AMALIYOT DAVOM ETMOQDA
Bugun Imom Faxriddin ar-Roziy islom o'rta- maxsus bilim yurti talabalari “2+1” formatidagi amaliyotni o'zlari biriktirilgan mahalla faollari bilan uchrashuvlar olib borish va davra suhbatlari o'tkazish bilan davom qildilar.
Ushbu amaliyot davomida belgilangan deyarli barcha mahalla fuqarolar yig'inlari tomonidan davra suhbatlari tashkil qilib berildi. Ushbu suhbatlarda madrasamiz talabalari reja asosida suhbatlar o'tkazdilar.Mahalla faollari va faxriylari bilan o'zaro fikr va mulohazalar almashildi.
▫️Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi 3 ta oliy va 10 ta oʻrta maxsus islom taʼlim muassasalari hamda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari “2+1” formatidagi taʼlim shakliga koʻra, 3 oy muddat oraligʻida davom etadigan amaliyotni amalga oshirmoqdalar.
madarasa matbuot xizmati
Izohlar