Sinfdan tashqari vaqtdagi tarbiyaviy ishlarni tashkil etish shakllari
Masharipov Raxmatulla Beknazarovich
Osiyo Xalqaro Universiteti‖ning 70110102 Pedagogika va psixologiya yo'nalishi magistranti Xorazm viloyati Urganch tumani
Imom Faxriddin ar-Roziy o‘rta maxsus islombilim yurti ARM rahbari, pedagogika va psixologiya fanio'qituvchisi
Shaxs sog’lom va har tomonlama barkamol shakllanishi uchun unda o’qishga intilish hissini takomillashtirish bilan chklanib bulmaydi. Ular ongida kasb - hunar va mehnat kunikmalarini hosil qilish, umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan yuksak ma’naviy-a hloqiy fazilatlarini tarbiyalash bilan uz vatani va halqiga nisbatan sadoqatni shakllantirish, atrof-muhitga nisbatan ongli munosabatda bulish tuyg’usini, huquqiy ongini tarbiyalash lozim. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da madaniy - estetik, ilmiy, te hnikaviy, sport va boshqa yunalishlarda o’quv bilim yurtidan tashqari davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish ta’kidlangan hamda ta’lim sifatini yahshilash, uning tuzilmasi va mazmun-mundarijasini takomillashtirish vazifalari belgilab berilgan. Ushbu «Darsdan tashqari ta’limni tashkil qilish davlat talablari» talabalarning bo’sh vaqtini tarbiyaviy ta’lim jihatdan samaradorli tashkil etishga qaratilgan bulib, «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va milliy dastur g’oyalari asosida ishlab chiqildi.
Sinfdan tashqari ta’limni urf-odatlarimiz, milliy qadriyatlarimiz, Respublika hududlari talablari asosida tashkil etib, uning tarmog’ini kengaytirib, hozirgi zamon talablari darajasida isloh, qilish kun tartibida turgan dolzarb masaladir. Hozirgi paytda yangi pedagogik va ahborot tehnologiyasi qonuniyatlari asosida pedagog olimlarimiz ta’lim muassasalaridan tashqari ta’limni tashkil etishning turli shakl va metod-larini ishlab chiqish yo’nalishida tegishli tadqiqotlarni olib bormokdalar. Shuning bilan birga bu, bir joyda to’ htab turuvchi jarayon emas. Ushbu «Talablar» barcha o’quv maskanlaridan tashqari ta’lim muassasalari o’quv - tarbiyaviy ishini rejalashtirishda dastur va uslubiy materiallar, metodik qo’llanmalar, o’qyv adabiyotlarini tayyorlashda muhim hujjat bulib hizmat qiladi.
Sinfdan tashqari ta’lim muassasalarining tugarak qatnashchilari ongida yuksak ma’naviy a hloqiy fazilatlar mujassamlashgan bulishi kerak.
Sinfdan tashqari ta’lim muassasalari tugarak qatnashchilarini doimiy ravishda fan va madaniyatning eng so’nggi yutuqlaridan habardor qilib turish ular ongini ijobiy ishlar va tarbiyaviy tadbirlar bilan band qilish muhim o’rin tutadi. Tugarak qatnashchilarida mustaqillik tushunchasi shakllangan bulishi, ular Davlatimiz ramzlarini, madhiyasini, urf-odatlarimizni bilishi shart. Talabalar qaysi tugarakka qatnashishidan qat’iy nazar shu kasb yoki hunar to’g’risida boshlang’ich ko’nikmalarga zga bulishi lozim.
Sinfdan tashqari ta’lim talabalar qiziqshiga, hohishiga asoslangan holda darsdan bo’sh vaqtlarida o’qyv tarbiya jarayonini to’ldiradi va quyidagi yunalishlar buyicha tugarak qatnashchilariga talablar qo’yilishi kerak:
1. Vatanga muhabbat, komil inson tarbiyasi.
2. Estetik ta’lim.
Z. Sayyohlik yunalishi buyicha tugaraklarga qatnashish.
4. Ekologik ta’lim yo’nalishi buyicha.
5. Talabalarni ma’naviy, a hloqiy yunalish buyicha.
6. Huquqiy ta’lim yo’nalishi bo’yicha.
7. Texnik ijodkorlik yo’nalishi bo’yicha.
8. Iqtidorli va iste’dodli yoshlar.
9. Iqtisodiy ta’lim.
Sinfdan tashqari ta’lim muassasalari oldida turgan muhim tarbiyaviy faoliyati bu yoshlarga estetik, ekologik, ahloqiy, huquqiy, iqtisodiy va shunga o’ hshash boshqa turdagi tarbiyaviy ishlarni o’rgatishdan iboratdir. Tarbiyaning ushbu turlarini yosh avlodga singdirish uchun avvalo muassasada utkaziladigan talabalar his – tuyg’usini shakllantirishga asoslangan turli tadbirlarda, tugaraklar faoliyatida milliy madaniy-tari hiy an’analarga, urf-odatlar va umumbashariy qadriyatlarga tayangan holda amalga oshiriladi. Masalan estetik tarbiyani yoshlar ongiga singdirish maqsadda talabalar uylari, saroylari, shaxslar va usmirlar ijodiyot uylarida horijiy til o’quv markazlari, milliy-diniy asosan badiiy adabiyotlar to’garaklari, Qur’on qiroati – qorixonalar va xakoza tashkil etadi.
