10.03.2023

JAHOLATGA QARSHI MARIFAT BILAN KURASHAMIZ

Barchamizga ma’lumki, hozirgi kunda dunyo shiddat bilan o‘zgarib, insoniyatning taqdiri va kelajagiga tahdid solayotgan xavf-xatarlar kuchayib, dunyo miqyosida shafqatsiz raqobat, turli ziddiyatlar tobora avj olmoqda.Mana shunday bir sharoitda barqarorlikni saqlashda ma’naviyat va ma’rifatga e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi.Bu haqda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev qayd etganidek:“Biz ma’naviyat va ma’rifat ishini vatanparvarlik ishi, vijdon ishi, deb bilamiz. Vijdoni, ma’naviyati bor inson Vatanni, albatta, yaxshi ko‘radi. Vijdon, ma’naviyat degani – xalqqa, Vatanga chin yurakdan xizmat qilish deganidir..."

Maʼrifat — kishilarning ongini, bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan taʼlim-tarbiya. U tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli bilimlar, maʼlumotlar majmu-asini ham bildiradi. Maʼrifat ilmu urfon maʼnosida ham ishlatiladi. Maʼrifat tushunchasi madaniyat, maʼnaviyat tushunchalari bilan bogʻliq. Maʼrifat maʼnaviy qaramlikni bartaraf qiladi, insonga kuch-qudrat ato etadi. U kishilarni jaholatdan qutqaradi, buzuq ishlardan qaytaradi, yaxshi xulq va odob egasi boʻlishga yordam beradi. Maʼrifatli kishilardan tashkil topgan jamiyat ravnaq topadi, kelajagi porloq boʻladi. Maʼrifat — bilim va madaniyatning qoʻshma mazmuni boʻlib, maorif uni yoyish vositasidir. Maʼrifatni hayotga singdirish maorif tizimi orqali amalga oshiriladi.

Bugungi kunda muqaddas islom dinimizning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, “Jaholatga qarshi – ma’rifat” tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish,hozirgi kunda yoshlar orasida uchrab turayotgan turli oqimlarga bilmasdan qo‘shilib ketish holatlari, hamda Vatanimiz ravnaqiga putur yetkazmoqchi bo‘lib turgan diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari, ularni oldini olish, dinlar o‘rtasida o‘zaro ishonch,  turli dinlarga e’tiqod qiluvchi insonlar o‘rtasida o‘zaro  hurmat,teng huquqlik, tinchlik va  totuvlikni targ‘ib qilish asosiy maqsadimizdir. Biz yoshlar ko'plab kitoblar o'qishimiz,ilm olishimiz , dunyoqarashimizni kengaytirishimiz muhim hisoblanadi.Zamon bilan hamnafas bo'lgan holatda dinni mahkam tutishimiz darkor. Bu mas'uliyatni har birimiz his qilishimiz , unga fidokorona harakatda bo'lmoq lozim.

ABDULFATTOH Qidirboyev
Imom Faxriddin ar-Roziy islom o'rta maxsus bilim yurti 4-kurs talabasi

#Талабалар

Izoh qoldirish

Izohlar

13.11.2024 15:54
zoʻr
13.11.2024 15:48
zoʻr
01.11.2024 15:18
rejani o'zila inshoga qarab tuzurila rejasi bo'lishi shartmas
30.10.2024 15:30
rejasi yoq ekan
22.10.2024 14:43
Insho judayam zor ekan
22.10.2024 14:42
Manga yoqmadi
22.10.2024 01:42
Rejasi yumi?
16.10.2024 14:14
Rejasi yuq ekanku
16.10.2024 14:13
Rejasi yuq ekanku
13.10.2024 22:49
Siz buyrak sotib olmoqchimisiz yoki buyragingizni sotmoqchimisiz? Moliyaviy nosozlik tufayli buyragingizni pulga sotish imkoniyatini qidiryapsizmi va nima qilishni bilmayapsizmi, bugun biz bilan bog'laning va biz sizga yaxshi miqdorda pul, shu jumladan, hayotingiz va buyraklaringiz uchun tibbiy sug'urtani taklif qilamiz. . Mening ismim DOCTOR GUS, MOUNT ALVERNIA HOSPITALdagi xalqaro nevrolog maslahatchisi. Bizning klinikamiz Buyrak va boshqa jarrohlik bo'yicha ixtisoslashgan bo'lib, biz tegishli donor bilan birga buyrak sotib olish va transplantatsiya qilish bilan ham shug'ullanamiz. Biz Singapur, Turkiya, AQSh, Malayziya, Hindiston, Germaniyada joylashganmiz. Agar siz buyraklarni sotish yoki sotib olishni xohlasangiz, iltimos, biz bilan bog'lanishdan tortinmang, Elektron pochta: contact@mountalverniahospitals.com Whats-app raqami: +393512676198 Viber: +393512676198 Eng yaxshi ezgu tilaklar bilan, DR GUS TEO. Xalqaro tibbiy maslahatchi.PHDLL.CDC
10.10.2024 02:10
Rahmat kottakon
07.10.2024 03:09
But juda zor insholardan beri menga but juda yoqdi ozim uchun malumot toplab oldim alhamdullilah
07.10.2024 03:09
But juda zor insholardan beri menga but juda yoqdi ozim uchun malumot toplab oldim alhamdullilah
11.05.2024 14:57
Raxmat
16.11.2023 20:33
Yaxshi