20.12.2022

TA’LIM MUASSASALARI ODOB-AXLOQ VA PEDAGOGIKA DARSLARIDA O'QUVCHILARGA O'RGATISH

Xorazm viloyati Urganch tumani

Imom Faxriddin ar-Roziy o’rta maxsus islom bilim yurti

ARM rahbari, pedagogika va psixologiya fani o'qituvchisi

Masharipov Raxmatulla Beknazarovich

    Annotatsiya: Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida odobnoma darslarida, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida pedagogika darslarida o’quvchilarni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanligi va zarurligi tushuntirib o’tilgan. O’quvchilarning iqtisodiy fikrlashi bilan birgalikda ayrim muammolarni isloh qilishga o’rgatish usullari berilgan.

    Kalit so’zlar: Iqtisod, tahlil, tarbiya, tanqidiy, mantiqiy, tanbeh, tavsiya,.

 

Bismillahir-Rohmanir-Rohiym!

Xalqimizda azal-azaldan bir qiziq gap bor edi ya’ni “Avval taom badaz kalom” ya’ni bu degani bugungi zamonaviy tilda aytadigan bo’lsak, “Oldin iqtisod keyin siyosat” degani – bu och kishiga ish buyurish uchun uni oldin qornini to’yg’izish kerak bo’lardi. Shu nuqtai nazardan qaraganda farzandlarimizga va o’quvchi yoshlarimizga iqtisodni yaxshilab o’rgatishimiz kerak, lekin afsuski bugungi kunda iqtisodiy bilim asoslari fani maktablarda ham va undan yuqori ta’limlarda ham qisqartirilib, yo’qotilib borilyapti. 

Hozir yurtimizda qish fasli bo’lib, hammamizga ma’lumki qish kunlarida tabiiy gaz va boshqa yoqilg’i maxsulotlari ko’p iste’mol qilinadi. Ya’ni isitish tizimlari ishga tushiriladi bular albatta elektr enrgiyasi va tabiiy gaz va boshqalari bilan bo’ladi. Ayni paytda ko’p joylarda gaz kamligi xattoki poytaxtimiz Toshkentda ham svet o’chib turgani barcha ommaviy axborot vositalari orqali hammaga ma’lum bo’lib turibdi. Albatta bu muammolar nafaqat davlatimiz rahbarlarini balki har bir O’zbekiston fuqarosini muammosi o’laroq, har birimiz bugungi kunda nafaqat sabr qilishimiz va yaratganga shukur qilishimiz hamda iqtisodni o’rganishimiz tejamkor bo’lishimiz kerak deb bilaman. Buning uchun maktablarda ham, o’rta maxsusda va oliy ta’limda islom iqtisodiyoti fanlarini qisman o’qitish yoki maktablarda odobnoma fanlarida oliy va o’rta maxsus ta’limda esa pedagogika fanlarida islom iqtisodiyoti o’qitilishi ham zarur deb bilaman. Chunki pedagogika fanida tarbiya turlari mavzusida iqtisodiy tarbiya ham keltiriladi. Zero iqtisod fani yoki iqtisodiy mavzularni eng ko’p muqaddas dinimizning asosiy manbalari bo’lmish xadisi shariflarda ham ta’kidlangandir. Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam: “Tejamkorlar muhtoj bo’lmaslar” deya “Agar daryoni bo’yida bo’lsang ham suvni isrof qilma” deya “Eng, iching, kiyining faqat isrof qilmang, takabbur ham bo’lmang” deya bir necha xadislarida tejamkorlikka targ’ib qilib, isrofdan qattiq qaytarganlar. Shuning uchun keying davr olimlari ham iqtisodni yaxshi o’rganishgan va o’rgarishgan. 

Abu Nasr Farobiy iqtisod so’ziga: “ Iqtisod deb mol qadrin bilmoqqa aytilur, mol qadrin bilgan kishi behuda bir tiyin sarflamas, o’rni kelsa so’mni ayamas” deb ta’rif berganlar. 

Keyingi yillarda davlatimiz yangi renasansni amalga oshirish uchun va tarixdagi uchunchi uyg’onish davri bo’lishi uchun bor imkoniyatlarini yo’naltirmoqda. Albatta farovon turmushning shartlaridan yana biri Allohning berganiga shukr qilish, haddan oshmaslik, tug‘yonga ketmaslik va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslikdir. Alloh taolo Qur'oni Karimda: «Yenglar, ichinglar va isrof qilmanglar, albatta. U (Alloh) isrofgarchilikni yoqtirmaydi», degan. Hozirgi yetishmovchilik davrida ham bizda isrof haddan tashqari ekanini gapirib o‘tirmasa ham bo‘ladi. Yetishtirilgan hosilning to‘rtdan biri isrof etilsa turli marosimlardagi isrofgarchiliklar, oddiy hayotdagi isrof, hammasi to‘planib kelib ulkan zarar ekanini har birimiz yaxshi tushunib yetmog‘imiz kerak.

«Toho» surasida Alloh taolo: «Sizlarga rizq qilib berilgan narsalarning poklaridan yeng va tug‘yonga ketmang (haddingizdan oshmang) (agar shunday bo‘lsa) sizlarga g‘azabim tushishiga sabab bo‘ladi», deydi. Ha, noshukurlik, haddan oshish, to‘s-to‘polonlar Allohning g‘azabiga duchor etadi. Uzoqqa borishning keragi yo‘q, hozirgi kunimizga nazar solaylik: noshukrlik va to‘polon markazlarida zilzila, boshqa tabiiy ofatlar, markablarning to‘qnashuvlari, halokatga uchrashlari va hokazolar tinmay ro‘y berib turibdi. Alloh taolo o‘shandoq joylardan hech bo‘lmasa barakani ko‘tarib qo‘yadi. Buni Moskva shahri misolida ko‘rish mumkin – odamlar ochko‘z bo‘lib qolishgan, baraka yo‘q, yeydi-yu to‘ymaydi. Boshqa joylarda ham baraka ko‘tarilsa, avval bir tishlam nonga to‘yadigan odam ikki-uch burda non yeydigan bo‘lib qoladi. Bu haqda Qur'oni Karimning «Nahl» surasida shunday deyiladi: «Alloh bir tinch-omon, xotirjam diyorni misol keltiradi, u (diyor) ning rizqi to‘kis bo‘lib, turli makonlardan kelib turadi. Bas Allohning ne'matlariga u (diyor) kufron (noshukrlik) qildi. Shu sababli Alloh taolo ularga ochlik va xavf-xatar libosini kiygazdi». Bundoq holatlardan barchamizni Alloh taoloning o‘zi saqlasin!

 

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Qur’oni karim” O’zbek tilidagi ma’nolari tarjimasi kitobi 2015 yil.
  2. Abu Nasr Farobiy. “Fozil odamlar shahri” 2016 yil.
  3. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Bozor va unga bo’gliq masalalalr” kitobi 2020 yil.
  4. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Isrof” kitobi 2022 yil.

 

 

Izoh qoldirish

Izohlar