ALLOH TAOLO NUQSONLARDAN POKDIR(Mo'tazila firqasining qarashlariga raddiya)
Albatta, har birimiz bizlarni yoʻqdan bor qilgan Zot Alloh Taoloni doimo zikrida va shukrida boʻlishligimiz, hamda Alloh Taoloni maʼrifatini hosil qilish, yaʼni Uni tanishligimiz ham zarurdir.Mana shunday ishlarga, yaʼni Allohni maʼrifatiga intilar ekanmiz , turli oqimlar yoki turli firqalarning Alloh haqidagi nojoiz gaplariga duch kelamiz. Bunday holatlarda ularning saflariga qoʻshilib qolmaslik uchun bu boradagi aqidaviy masalalarni oʻrganib, Ahli sunna val jamoa mazhabimizning toʻgʻri yoʻlida boʻlishlikka harakat qilishimiz lozim.
Ana shu masalalardan biri , bandalarning amallari haqida biroz soʻz yuritamiz.
"Bad-ul amoliy" kitobida shunday bayt keladi, yaʼni
وما إن فعل أصلح ذا افتراض
على الهادي المقدس ذي التعالي
Bu baytning umumiy maʼnosi shuki, "Alloh Taolo bandalarga aslah yaʼni eng yaxshi ishni berishligi vojib emas" .
Chunki, Alloh Taolo butun maxluqotlarning Robbidir. U Zot Oʻzi nimani xohlasa , shuni qiladi.Lekin baʼzi moʻtazila firqalari Alloh Taologa buni qilish vojibdir deb xatoga yoʻl qoʻyadilar.
Biz aytamizki, avval xabar berganimizdek, Alloh Taolo Oʻz mulkini Oʻzi xohlagancha tasarruf qiladi. Biz U Zotga buni qilish vojib yoki buni qilish vojib emas deb ayta olmaymiz.
Chunki, Alloh Taolo Nahl surasining 93-oyatida marhamat qilib aytadi: "( U ) xohlagan kishini zalolatga ketkazadi, va xohlagan kishini hidoyat qiladi"
Moʻtazila firqalari esa agar bandaga biri yaxshi , biri yomon amal toʻgʻri kelib qolsa , Alloh Taolo u bandaga yaxshi amalni berishlikka majburdir, deydilar.Yaʼni banda jannat va doʻzaxga kirishi teng kelib qolsa , Alloh Taolo uni jannatga kiritishi vojibdir deydilar.
Yoki biri yaxshi , biri esa undanda yaxshiroq amal duch kelsa , ana shu yaxshiroq boʻlganini Alloh Taolo berishligi vojibdir, deb juda katta xatoga yoʻl qoʻyadilar. Yaʼni bir pallada banda amaliga koʻra savob olishi , bir pallada ziyoda qilib berilishi tursa , Alloh ziyoda qilib berishga majburdir, deydilar.
Qarang, bularning eʼtiqodi, naqadar xato!
Ibn Atoulloh Sakandariy oʻzlarining "Hikamul atoiya" kitoblarida : " Barcha narsalar Allohning xohishiga suyanadi. Allohning xohishi hech narsaga suyanmaydi " deydilar.
Mana shunday xato eʼtiqodga ishonib qolmasligimiz uchun , avvalo , oʻzimizni eʼtiqodimizni toʻgʻri ekanini anglab , soʻngra mana shu moʻtazila kabi firqalarninhg xato tushunchalarini ham bilib , ulardan yiroq boʻlishimiz lozimdir.
Alloh Taolo barchamizni Oʻz hidoyatida bardavom qilsin, Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.
АХЛИДДИН Кромиддинов
Имом Фахриддин ар-Розий ислом билим юрти 3-курс талабаси
#Талабалар
Izohlar