"2+1"SHAKLIDAGI TALABALARNING AMALIYOT JARAYONI BOSHLANDI
Imom Faxriddin ar-Roziy islom o'rta maxsus bilim yurti talabalari mazkur “Ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish boʻyicha hududiy targʻibot guruhlari”ga biriktirilib chiqilgan bo'lib talabalar Xorazm viloyatining ba'zi tuman va shaharlarida amaliyot olib boradilar.
Bilim yurti talabalari 2 hafta auditoriyalarda oʻqib, 1 hafta davomida mahallalarda mazkur amaliyotni oʻtaydilar.
Madrasa targʻibotchi-amaliyotchi talabalarning haftalik davomli amaliyotlarini toʻgʻri va samarali tashkil etish maqsadida madrasa mudiri D.Abduqadirov domla boshchiligidagi faol ishchi guruh (shtab) tuzildi.Ushbu ishchi guruh Amaliyot davrida talabalarning amaliyot davomida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni bartaraf etish va amaliyot natijalarini nazorat qilish bilan shug'ullanadi.
Targʻibotchi talabalar amaliyotning dastlabki kunida oʻziga biriktirilgan mahalla raisi, uning maslahatchilari, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi, psixolog bilan uchrashib, mazkur mahalla bilan tanishdilar.
Madrasa mudarrislaridan Mustafo domla Yunusxo'jayev, Zohidjon domla Ro'ziboyev, Tolibjon domla G'ofurovlar maliyotchi talabalarni joylarga yetib borishi, targʻibot faoliyatlarini boshlashlariga koʻmalashish maqsadida madrasa rahbariyati tomonidan biriktirilgan.
Amaliyotda talabalar respublikadagi mahallalarda ilmiy-maʼrifiy tadbir va suhbatlar tashkil qiladilar. Joylardagi imom-xatiblar, mahalla raislari hamda faollar koʻmagida talabalar aholi bilan muloqot qiladilar, diniy-maʼrifiy yoʻnalishdagi savollariga javob beradilar.
Bilim yurti matbuot xizmati
Izohlar