To’garak a’zolari ushbu dasta, to’garak va klublarda san’atni sevishga, ardoqlashga, san’at orqali go’zallikni ko’ra bilishga, shu go’zallik orqali o’z ona yurtini ulug’lashga, undagi go’zallikni, chiroyni asrab qolishga intiladi.
Estetik yo’nalish buyicha tahsil olgan tugarak a’zolari quyidagilarni bilishi lozim:
- Badiiy milliy adabiyotlarimiz mashhur namoyandalari hayoti va ijodini;
- Qiroatni tinglash, uning mohiyatini tushunib yashashni ifodalashni;
- turli millat va elatlarni, hurmat etishni;
- tarihimiz, uning keksa namoyandalari ijodiy yo’lini, ushlash qoidalarini;
Shuningdek, estetik ta’lim tasviriy va halq amaliy san’ati yo’nalishlaridagi to’garaklar mashg’ulotlari orqali ham talabalar qalbiga singdiriladi. Bu o’rinda talabalar uylari, saroylarida tashkil etilgan «Tasviriy san’at», «haykaltaroshlik”, «Kulolchilik”, «Milliy kashtachilik” , «Naqqoshlik», «yog’och o’ymakorligi», «Ganch o’ymakorligi», «Yosh ta’mirlovchilar» to’garaklari ayni maqsadni doimiy va uzluksiz amalga oshiradi.
Sayyohlik to’garaklariga talabalar ularning qiziqishlarini hisobga olgan holda keng jalb qilinadi.
To’garakka qabul qilinayotgan talaba yoshlar avvalo sayyohlik to’garaklarining biror bir yunalishiga qiziqqan, sayyohlik ekspeditsiyasi to’g’risida tasavvurga ega bo’lgan, sog’lom bo’lishi kerak.
Sayyohlik yo’nalishi bo’yicha qatnashadigan talabalar birinchi o’quv yilidan keyin quyidagilarni bilishi lozim:
-yurtimiz haqida tasavvurga ega bulishi;
-yurtimizning tarihini, qadimiy obidalarini, ular haqidagi haqiqat va rivoyatlarni bilishi;
-ma’lum joy, ulkani o’rganish bo’yicha reja va yunalishlarni ishlab chiqish;
-sayohat davomida kuzatuvchanlikni bilish, sayyohlikka oid materiallarni o’rganish;
-turli hildagi sayyohlikka oid adabiyotlar bilan doimiy tanishib borishi va ularni bilish kerak.
Ekologik tabiatshunoslikdan tashkil qilingan to’garaklarning asosiy maqsadi yoshlarda jonli va jonsiz tabiat haqida yahlit tasavvur hosil qilish, tarbiyalanuvchilarni o’simlik va hayvonot olami bilan tanishtirish. To’garak a’zolarida o’simlik va hayvonlarni himoya qilish kerakligi to’g’risida tasavvur hosil qilish, to’garak a’zolari o’quv bilim yurtilarida er maydonlarida va tirik tabiat burchagida o’simlik va hayvonlarni parvarish qilgandagina, yahshi hosil olish mumkinligiga ishonch hosil qilishdan iboratdir.
To’garak a’zolariga birinchi o’quv yili ohirida quyidagi talablar qo’yilishi lozim:
-jonli va jonsiz tabiat haqida tasavvurga ega bo’lishi;
-jonli va jonsiz tabiatni bir-biri bilan o’zaro bog’liqligini;
-yoz, kuz, qish va bahorning harakterli belgilarini;
-yilning turli fasllarida odamning yashab turgan joyidagi mehnati va ularning turlarini;
-o’simlik nomlari, ildiz, poya, barg, meva va urug’larini;
-o’t o’simliklar, darahtlar nomini;
-meva va manzarali darahtlarni aa ularning bir biridan farqlarini
-uchib ketuvchi va qishlovchi qushlarning hayoti va hususiyatlarini;
-tabiat bilan inson orasidagi qonun-qoidani doimo muvozanatda saqlashni bilgan, kuzatgan ishlari yuzasidan hisobot yoza bilishni, ma’ruza qilishni bilishilari kerak.
