06.04.2023

XOLIS YAXSHILIK

Bu – buyuk tobeinlardan biri Ahmad ibn Miskin haqidagi ma’nolari ta’sirli bo’lgan chiroyli hikoya. 

     Bir shaharda ayoli va bolasi bilan qashshoqlikda hayot kechiradigan Abu Nasr Sayyod ismli kishi bor edi. Kunlardan bir kuni ayoli va o’g’li ochlikdan yeg’layotganidan yo’lda xafa bo’lib ketayotganda musulmon ulamolaridan bo’lgan Ahmad ibn Miskinning oldidan o’tib qoldi. Abu Nasr Sayyod unga aytdi: “Men charchaganman”. Shayx aytdi: “Men bilan birga dengizga yur”. Dengizga bordilar. Shayx aytdi: “Ikki rakaat namoz o’qi va bismillah degin”. U ikki rakaat namoz o’qidi va bismillah dedi-da to’rni otdi. Shu payt katta baliq ilindi. Shayx aytdi: “Baliqni sot va oilangga ovqat sotib ol”. Abu Nasr Sayyod bozorga borib uni sotib 2 ta non sotib oldi. Ularni biri go’shtli va yana bittasi shirin non edi. Nonni bittasini shayxga ilinib, unga oborib berdi. Shunda shayx unga aytdi: “Agar bu bilan o’zimiz ovqatlanadigan bo’lganimizda baliq ilinmagan bo’lardi. Ya’ni, shayx xolis yaxshilik qilib, undan evaz umid qilmasdi. So’ngra o’sha nonni Abu Nasr Sayyodga qaytarib: “Buni o’zing va oilang uchun ol”, dedi. Abu Nasr Sayyod uyga qaytayotganda bolasi bilan turgan bir ayolga duch keldi. Ular ham ochlikdan yeg’lardi. Abu Nasr Sayyod qo’lidagi 2 ta nonga qarab o’ziga o’zi: “Bu ona bola xuddi mani ayolim va o’g’lim kabi ochlikdan qiynalishyapti, nima qilsam ekan?” dedi. Ayolni ko’zlariga qarab, uni ko’z yoshlariga chidab turolmadi. So’ngra ayolga aytdi: “Bu 2 ta nonni ol”. Ayol xursand bo’lib ketdi va o’g’li ham xursanligi-dan tabassum qilib yubordi. Abu Nasr Sayyod yana g’amgin bo’lib qaytdi. 

     Chunki, endi, qanday qilib ayoli va o’g’lini oqatlantiradi? Shu payt g’am-gin ketayotgan paytda bir kishini nido qilayotganini eshitib qoldi. Nido qil-guvchi aytardi: “Kim Abu Nasr Sayyodni ko’rsatib qo’yadi”. Unga ko’rsatib qo’yishdi. Boyagi odam Abu Nasr Sayyodga: “Seni otang yigirma yil oldin menga qarz bergan edi, keyin o’lgan ekan. Men uni qidirib topolmay yurgan-dim, ey o’g’lim otangni bu 300.000 dirham pulini ol”, dedi. Abu Nasr Sayyod 

aytadi: “Insonlarni eng boyiga aylandim va o’zimni bir nechta uy va tijorat-larim ham bo’ldi. Allohga shukr qilish uchun bittada ming dirham ehson qiladigan bo’ldim. Kunlar o’tdi. Men shu darajada sadaqalarni ko’paytirdimki hatto o’zimdan ajablanib qoldim. Kechalarning birida tush ko’rdim. Tarozi qo’yilgan va nido qiluvchi: “Yaxshilik va yomonliklaringni o’lchash uchun kel”, derdi. Savob va gunohlarim qo’yildi va gunohlarim ustun keldi. Men aytdim: “Men sadaqa qilgan pullar qani?”.  Qilgan sadaqalarim ham qo’yildi. Qarasam har bir ming dirhamni zamirida nafs shahvati va o’zidan ajablanish yotardi. Go’yoki paxta tolasichalik bo’lsa ham biron narsaga teng kelolmadi. So’ngra, yana gunohlarim og’ir keldi. Men yeg’lab: “Najot yo’qmi”, dedim. Nido qiluvchi: “Uni biron narsasi qoldimi?” dedi. Shunda bir farishta: “Ha, uni 2 ta noni qoldi”, dedi. So’ngra ular ham yaxshilik pallasiga qo’yildi. Shunda yaxshiliklar pallasi pasayib yomoliklar pallasi bilan tenglashib qoldi. Men qo’rqib kettim. Nido qiluvchi: “Uni biron narsasi qoldimi?” dedi. Farishta aytdi: “Bir narsasi qoldi”. Men: “Nima u?” dedim. Farishta: “Sen 2 ta nonni bergan paytingdagi ayolni ko’z yoshlari qoldi”, dedi. U ham taroziga qo’yilganda xuddi toshdek bo’lib yaxshiliklar pallasi o’g’ir keldi. Hursand bo’lin ketdim. Nido qiluvchi: “Uni biron narsasi qoldimi?” dedi. Shu payt aytildi: “Ha, unga 2 ta non berilgan paytdagi tabassumi qoldi”, dedi. Shunda yaxshiliklar pallasi yana ham og’irlashib ketdi. Nido qiluvchi aytdi: “Darhaqi-qat, najot topdi. Darhaqiqat najot topdi”. Qo’rqib uyg’onib ketdim va o’zim-ga: “Agar o’zimiz ovqatlanganimizda, albatta, baliq ilinmasdi”, dedim”. 

     Yaxshilik qil va uni ko’paytir. Qo’rqma. Lekin ishingni xolis Alloh uchun qil. Albatta amallar niyatlarga bog’liqdir. Har bir kishiga niyat qilgani bo’ladi. Allohdan chiroyli amal va chiroyli xotima so’raymiz.

UCHQUN Raximov
Imom Faxriddin ar-Roziy 

O'MIBYu mudir o'rinbosari

Izoh qoldirish

Izohlar

08.04.2023 04:34
اللهم لك الحمد كما ينبغي لجلال وجهك