Qurʼoni Karimdagi ilmiy moʻjizalar
Qurʼoni Karimdagi ilmiy moʻjizalar
Alloh azza va jalla shunday marhamat qiladi:
إِنَّ الَّذِينَ يَتْلُونَ كِتَابَ اللَّهِ وَأَقَامُوا الصَّلَاةَ وَأَنفَقُوا مِمَّا رَزَقْنَهُمْ سِرًّا وَعَلَانِيَةً يَرْجُونَ تِجَرَةً لَّن تَبُورَ لِيُوَفِّيَهُمْ أُجُورَهُمْ وَيَزِيدَهُم مِّن فَضْلِهِ إِنَّهُ غَفُورٌ شكور
( Fotir surasi, 29-30 oyatlar)
«Albatta, Allohning Kitobini tilovat qiladigan, namozni tokis ado etuvchi va Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan maxfiy va oshkora infoq ehson qiluvchilar hargiz kasodga uchramas tijoratdan umidvordirlar. Zero, (Alloh) ularning ajrlarini komil qilib berar va Oz fazlu karamidan ularga yana ziyoda ham qilib berur. Albatta, U magfiratli va ota shukr qilguvchidir».
Usmon ibn Affon roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarning eng yaxshilaringiz Qur’onni organib, uni boshqalarga ham orgatganingizdir», dedilar.( Imom Buxoriy rivoyati)
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilingan hadisda Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar:
«Qur’onni mohirona oquvchi kishi doim itoatkor mukarram farishtalar bilandir. Qiynaliboquvchi va unda mashaqqat chekuvchi insonga ikki ajr bordir».( Imom Buxoriy va Imom Muslim oz sahih toplamlarida rivoyat qilganlar)
Hadis va oyati karimalardan bilinadiki, Qur’on o’qigan va uni boshqalarga ham o’rgatganlar uchun ulkan ajr savoblar va oliy martabalar bo’lishi ko’rinadi. Shu qatori qur’on insonlarning aqillarini lol qoldiruvchi oyat va mo’jizalarga to’ladir.
1 YERNING DUMALOQLIGI HAQIDA
Qur’oni Karimda Yerning dumaloqligi va unga oid boshqa ma’lumotlar ham zikr qilingan. Alloh taolo Nozi’ot surasida marhamat qiladi:
وَالْأَرْضَ بَعْدَ ذَلِكَ دَحَتَهَا
«Va undan song yerni tuxum shaklida qildi» (30-oyat).
Biz tuxum deb tarjima qilgan soz arab tilidagi «dahyatun» sozidan olingan bolib, arablar bu sozni aslida tuyaqushning tuxumini ifodalash uchun ishlatishadi. Ushbu oyati karima Yerni faqat dumaloqligigagina emas, balki tuxumga oxshash shaklda ekaniga dalolat qilmoqda. Bu haqiqat kosmik kemalar orqali minglab kilometrlar uzoqlikdan Yer sayyorasi suratga olinganidan keyin yana ham ravshan boldi. Alloh taolo Haj surasida marhamat qiladi:
وَأَذِن فِي النَّاسِ بِالْحَجِّ يَأْتُوكَ رِجَالًا وَعَلَى كُلِّ ضَامِرٍ يَأْتِينَ مِن كُلِّ فَجٍّ عَمِيقٍ
«Odamlarni hajga chaqir, ular sen tomon piyoda va ozib ketgan ulovlar ustida uzoq-uzoq yollardan kelsinlar» (27-oyat).
Biz «uzoq-uzoq» deb tarjima qilgan soz oyatda «amiyq» deb kelgan. Ulamolarimiz mazkur «amiyq» sozining Qur’oni Karimning ulugligiga dalolat qilishini aytishadi. Agar Yer dumaloq emas, tekis bolganida, ushbu sozning orniga «ba’iyd» sozi ishlatilar edi. Er dumaloq bolgani uchun «amiyq» – «chuqur» sozi ishlatilgan. Bu esa Yer shari tuxumsimon bolgani uchun Makkai mukarramaga nisbatan boshqa uzoq erlar chuquda bolib korinishini anglatadi.