Ta’lim muassasalaridan tashqari ta’limning barcha yo’alishlari va to’garaklaridagi talabalarning ma’naviy fazilatlari, boy madaniy merosimiz, tarihiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalanishi bilan belgilanadi.
O’quv bilim yurtlaridan tashqari ta’lim muassasalari klub va to’garaklari boradilar. Bilimga tashnalik ham ahloqiy tarbiyaning tarkibiy qismidir tarbiyachi, muassasa hodimlari talaba qalbida kitobni sevish, uni o’qish va ardoqlash kabi fazilatlarni doimiy ravishda shakllantiradilar.
Sinfdan tashqari ta’lim muassasalarida rejalashtirilayotgan har bir tadbir mazmunida, klub va to’garaklar faoliyatida - Vatanga muhabbat va komilinson tarbiyasi aks etishi lozim. Talabalarda Vatanga muhabbat tuyg’usini tarbiyalashda yurtimiz madaniyati tarihi, muayyan davrlardagi mavqei, buyuk mutafakkirlarimizning jahon fan va madaniyati sohasidagi o’rni, mamlakatimizning yorqin istiqboliga ishonch to’g’pisida ma’lumot beriladi. Vatanni sevish, uning istiqboli haqida qayg’urish iymon-e’tiqod ramzi ekanligi o’qtiriladi. Shu nuqtai nazardan asosiy maqsad - komil insonni tarbiyalash amalga oshiriladi.
Talabalarning hququqiy ongini oshirmasdan huquqiy fuqarolik davlatni tasavvur etib bulmaydi. huquqiy ong poydevoriga o’quv muassasasilarda asos solinadi.
Sinfdan tashqari ta’lim muassasalarida talabalarga huquqiy bilimlar, ijtimoiy hayot me’yorlari va qoidalari to’g’risida keng ma’lumotlar berib boriladi. Huquqiy ta’limning mazmuni mustaqil O’zbekiston davlatining iqtisodiy, ma’naviy, siyosiy-huquqiy manfaatlarini o’zida mujassamlashtirishi kerak.
Sinfdan tashqari ta’lim muassasalarida iqtidorli shaxslar va iste’dodli yoshlarni o’ziga xos psixologik jihatlarini va fazilatlarini hisobga olib turli to’garaklarga jalb etish «Respublika iste’dod markazi» xodimlari bilan hamkorlikda va ularning ilmiy amaliy tajribalaridan foydalangan holda iste’dodlarni aniqlashga mo’ljallangan texnologik diagnostik tadbirlar asosida amalga oshiriladi.
Sinfdan tashqari ta’lim muassasalarida quyidagi tadbirlar ishlab chiqiladi:
-iqtidorli shaxslar va iste’dodli yoshlarni chet ellarda kasbiy jihatdan tayyorgarlikdan o’tkazishga qaratilgan turli tadbirlarni amalga oshirish;
-«Kamolot», “Mahalla», «Ulug’bek» , «Oltin meros», «Umid» , «Ustoz» kabi jamg’armalar bilan hamkorlikda ish olib borish;
-o’quv bilim yurtlaridan tashqari Ta’lim muassasalarida yoshlar iste’dodi va iqtidorini namoyon qilishga doir shart sharoitlar yaratib berish;
-ularning qiziqishini inobatga olgan holda fanlar buyicha olimpiadalar, tanlovlar, ko’rgazmalar, turli bayramlar, talabalar ijodkorligi kabi tadbirlarni o’tkazish.
Respublikaning chekka mintaqalaridan iqtidorli shaxslar va iste’dodli yoshlarni izlash, ularga kelgusida o’z qobiliyatlarini takomillashtirishlariga shart-sharoitlar yaratib berish kerak.
Adabiyotlar ro’yxati:
1. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. P.I.Ruvinskiy. – T. 1991 y.
2. Tarbiyaviy ishlar metodikasidagi ko’rsatmalar. Baubekova Z.D. – T. 1991 y.
3. O’quvchi ma’naviyatini shakllantirish (qo’llanma) – Toshkent – 2000. J.G’.Yo’ldoshev.
4.Tarbiya nazariyasi. N. Xo’jaev va boshqalar. – Toshkent – 2003.
5. Bolalarni tarbiyalashda va sog’lomlashtirish ishlarida pedagogik texnologiya. Abdullaev. D.I., Ishmuhamedov R.J. – Toshkent – 2002.
6. «Pedagogika» V.A.Slastenin, I.F.Isaev, A.I.Mihenko, E.N.Shiyanov. Moskva. «Shkolnaya pressa». 2004
7. Voljskiy A. Metodika vospitatelnoy raboto’ s molodejyu. – M. 2003.
8. Kotov V. Vospitatelnaya rabota v shkole: opo’t i problemo’. – SPb: Sev.siyanie 2003.
Izohlar