Bugun “2+1” formatidagi amaliyotning 3-kuni
▪️Bugun “2+1” formatidagi amaliyotning
3-kuni
Imom Faxriddin ar-Roziy madrasasi talabalari o'zlari biriktirilgan mahalla yoshlari bilan suhbat va uchrashuvlar o'tkazdilar.Amaliyotchi talabalar suhbat so'ngida qatnashchilar tomonidan mavzu bo'yicha berilgan savollarga berdilar.
Uchrashuv davomida yuzaga kelgan muammo va kamchiliklar madrasa mudiri D.Abdiqodirov boshchiligida tashkil qilingan ishchi guruh(shtab)tomonidan hal qilinmoqda.Har bir amaliyotchi talabaga madrasa rahbariyati alohida e'tibor qaratib talabalar bilan shug'ullanmoqda.
Suhbat davomida aholi tomonidan berilgan takliflar yozib borilmoqda.
▫Eslatib o'tamiz Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi 3 ta oliy va 10 ta oʻrta maxsus islom taʼlim muassasalari hamda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari “2+1” formatidagi taʼlim shakliga koʻra, 3 oy muddat oraligʻida davom etadigan amaliyotni amalga oshirmoqdalar.
Madrasa matbuot xizmati
Izohlar