OGOH VA HUSHYOR YASHASH DAVR TALABI
Bugungi kunda insoniyat hayotiga katta tahdid solayotgan eng yovuz g‘oyalardan biri ekstremizm va terrorizm hisoblanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra hozirda dunyo bo‘yicha besh yuzdan ortiq terrochi va ekstremistik tashkilot mavjud. Bu tashkilotlar o‘z buzg‘unchi maqsadlarini amalga oshirish maq-sadida ko‘plab yoshlar ongini zaxarlab, turli yo‘llar bilan o‘zlariga ergash-tirmoqda. Bu borada ayniqsa muqaddas dinimiz tushunchalarini noto‘g‘ri talqin qilish keng tus olmoqda.Bu xolat esa bizni yanada xushyor va ogoh bo‘lishga chorlaydi shu o‘rinda muqaddas dinimiz ta’limotla-rida ogahlik, xushyorlik va vatanga sadoqat tushunchalarining o‘rni haqida so‘z yuritsak.
Vatan muqaddas dargoh. Uni himoya qilish , g‘animlar yomonliklaridan asrash , ravnaqi va farovonligi yo‘lida xizmat qilish dini va e’tiqodidan, millatidan qat’iy nazar har bir inson uchun ham qarz, ham farz hisoblanadi. Abu Dovuddan rivoyat qilingan hadisi sharifda payg‘ambarimiz Muham-mad alyhissalom shunday marhamat qiladilar : “ Kimki molini, jonini, dinini va ahlini himoya qilish yo‘lida halok bo‘lsa o‘sha kishi shahidlik maqomidadir ” . Hadisda sanab o‘tilgan mol , jon , din va oila kishi hayoti-ning mazmuni, uning vatani timsolidir. Shariat manbalarida vatanni hi-moya qilish farzi ayn, ya’ni barchaga barobar buyurilgan , tark qilingan taq-dirda gunohi kabira sanaladigan amal hisoblanadi. Imom Termiziydan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambar alayhissalom “ Ikki ko‘z egasini do‘zax olovi kuydirmaydi. Biri Allohdan qo‘rqib yig‘lagan ko‘z , ikkinchisi Alloh yo‘lida posponlik qilib uxlamagan kishi ” deb ta’kidladilar. Demak vatan himoyasi uchun uxlamasdan posponlik qilgan ko‘z egasini do‘zax otashi ham kuydirmas ekan. Vatanni himoya qilish qanchalik ulug‘ va savobli ish sanalsa, unga xiyonat qilish , qurol bilan o‘z vataniga qarshi chiqish , vatanga qarshi fitnalarda ishtirok etish shu qadar katta gunoh , eng oliy jazoga loyiq jinoyat hisoblanadi. Handaq jangida Payg‘ambar alayhissalom Madinaga bostirib kelgan dushmanlarga xayrixoh bo‘lgan , ularga pinhona yordam ber-gan kishilarga nisbatan nihoyatda qattiq choralar ko‘rdilar. Xiyonatkorlarning rahbarlari qatl etildi. Ularga ergashganlar Madinadan badarg‘a qilindi.
Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning ushbu harakatlaridan ko‘ri-nib turibdiki , ona vatan hech qachon sotilmaydi , unga xiyonat ham qilin-maydi. Bunday xiyonatni hech qanday diniy va dunyoviy qonun yoki ta’limot oqlay olmaydi.
Қадамов Сухром
Имом Фахриддин ар-Розий ЎМИБЮ мудир муовини
Izohlar