Alloh bilan suhbat
Alloh bilan suhbat
Quron bu allohga yetkazuvchi vositalarning eng yaxshisi va yqainidir. Aytiladiki Allohga oʻzidan boʻlgan narsachalik biror narsa bilan yaqinlasha olmaydi inson. U shubhasiz Qurondir.
Men Sahl ibn Abdulloh roziyollohu anhuning aytgan mana bu gaplarini oʻqiganimda koʻzlarimga beixtiyor yosh keldi. Va shubhasiz qurondan uzoq insonni etlarini junbushga solmasdan qoʻymaydi.U kishi aytadiki:
" Quron yodlamagan kishiga Alloh yordam bersin .U
nimani tarannum etadi.....?
Nimadan huzurlanadi.....?
Robbisiga nima bilan munojot qiladi......? "
Voh ajabo, darhaqiqat qurondan uzoq inson robbisi bilan qandoq suhbatlashadi, robbisiga qanday qilib yaqinlashadi unga yolvoradi qanday qilib tunlari unga nido qiladi.
Darhaqiqat, kimki allohni tanimoqchi boʻlsa ham oʻziga quronni lozim tutsin.
Chunki banda allohni qurondan taniydi. Sababi alloh oʻzining ismu sifatlari bilan birga oʻzini tanishlikni quronga jo qilgan.
Hasan Basriy rohimahulloh aytadilarki:
"Kimki Alloh unga gapirishini istasa Quron oʻqisin. Kimki Alloh bilan gaplashyin desa Namozda quron oʻqisin"
Qalblar orom oluvchi baxt saodat yetaklovchi ham aynan qurondir. Alloh taolo Quroni Karimda marhamat qiladiki.
{ ٱلَّذِینَ ءَامَنُوا۟ وَتَطۡمَىِٕنُّ قُلُوبُهُم بِذِكۡرِ ٱللَّهِۗ أَلَا بِذِكۡرِ ٱللَّهِ تَطۡمَىِٕنُّ ٱلۡقُلُوبُ }
Иймон келтирганлар ва Аллоҳнинг зикри ила қалблари ором топганлар. Аё, Аллоҳнинг зикри ила қалблар ором топмасми?
[Сура Ар-Ра'д: 28]
Imom Faxriddin ar-Roziy o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi 124 B guruh talabasi Sobirov Mirsalim
УЗ
РУ
EN
العربية