,Zakariyo, Yusha ibni Nun, Huzayqil alayhisalomlarni aytib bular sakson yil ibodat qildilar va shu sakson yil ichida bir mata ham gunoh qilmadilar dedi.Shunda sahobalar tajublandilar va havas qildilar shunda Payg`ambarimiz sahobalarga qarab qadr kechasida qilingan ibodat sakson yil gunoh qilmasdan ibodat qilganni savobidan ko`proq bo`ladi dedi.

Yana Payg`ambarimiz alayhisalom Abu Hurayrata roziyollohu anhudan rivoyat qilingan hadisda shunday marhamat qiladiki: Kim laylatul qadr kechasini iymon etiqod yaxshi niyat bilan va savob umidida bedorlik bilan o`tqazsa uning o`kan gunohlari mag`firat qilinadi dedilar 

Bu hadisdagi bedorlik bilan  o`tqazishlik degan jumlani ulomolarimiz o`sha kechaning huftonini va qadr kechasining tong bomdod namozini jamoat bilan o`qishlik yani tunda uxlamasdan namoz , zikr, salovat, istig`for, duo bilan o`tqazib ikkala namozni jamoat bilan o`qishlik deb tafsir qilishadi.O`shanda kishi kechani bedorlik va ibodat bilan o`tqazgan bo`ladi. 

 

  Qaysi kechada biz laylatul qadr kechasini topamiz ? 

Qadr kechasi qaysi kuni kaysi kechada bo`lishligini Alloh dan  boshqa hech kim bilmaydi. Alloh taolo o`z hikmati ila bu kechani ramazon kechalaridan bir kechaga yashirib qo`di.

Payg`ambarimiz alayhisalomning Uboda ibn Somit roziyollohu anhudan rivoyat qilingan hadisda shunday marhamat qiladiki: Qadr kechasi ramazonning oxirgi o`n kunligidadir. Kim unda imon bilan Alloh roziligi uchun ibodat qilsa , albatta Alloh uni avvalgiyu keying gunohlarini kechiradi. Qadr kechasi oxirgi o`n kunlikning toq kechalarida yani to`qqizinchi yo yettinchi yo beshinchi yo uchinchi yoki oxirgi kechada bo`ladi dedilar.

Yana boshqa bir hadisda Payg`ambarimiz alayhisalom aytadilarki: Qadr kechasini ramazonning oxirgi o`n kechasining toq kechalaridan izlanglar dedilar .

Shu joyda aytib o`tishimiz lozimki toq kechalar bular:

 20 dan 21ga 

 22dan 23ga

 24dan 25 ga

 26dan 27 ga

 28dan 29ga o`tar kechalarga to`g`ri keladi.

Yani toq sonlarning birinchisi :

30 martdan 31 martga o`tar kechaga ,

 ikkinchisi 1 apreldan 2 aprelga o`tar kechasiga ,

 uchunchisi 3 apreldan 4 aprelga o`tar kechasiga,

 to`rinchisi 5 apreldan 6 aprelga o`tar kechasiga

 beshinchisi 7 apreldan 8 aprelga o`tar kechasiga to`ri keladi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qadr kechasi borasida: “U 27-yoki 29-kechadir. Ushbu kecha yerda farishtalar soni mayda toshlardan ham ko‘p bo‘ladi”, dedilar (Imom Ahmad rivoyati).

Abdulloh Ibn Umar (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: Nabiy sollallohu alayhi va sallamning bir qancha sahobalari «Laylatul qadr»ni Ramazonning oxirgi o‘n kunligining yettisida bo‘lishini tushlarida ko‘rishdi. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): «Sizlarning tushlaringiz «Laylatul qadr» Ramazonning oxirgi o‘n kunligining yettisida ekaniga muvofiq keladi. Kimki «Laylatul qadr»ni kutmoqchi bo‘lsa, Ramazonning oxirgi o‘n kunligining yettisida kutsin!», dedilar  (Imom Buxoriy rivoyati).

Olimlarimizdan ko`pchiliklari nazdida  qadr kechasi 26 dan 27 ga o`tar kechasidir.Sababi ko`pchilik olimlar yillar davomida jamiyki toq kechalarni teshirishgan 27yettinichi kuni qadir kesasida bo`ladigan alomatlar sezilganligi uchun shu kunni qadr kechasi ekanligiga ittifoq qilishgan . 

 

Laylatul qadr kechasining alomatlari:

Odatda, qadr kechasida atrofda sokinlik, havoda musaffolik va yorug‘lik hukm suradi. Misli sukunatda yog‘duli oy nur sochib turgandek bo‘ladi;

Osmonda yulduzlar uchmaydi, jismlar qaltis harakat qilmaydi, kasalliklar paydo bo‘lmaydi;

Havo mo‘’tadil bo‘ladi, juda issiq ham, juda sovuq ham bo‘lmaydi;

Ertalab quyosh qizarib, yog‘dusi juda zaif bo‘lib bosh ko‘taradi.

Qadr kechasida yomg‘ir-qor yog‘maydi, yog‘sa ham o‘ta mayin va yoqimli bo‘ladi.

Daraxtlar o‘z shoxlarini yerga egiltirib turadi;

O‘sha tunda farishtalar yerga tushadi va tong otguncha insonlar haqiga duo qiladi;Sshaytonlar chiqishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Kechani qanday o`tqizishimiz kerak

Payg‘ambar alayhissalom ushbu kechani tunlari ibodat bilan o‘tkazishga targ‘ib qilar edilar.

   Oisha onamiz raziyallohu anho shunday deydilar: “Rasululloh sallallohu alayhi vasallam Ramazonning oxirgi o‘n kunligi kelsa, kechalari uxlamas edilar va uydagilarni ham ibodat qilishga uyg‘otar edilar”.

Shayx  Muhammad Sodiq  Muhammad  Yusuf ”Qadr kechasi uchun maxsus namoz yo‘q”, deb ta'lim berganlar. Bu kechada qazo namozlar, nafl va tahajjud namozlarini o‘qigan afzal. Bundan tashqari, Qur'oni karim tilovati, Allohni ulug‘lab aytiladigan tasbeh, istig‘for va zikrlar, payg‘ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallamga bag‘ishlab salovat va durudlar aytish ulkan ajr-savoblarga sabab bo‘ladi.

Oysha onamiz (roziyallohu anho) rivoyat qiladi:

«Yo Rasululloh agar Qadr kechasini topishga muvaffaq bo‘lsam nima deb duo qilay?» deb so‘radilar. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Sen: «Allohumma innaka 'afuvvun, tuhibbul 'afva fa'fu 'anniy», deb aytgin»,– dedilar» ((Termiziy,  Ibn Moja rivoyati )) 

Demak biz bu kechani g`aflatta qolishlik uyqu va boshqa bekorchi insonlarga manfaat keltirmaydigan narsalar bilan shug`ullanmasdan toat ibodat duoyu istig`for bilan o`tqazishimiz kerak bo`ladi.Bunday ulug` kechada g`aflatda qolib ketishimizdan Alloh o`zi saqlasin barchamizni Alloh taolo imonda mustaxkam hidoyatda bardavom qilsin.

Imom Faxriddin ar-Roziy islom bilim yurti talabasi

Abdurahmanov Muhammadjon 123 B guruh

Izoh qoldirish

Izohlar