30.05.2023

ZAYTUNNING SHIFOBAXSHLIGI

Zaytun atalmish mo'jizakor  o‘simlik. Ushbu o‘simlik Qur’oni Karimning 6 ta joyida kelgan. Ma’lumki, balandligi sakkiz metrgacha bo‘lgan zaytun o‘simligi, o‘rta yer dengizi davlatlarining barchasida parvarishlanadi. Qadimda zaytun moyi chiroqlar uchun mash’ala sifatida ishlatilgan. Zaytun moyining tiniq yonishi haqida “Nur” surasining 35-oyatida shunday ma’lumot berilgan: “… U (chiroq) na sharqiy va na g‘arbiy bo‘lmagan muborak zaytun daraxti (moyi) dan yoqilur. Uning moyi (musaffoligidan), garchi unga olov tegmasada, (atrofni) yoritib yuborgudekdir”…Zaytun moyi tibbiy nuqtai nazardan ham foydali daraxt hisoblanadi. Abu Ali Ibn Sino o‘zining “Tib qonunlari”da ta’kidlashicha zaytun moyi oshqozon kasalliklari va o‘n ikki barmoqli ichak kasalliklariga davo hisoblanadi.Zaytun yog’i asosiy qiymati uning boy tarkibida. Mahsulot yog’da eriydigan A, E, K vitaminlari, B guruhining ba’zi vitaminlari manbai hisoblanadi. Bundan tashqari, tarkibida sog’lom yog’lar ya’ni omega-3 va omega-6 mavjud. Ularni qabul qilish metabolizmni yaxshilaydi va xolesterin blyashkalar paydo bo’lishining oldini oladi. Och qoringa zaytun moyini iste’mol qilish quyidagi bir nechta jihatlardan yordam berishi mumkin.Demak islom tibbiyotini ham yaxshi bilishlik nihoyatda hayotimiz uchun foydalik ish ekan.

Sabirov Mahmudjon
Imom Faxriddin ar-Roziy O'MIBY mudarrisi

 

Izoh qoldirish

Izohlar