08.04.2022

SHayx Alboniy Hadislarni sahih yoki zaif deyishga haqlimi?

من الجرائم أن تجد حديثا عن سيدنا رسول الله يصححه الشيخ الألبانى أو يضعفه لأن التضعيف والتصحيح مهمة الحفاظ وكبار المحدثين وهو أصلا ليس محدثا كما يزعم البعض.
وكيف يكون محدثا وهو لم يمر بمرتبة الراوى ولم يجالس المحدثين وليس مسندا ولا راويا ويجب أن تتوافر فيه كل هذه الشروط وغيرها وإلا كل من قرأ فى كتب الحديث صار محدثا كما فعل الألبانى فإن مؤهله الوحيد القراءة!
وترتب على ذلك أنه خالف إجماع الأمة أكثر من مرة وجعل الحديث الضعيف بمرتبت الحديث الموضوع ويرى الإكتفاء بالحديث عن الفقه 
ماذا ترك للحفاظ كالإمام النووى والإمام بن حجر العسقلانى وغيرهما إن صحح أو ضعف هو!
وكيف يخرج الإمام البخارى حديثا فى صحيحه ويحكم عليه الألبانى بالضعف أو بالصحة يعنى لو ضعف الألبانى حديثا فى البخارى يكون الحديث ضعيفا ولو صححه يكون صحيحا!
حتى الشيخ ابن عثيمين قال "الألبانى دائما كان يصحح الضعيف ويضعف الصحيح"
وجاء في مجموع فتاوى للشيخ محمد بن إبراهيم آل الشيخ
"لا يوجد حديث تفرد الشيخ بتصحيحه أو تضعيفه عن المتقدمين فكل حديث صححه أو ضعفه فهو مسبوق من غيره بالحكم نفسه وإن وُجد ما يخالف هذا فهو نادر .
ثم قام  المفتي العام  محمد بن إبراهيم آل الشيخ  بفصل الألباني من الجامعة الإسلامية بالمدينة نتيجة إختلافه مع عدد من المدرسين في الجامعة. 
فبأى حق يضعف الألبانى أو يصحح أحاديث رسول الله.
ونسأل الله أن يغفر له وأن يرحمه .
كتبه الفقير إلى الله #محمد_المسيرى_الأزهرى

Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning hadislaridan birortasini shayx Alboniy sahih yoki zaif deyishi hadis ilmida jinoyat hisoblanadi.

Chunki hadisga sahih yoki zaif deb hukm chiqarish hofizlar (muhaddisdan martabasi balandroq, hadis ilmida biladigani bilmaydiganidan ko'proq bo'ladi) va ulug' muhaddislarning vazifalaridir.(Muhaddis - hadis ilmida rivoyat qilish va hadisni o‘rganish bilan shug‘ullanadi . Rivoyatlarning ko‘pchiligi va roviylarning holatlaridan boxabar bo‘ladi)

Shayx Alboniy esa ba‘zilar gumon qilganidek, aslo muhaddis emas.

Qanday qilib muhaddis bo'lsin, u roviylik martabasiga  yaqin yo‘lamagan va muhaddislar bilan birga o‘tirmagan.
Musnid ham emas(Musnid- hadisni sanadi bilan rivoyat qiluvchi).
Roviy ham emas. Muhaddis bo‘lish uchun esa bular va boshqa shartlar mavjud bo‘lishi kerak. Agar unday bo‘lmasa hadis kitoblarini o‘qigan har qanday inson muhaddis bo‘lib qoladi.Huddi  Alboniy bu ishni qilganidek, chunki u kishining fikricha, hadis ahli bo‘lish uchun yagona shart hadis kitoblarini o‘qishdir. Va hadis o‘qisa fiqhdan kifoya qiladi ,ya‘ni fiqh shart emas deydi.

Bundan tashqari, ummat ijmosiga ko‘p marotaba qarshi chiqqan. Jumladan, zaif hadisni (aqida va fiqhga aloqasi bo‘lmasa amal qilinadi) mavzu hadis martabasiga tushirdi (Mavzu- to‘qilgan hadis bo‘lib e‘tiborga olinmaydi , rivoyat qilish esa haromdir )

Agar hadisga faqat o‘zi sahih yoki zaif deb hukm chiqaradigan bo‘lsa, Imom Navaviy va Ibn Hajar Asqoloniylar kabi hofizlarga nima ish qoladi.

Shayx Ibn Usaymin hatto shunday degan "Alboniy doim sahih hadisni zaif deydi , zaif hadisni sahih deydi"

Shayx Muhammad ibn Ibrohim Oli shayxning fatvolar jamlanmasida kelishicha "Avvalgi ulamolardan biror shayx yolg‘iz o‘zi hadisni sahih yo zaif demagan. Agar biror hadisni sahih yoki zaif degan bo‘lsa, undan oldin ham hadisga bu hukm berilgan bo‘ladi. Bunga xilof bo‘lgani juda nodir bolgan "

So‘ngra muftiy Muhammad ibn Ibrohim Oli shayx Madinadagi islomiy oliygohdagi ko‘pchilik mudarrislar bilan ixtilof qilgani uchun oliygohdan chetlatdi.

Alboniy Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning hadislarini sahih yoki zaifga chiqarishga nima haqqi bor. Alloh taolo uni mag‘firat qilishi va unga rahm qilishini so‘raymiz.

Muhammad al-Masiriy al-azhariy

Tarjimon: T.Matkarimov
Imom Faxriddin ar-Roziy islom bilim yurti mudarrisi
 

 

Izoh qoldirish

Izohlar