11.03.2023

SHAFOAT HAQDIR

Zoti va sifatlarida yagona bo’lgan Alloh taologa hamdlar bo’lsin. Olamlarga rahmat qilib yuborilgan sayyidimiz Muhammad mustafoga hamda u zotning ahli oilalariyu barcha sahobalariga salovot va salomlar bo’lsin. Alloh taolo o’ziznig muqaddas kitobida baqara surasida.

من ذا الذي يشفع عنده إلا بإذنه

"Uning huzurida o’zining iznisiz xech kim shafoat qila olmas

Deb marhamat qiladi o'zining oyati karimasida. Bu ulkan sifatlardan biri bo’lib, Allohning va bandaning maqomini bayon qilib beradi. Bandalarning barchasi kim bo’lishidan qatiy nazar, Allohning huzurida bandaligini tan oladilar.

Bu bandalikni his etish shu darajaga yetganki hatto hech kim oraga tushib birovga shafoatchilik qilishga jurat qila olmaydi. Faqat Allohning izni bilangina u bergan izn chegarasidangina shafoat qila oladi.bu sifat o’tgan oyatdagi "….va shafoatchilik yo’q " jumlasidan istisno ekanligini bilib olamiz demak umumiy qoidaga ko’ra shafoatchilik yo’q ammo istisno tariqasida , Allohning izni bazi kishilar va narsalar shafoat qilishlari mumkin 

Shafoat-so’zi lug’aviy jihatdan "vasilyla” “  so’rov” degan ma’nolarni anglatadi. Urfda esa “boshqadan boshqa birov uchun yaxshilik qilishni so’rash shafoat deyiladi.

Shafoat ro’yobga chiqishi uchun ikkita shart topilishi kerak:

1.Alloh taoloning izni bilam bo’lishi

2.Alloh taoloning shafoat qilinuvchidan rozi bo’lishi

Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi Nabiy alayhissalom  “mening shafoatim ummatimni ahli kaboirlarigadir” deb marhamat qiladi.    (Termiziy rivoyat qilgan)

SHuningdek O’shiy rahmatullohi alayhning “bad ul amoliy’’ kitobida shafoat to’g’risida quyidagi matn keltiriladi:

و مرجو شفاعة أهل خير        لأصحاب الكبائر كالجبال

Solihlar shafoatidan albat umid bor

Umidvorlar bo’lsa ham tog’dek gunohkor

 

Manosi: Nabiy alayhissalom va  Anbiyolar, Avliyolar, Ulamolar, shohidlar va solihlarning barchasi ahli kaboir uchun shafotchi bo’ladilar . Bu yerdagi kaboirdan murod shirkdan boshqa harqanday gunoh nazarda tutiladi chunki Alloh taolo :

{إن الله لا يغفر أن يشرك به و يغفر ما دون ذلك لمن يشاء  } 

{Albatta Alloh unga shirk keltirishni mag’firat etmas va undan boshqasini hohlagan kishisi uchun mag’firat qilur } (Niso surasi :48)

Deb marhamat qiladi . Mo’tazila va Havorilar esa gunohkorlar do’zahda abadiy qolur degan fkirlarida taassub qilib olishgan. Kimki shafoatni inkor etsa mo’tazila bo’ladi .Hozirgi kunda ham o’zlarini hadis va sunnatni mahkam ushlaganliklarini davo qilayotgan va musulmonlar orasiga fitna urug’ini ekayotgan “Salafiy”lar va “Vahobiy”lar ham mo’tiziliya fikrida bo’lib shafoatni inkor qilishadi.

Kitoblarda keladiki hayvonlar, hashorotlar, ularga rahm qilgan yoki taomlantirgan yoki sug’organ kishilar uchun shafoatchi bo’ladilar va hattoki dasturxon, yo’l,masjidlar va masjid gilamlari va chiroqlari va uning supirib tozalangan tuproqlari ham shafoatchi bo’lishligi aytilgan. Bularning hammasi mo’min musulmon odam uchun Alloh tomonidan bag’rikenglik, mehribonlik timsolidir. Shu sabab mo’min kishiga shafoatdan umidvor bo’lishligi lozim bo’ladi va hech qachon Allohning rahmatidan noumid bo’lmaslik garchi, tog’dek gunohlar qilsa ,odam o’ldirsa, zino qilsa , o’g’rilik qilsa va shu kabi boshqa gunohlarni qilgan bo’lsa ham modomiki Allohga shirk keltirmagan bo’lsa Allohning mag’firatidan, fazlidan noumid bo’lmasligi lozim bo’ladi.

Shafoat besh qsimga bo’linadi :

  1. Ulkan shafoat – bu shafoat barcha xaloyiq uchun bo’lib odamlar maxshar daxshatifdan biroz roxatlantiriladi va xisoblari tezlashtiriladi
  2. Bazi qavmlarni jannatga hisob kitobsiz kiritish uchun bo’ladi bu ikki shafoat Muhammad sollallohu alayhi vassallamga hosdir
  3. Bazi ahli jannatlarning jannatdagi darajalarini ziyoda qilish uchun bo’ladi
  4. Bazi do’zaxga tushishi lozim bo’lgan qavmlarni undan qutqarib qolish uchun bo’ladi
  5. Bazi gunoxkorlarni do’zaxdan chiqarib olish uchun bo’ladi

Ibn Jamoa rohimahulloh aytadi: Insonlar ikki qisimga bo’linadi: mo’min va kofir. Kofir bilittifoq do’zahda, mo’min esa ikki qsimdir: itoat qiluvchi va osiy. Bas itoat qiluvchi bilittifoq jannatda. Osiy ham ikki qsimdir tavba qiluvchi va tavba qilmagan. Tavba qiluvchi ijmoan jannatda va tavba qilmagan esa Allohning mashiatida..

Shafoat haqida So’fi Olloyor bobomiz quyidagi ajoyib so’zlarni yozganlar :

Xudo izn aylasa, ro’zi qiyomat,

Suyuklik bandasi aylar shafoat.

*****

Ilohi, lutf qil, xasratli soat

Habibingdin nasib etgin shafoat.

*****

Ayurma yaxshilarning orasidan

Yirog’ etma habibingning qorasidan

Alloh taolo hohlagan suyukli bandalarining qiyomat kunidagi shafoatlari haqdir. Shuning uchun ey robbimiz o’sha qiyin vaqtlarda bizlarni ham shafoatdan bahramand etgin, yaxshi zotlar bilan birga qilgin.

ODILBEK Oltiboyev
Imom Faxriddin ar-Roziy islom o'rta maxsus bilim yurti 3-kurs talabasi

#Талабалар

Izoh qoldirish

Izohlar