13.03.2023

ADASHGAN TOIFALAR.QADARIYA TOIFASI

Qadariylar bandalarning amallariga bog'liq Alloh taoloning xohishi,qazosi, qadari, shuningdek,yaratishini inkor qiladilar.Bu firqa nazdida,yaxshi ishlar Allohdandir.Bundan murod Allohning xohishidir. "Yomonishlarni o'zimizdan yoki iblisdan", deydilar va bu bilan yomonlikning Alloh xohishi yoki qazoi qadariga bogʻliq bo'lmagan holda sodir boʻlishini nazarda tutadilar. Qadariya fikricha shayton odamlarga amallarini go'zal qilib ko'rsatib, soʻzlarini qabih qilib qo'ydi. Hakim boʻlgan Zot biror narsani yaratishi yoki uni xohlashi yoki boʻlmasa, unga hukm qilishi yoki taqdirda belgilab qo'yishi, so'ng esa bandaning bu amallari evaziga jazo berishi durust emas.Alloh taolo Qur'oni karimda shunday marhamat qiladi: "Kimki yaxshi amal qilsa, o'zi uchundir. Kim yomonlik qilsa ham o'z ziyonigadir.Rabbingiz bandalarga nohaqlik qiluvchi emasdir" (Fussilat, 46).Ahli Sunna val-Jamoa fikricha, osmon va yerdagi barcha narsalarning yaratuvchisi Alloh taolodir. Osmon va yerda biror-bir narsa boʻlsa-yu,yaratuvchisi, qozisi hamda boshqaruvchisi (Alloh) boʻlmasa, bu aqlga sig'maydigan e'tiqoddir. Bu Alloh taoloning quyidagi so'zi bilan dalillanadi:"Alloh barcha narsaning yaratuvchisidir" (Zumar, 62). Shuningdek, Alloh yana: "Albatta, Biz har bir narsani o'lchov bilan yaratdik" (Qamar, 49),deb marhamat qiladi.Abu Muhammad Saxaviydan qadariylar o'zlarini adolat ahli deb e'tiqod qilishlari va ular Rabbilariga "U bandalarining ishidan ojizdir" deb nisberishlari va shu bilan Allohning qudratini inkor qilishlari aytiladi. Qadany botil qarashlari bilan o'zlari qochgan narsalardan ham yomonrog'iga duch bo'ldilar.Qadariylar hech bir banda qilmagan ishni, ya'ni Allohni inkor qildilar va o'z davolarida hammadan ham majusiylarning qarashlariga yaqin bo'lganlay Ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilingan hadisda Payg'ambarimiz (s.a.v.). "Har ummatning majusiylari bo'ladi. Bu ummatning majusiylari qadariylardir. Agar ularning oldidan o'tsangiz, salom bermang. Kasal bo'lsalar, borib ko'rmang va aqu vafot etsalar, janozalariga qatnashmang. Ana o'shalar Dajjol tarafdorlaridir dedilar. Yana bir hadisi shariflarida: "Ummatimni halok qiluvchilar qadariylar va asabiylardir", - dedilar.Payg'ambarimiz (s.a.v.) qadariylar haqida yana bir qancha hadislar aytganlar: "Qadariya taqdir borasida Allohning xusumatchi dushmanlaridir".Umar ibn Xattob (r.a.) rivoyat qilgan hadisda Payg'ambarimiz (sav)marhamat qilganlar: "Qadariylar bilan birga o'tirmanglar, ular bilan suhbat ham qilmanglar".Oisha raziyallohu anho rivoyatlarida Payg'ambarimiz (s.a.v.) dedilar."Olti toifa kishiga Alloh va duosi mustajob bo'lgan barcha payg'ambarlar la'nat aytadilar. Ularning biri Allohning qadariga ishonmaydiganlardir". Abu Hurayra(r.a.) rivoyatlarida Payg'ambarimiz (s.a.v.) dedilar: "Bu ummatning eng yomoni qadariylardir".Abu Dardo va Abu Umoma (r.a.)lar rivoyat qilgan hadisda janob Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Alloh taolo uch toifaning sarfini (farzini) ham, adlini (naflini) ham qabul qilmaydi: oq bo'lgan farzandni, minnat qiluvchini va taqdirga ishonmaydigan kimsani".

MURTAZOXON Abdullaxonov 
Imom Faxriddin ar-Roziy o'rta maxsus islom bilim yurti 3-bosqich talabasi  

#Талабалар

Izoh qoldirish

Izohlar