2 BARMOQ UCHLARI BETAKRORDIR
Alloh taolo Qur’oni Karimning Qiyomat surasida shunday marhamat qiladi:
لَا أُقْسِمُ بِيَوْمِ الْقِيَامَةِ وَلَا أُقْسِمُ بِالنَّفْسِ اللَّوَامَةِ أَيَحْسَبُ الإِنسَنُ أَلَن تَجْمَعَ عِظَامَهُ بَلَى قَادِرِينَ عَلَى أَن تُسَوِيَ بَنَانَهُ
«Qiyomat kuni bilan qasam. Va malomatchi nafs bilan qasam. Inson Bizni uning suyaklarini jamlay olmas deb oylarmi? Aksincha, uning barmoq uchlarini ham tiklashga qodirmiz» (1-4-oyatlar).
Shu erda mulohaza qilinadi: xosh, nima uchun insonning boshqa a’zolari emas, aynan barmoq uchi? Buning sababi shuki, insonning boshqa a’zolari kozmi, burunmi yoki boshqa a’zolarmi, ikkinchi bir insonnikiga oxshashi mumkin. Barmoq uchlari esa takrorlanmas, hech kimniki boshqa birovnikiga oxshamas ekan. Demak, Alloh dunyoda otgan barcha insonlarning son-sanoqsiz barmoqlarini ham qiyomat kuni dunyoda qanday bolsa, shunday holga keltira olishini ta’kidlamoqda. Barmoqlarning bu xususiyati yaqin-yaqinlargacha hech kimga ma’lum emas edi.
Ar roziy Maqola va Insho: 1884 yilda Angliyada kishilarga imzo chekish orniga barmogini bosish joriy qilingandan song hech bir insonning barmoq izlari boshka birovnikiga oxshamasligi ayon boldi.
3 BALANDLIKDA KISLORODNING KAMAYISHI
Qur’oni Karim oyatlaridan birida:
فَمَن يُرِدِ اللَّهُ أَن يَهْدِيَهُ يَشْرَحْ صَدْرَهُ لِلْإِسْلَامِ وَمَن يُرِدْ أَن يُضِلَّهُ يَجْعَلْ صَدْرَهُ ضَيِّقًا حَرَجًا كَأَنَّمَا يَصَّعَدُ فِي السَّمَاءِ
«Alloh kimni hidoyat qilmoqni iroda qilsa, uning koksini Islomga ochib qoyadir. Kimni zalo-latga ketkazishni iroda qilsa, uning koksini xud-di osmonga kotarilayotgandek, tor va tang qilib qoyadir», deyiladi (An’om surasi, 125-oyat).
Odamlar fazoga samolyot, havo shari va boshqa vositalar yordamida kotarila boshlagandan songgina atmosferaning yuqori qatlamlarida kislorodning kam bolishini bilib oldilar. Yuqoriga kotarilgan sari nafas olish qiyinlashib, kishining yuragi siqila boshlashi hodisasini endilikda yosh bola ham biladi. Lekin bu haqiqat na kattalar va na allomalar anglab etmagan bir zamonlarda Qur’oni Karimda aytilgan ekan-ku! Osmonga kotarilgan odam yuragida siqilishni, bezovtalikni sezishini Alloh taolo Ozining oyatida aytib turibdi. Mazkur ilmiy haqiqatning toglari uncha baland bolmagan, asosan pasttekisliklardan iborat bir diyorda yashagan, oqish-yozishni organmagan odamning tilidan aytilgani ulkan bir mo`’jiza emasmi?!
Foydalanilgan adabiyotlar:
1 Hadis va Hayot 30-juz (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
2 At-Tibyan ( Imom Navaviy)
3 Qur’on va sunnatdagi ilmiy mo’jizalar ( Shayx Muhammad Sodiq Yusuf )
Imom Faxriddin ar –Roziy o’rta maxsus islom bilim yurti talabasi Yusupov Boburjon
УЗ
РУ
EN
العربية