14.05.2026
Qur’on: Qalblarning Shifosi va Tafakkur Chirog‘i
Qur’on: Qalblarning Shifosi va Tafakkur Chirog‘i
Qur’oni Karim shunchaki kitob emas, u — Yaratuvchi va maxluqot o‘rtasidagi ilohiy muloqot, zulmatlarni yorituvchi nur va adashgan yo‘llarga nur sochuvchi hidoyat mayog‘idir. Uning har bir oyati inson ruhining chuqur qatlamlariga yetib boruvchi bitmas-tuganmas hikmat xazinadir.
Qur’onning Mo‘jizaviy Ta’siri
Qur’on o‘zida ham ilmni, ham ruhoniyatni jamlagan yagona mo‘jizadir. Uning ma’nolari dengiz kabi cheksiz bo‘lib, har bir davr va har bir inson uchun yangi-yangi haqiqatlarni kashf etadi.
Qur’on tilovati qalbni g‘uborlardan tozalaydi va dunyo tashvishlari ostida ezilgan ruhga sokinlik baxsh etadi.
U insonni tafakkur qilishga, koinot sirlarini anglashga va hayot mazmunini tushunishga undaydi.
Qur’on jamiyatda tinchlik, o‘zaro hurmat va yuksak odob-axloqning poydevorini quradi.
"Qalblar faqat Allohning zikri bilan orom olur." — Bu dunyoda baxtni boylikdan, shuhratdan yoki boshqa narsalardan izlaganlar oxir-oqibat Qur’on ko‘rsatgan ma’naviy xotirjamlikka muhtoj bo‘ladilar.
Qur’on — tiriklar uchun qo‘llanma. U faqat marhumlarga o‘qiladigan kitob emas, balki tirik qalb egalarini to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi hayot Nizomidir.
Har bir harfida o‘n savob. Bu shunday saxovatli xazinaki, uni o‘qigan ham, tinglagan ham, unga amal qilgan ham barobar manfaat ko‘radi.
Zulmatdan nurga chiqish. Inson bilimsizlik, jaholat va umidsizlik botqog‘iga botganida, Qur’on unga umid va najot yo‘lini ko‘rsatadi.
Xulosa
"Qur’on shunday bir bog‘ki, unda hamma o‘zi qidirgan mevani topadi: olim undan ilm, darvesh undan ishq, g‘amgin undan tasalli, adashgan esa undan yo‘l topadi."
Qur’onni o‘qish — bu Shaxshiyat bilan so‘zlashishdir. Uni shunchaki til bilan emas, qalb bilan o‘qigandagina haqiqiy mo‘jiza sodir bo‘ladi: inson o‘zgaradi, o‘zgargan inson esa dunyoni o‘zgartiradi
[09.05.2026 9:34] Ar roziy Maqola va Insho:
[09.05.2026 10:33] Ar roziy Maqola va Insho: Rizqingizdan havotirdamisiz ?
Koʻpincha insonlarni rizqi havotirga solib, rizq topish bilan ovora boʻlib ilmu Qurondan uzoqlashayotganini koʻramiz. Aslida dinni yaxshi bilgan Quron oʻqigan odam rizqidan tashvishlanmaydi. Alloh taola quronda insu jinlarni faqatgina oʻziga ibodat qilish uchun yaratganini zikr qilib ketidan:
{ إِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلرَّزَّاقُ ذُو ٱلۡقُوَّةِ ٱلۡمَتِینُ }
"Албатта, Аллоҳ Ўзи ризқ берувчи, қувват эгаси, шиддатлидир." -deya marhamat qiladi.
[Сура Аз-Зарийат: 58]
Yana bir boshqa oyatda Alloh taolo aytadiki
{وَٱللَّهُ یَرۡزُقُ مَن یَشَاۤءُ بِغَیۡرِ حِسَابࣲ }
Аллоҳ кимни хоҳласа, унга беҳисоб ризқ беради. [Сура Аль-Бакара: 212]
Bu oyatlardan ham korinib turibdiki alloh bandalarning rizqini oʻz zimmasiga olgan. Inson qancha urinmasin alloh yozganidan bir misqol ham ziyodasini qoʻlga kirita olmaydi. Shunday ekan inson rizqidan tashvishlanmasdan eng avvalo allohni rozi qilishni va unga mukammal ibodat qilishni oldimizdagi eng ulugʻvor maqsad qilishimz darkor. Negaki Inson rizqni Allohdan deb bilishi va u zot istamasa inson bir luqma ham rizq topa olmasligiga imon keltirish ham e'tiqodiy masalalardan hisoblanadi.
Sheyx Sharoviy rahimahulloh aytadilarki Alloh bandasiga haidisi qudusiyda shu manoda deydiki
" Ey odam bolasi rizqingni tor bolishidan qoʻrqma vaholanki hazinam toʻladir va hazinam hech qachon zoye bolmaydi.
Ey odam bolasi seni oʻzimga ibodat qilish uchun yarattim boshqa narsaga chalgʻima. Va rizqingni berishlikni zimmamga oldib u uchun barcha narsangdan kechib oʻzingni charchatma. Azizligim va buyukligim bilan qasamki Agarda senga taqsimlab bergan rizqimga rozi bolsang qalbingniyu azolaring rohatlantirib qoʻyaman va meni huzurimda maqtalganlardan boʻlasan. Agarda senga taqsimlab bergan rizqimdan rozi boʻlmasang dunyoni ustinga sulton qilib qoyamanki unda dunyoda hayvonlar yugurub yurgandek yugurib yurasanu lekin baribir senga taqsim qilib bergan rizqimdan oʻzgasini ololmisan"
Demak asli haqiyqiy boylik alloh rizq qilib bergan narsaga qanoat qilib unga rozi boʻlishda ekan.
Imom Faxriddin ar-Roziy o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi 124 B guruh talabasi Sobirov Mirsalim