17.05.2023

TAFAKKURNING FAZILATI

Tafakkur qilishlik borasida ko'plab oyat va hadislarda ta'kidlangan.Ibn Abbosdan rivoyat qilinadi:
Quroyshliklar yahudiylar oldiga kelib - " "Muso sizlarga nima mo'jiza olib keldi? " dedilar. Yahudiylar -"Hassasini va unga qaraydiganlar uchun oppoq bo'lib ko'rinadigan qo'lini" deb javob berdilar. So'ng nasroniylar oldiga kelib - " Iysoning mo'jizasi qanaqa edi?" deb so'radilar. Nasroniylar -" U o'likni tiriltirgan,  ko'r va moxovlarni davolagan" deb javob berdilar. So'ng Nabiy alayhis salomning oldilariga kelib -"Robbinga biz uchun duo qil. Safo tog'ini bizga oltin qilib bersin" dedilar. So'ng Nabiy alyhis salom Robbisiga duo qildi va Alloh taoloning :

{ إِنَّ فِي خَلۡقِ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلۡأَرۡضِ وَٱخۡتِلَٰفِ ٱلَّيۡلِ وَٱلنَّهَارِ لَأٓيَٰتٖ لِّأُوْلِي ٱلۡأَلۡبَٰبِ }

[Oli Imron surasi: 190]


Albatta, osmonlar va yerning yaratilishida hamda kecha va kunduzning almashinib turishida ( bir Yaratuvchi va boshqarib turguvchi Zot borligiga ) oyat-alomatlar bordir.

Oyati nozil bo'ldi
(Tabaroniy rivoyati.)

Alloh taoloning :
"Albatta, osmonlar va yerning yaralishlida"
deganining ma'nosi -  bu osmonlarning ko'tarilib qo'yilganida, uning keng qilib yoyib qo'yilganida va bu yerning past qilib qo'yilganida,  uning zich qilib qo'yilganida, uning tavoze'li qilib qo'yilganida va u ikkisining ichida bir joyda turuvchi va aylanib suzib yuruvchi yulduzlar, dengizu tog'lar va sahroyu yashil joylar, nabototlar, ziroatlar, mevalar, hayvonlar, ma'danlar, turli xil ranglar va xushbo'y hidlar borligda ibratlar bordir.
Va yana Alloh taoloning
"hamda kecha va kundizning almashinib turishida"
deganining ma'nosi - bir birini quvushligida, biri uzun biri qisqa bo'lib qarzlashishida - gohida birisi uzun,  birisi qisqa bo'ladi, so'ng tenglashadi, undan keyin bunisi sherigidan navbatni oladi. Natijada avval qisqa bo'lgani endi uzayadi, uzun bo'lgani esa endi qisqaradi. Mana bularning barcha barchasida, olam - olam ibratlar, eslatmalar bordir. Bularning barchasi Aziz va Kariym bo'lgan Zot Alloh taoloning taqdiridir.

 Alloh taoloning
"Aqil yurituvchilar uchun oyat alomatlar bordir" 
degan so'zining ma'nosi - narsalarni faktlari orqali haqiqatini topadigan haqiqiy zakiy aqil egalari deganidir.
Ular aqlini ishlatmaydigan ko'r va karlar kabi bo'lmaydilar.Alloh taolo aqil yurutuvchilarni sifatlab :

{ ٱلَّذِینَ یَذۡكُرُونَ ٱللَّهَ قِیَـٰمࣰا وَقُعُودࣰا وَعَلَىٰ جُنُوبِهِمۡ وَیَتَفَكَّرُونَ فِے خَلۡقِ ٱلسَّمَـٰوَ ٰ⁠تِ وَٱلۡأَرۡضِ رَبَّنَا مَا خَلَقۡتَ هَـٰذَا بَـٰطِلࣰا سُبۡحَـٰنَكَ فَقِنَا عَذَابَ ٱلنَّارِ }
[Oli Imron surasi : 191]

"ular turganda ham, o'tirganda ham, yotganda ham Allohni eslaydilar hamda osmonlar va yerning yaralishi haqida tafakkur qilib (deydilar): Parvardigoro bu ( borliq)ni bekorga yaratganing yo'q! Sen (behuda biron ish qilish aybidan) poksan!O'zing bizni jahannam azobidan saqlagin!"

oyatini nozil qildi.

Imom Buxoriyning sahihlarida kelgan hadisda Imron ibn Husayn (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi : Rosululloh sollallohu alayhi vasallam : 
"Tik turgan holingda namoz o'qi, agar turishga qodir bo'lmasang o'tirib namoz o'qi, agar o'tirib o'qishga qodir bo'lmasang yonboshlab o'qi." deb marhamt qildilar.

Ya'ni aql yurutuvchilar Alloh taoloning zikrini har qanday holatda ham to'xtatib qo'ymaydilar tillari va qalblari bilan ham zikr qiladilar.
Va Alloh taoloning ushbu:
" osmonlar va yerning yaralishi haqida tafakkur qilib " deganining ma'nosi - u ikkisida Yaratuvchining buyukligiga, uning qudratiga, ilmiga, hikmatiga va  rahmatiga dalolat qiladigan hikmatlar borligini fahmlaydilar.

Tafakkur borasida ulug' zotlarning qarashlari:
Shayx Abu Sulaymon Doroniy : "Men uyimdan chiqib, ko'zim biror narsaga tusharkan, anashu narsada Alloh menga bir ne'mat qilib qo'yganini, yoki, unda men uchun bir ibrat borligini ko'raman" dedilar.

Hasan Basriy (rohmatullohi alayh) :
" Biroz muddat fikir qilish qiyomul layldan  yaxshiroqdir. dedilar". U zot yana : 
"Fikr yuritish - senga yaxshiliklaringni va yomonliklaringni ko'rsatadigan ko'zgudir" dedilar.

Sufyon ibn Uyayna: 
"Fikir qilish qalbinga kiradigan nurdir " dedilar.

Murtazo Aliy, [12.05.2023 19:33]
Iyso alayhis salom : 
"Aytgani zikr , sukuti tafakkur, nazari ibrat bo'lgan kishiga Tubo bo'lsin" dedilar.

Luqmoni Hakim : 
"Albatta, yolg'iz qolishlikni uzayishi fikr  qilishga ilhomlantiradi, undaydi, fikr qilishning uzoq davom etishi jannat eshiklari yo'liga dalolat qiladi" dedilar.

Umar ibn Abdulaziz :
" Kalom - Alloh azza va jallaning zikri ila go'zaldir, Alloh taoloning nematlari borasida fikr qilish esa eng afzal ibodatdir" dedilar.

 

Alloh taolo o'zining aql yurutuvchi bandalaridan qilsin. Vassalamu alaykum varohmatullohi vabarokatuh

Abdullaxonov Murtazo
 Imom Faxriddin ar-Roziy o'rta maxsus islom bilim yurti 3-bosqich talabasi 

Izoh qoldirish

Izohlar