07.06.2021

Muhammad Sodiq Muhamad Yusuf davrida siyosiy va ijtimoiy holat

Buyuk Ustoz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Manxattandagi ikkita egizak bino portlagan yili Xazrat bo‘lib o‘tgan bu fojeaning Islomga aloqasi yo‘qligini, Islomning o‘zi terrorga qarshi ekanligini dalillash va bu borada ma’ruzalar qilish uchun Amerikaga chaqirildilar. Albatta u yerdagi jurnalistlar bundan xabar topishadi va samolyotdan tushishlari bilan odatlariga ko‘ra Xazratni o‘rab, savolga tutishadi. Xazrat ular bilan salomlashadilar u savollarga javob bermay turaveradilar.Nixoyat savol beruvchilar jimib qoladilar. Shunda Xazrat jurnalistlarga qarab:

Islom odobida men mexmon-u, sizlar mezbonsizlar. Odatda mezbonlar mexmonni savolga tutmaydilar, aksincha mexmon mezbonga savol bilan murojaat qiladi, deydilar. Shunda jurnalistlar bu mantiqli gapdan keyin yanayam jim bo‘lib qolishadi. Oralaridan birovi:

So‘rang biz javob berishga tayyormiz, deydi jimlikni buzib. 

Shayx xazratlari davom etadilar:

Islomda ko‘p gaplik isrofga kiradi, shuning uchun men beradigan savollarga bir og‘iz “xa” va “yo‘q” desagiz bo‘ldi, deydilar.

Jurnalistlar taajubda yanayam xushyor tortadilar.

Xazrat davom etadilar:

Avvalo aytinglarchi, sizlar men bilan Islom dini, sharit ilmi bo‘yicha munozaraga qalban tayyormisizlar, bu soxadagi bilimingiz yetarli deb o‘ylaysizlarmi?

Yo‘q.

Amerikani demokratiyaning beshigi deyishadi, sizlar turli gazeta va jurnallar, radio va telekompaniyalarining vakilisizlar, aytinglarchi, demokratiya talablaridan kelib chiqib o‘z kompaniyangizni o‘zingizda tanqid qila olasizlarmi?

Yo‘q...

Afsuski, amerikalik jurnalistlarning og‘zini lang ochirib, tan bergizib qo‘ygan Xazratning bunday savollari anchagina edi. Boshqalarini xotiramda tiklay olmadim. O‘shanda ustozning savollaridan kelib chiqib Amerikaga qanday olim kelganligi xaqidagi shov shuv yashin tezligida tarqagan.

                                                    

 U kishi o‘n besh kunlik safarlari davomida o‘n oltita shtatda bo‘lishga ulgurganlar. Xazratni xamma joyda qizg‘in kutib olishgan. Egizak binoning portlashini Islomga zarracha xam aloqasi yo‘qligini, Islom tinchlik dini, bag‘rikenglik dini, taraqqiyot dini, terrorga aloqasi yo‘q din ekanligini ko‘pchilik tushunib yetgan va Islomga qiziqishlari ortib ketgan. Do‘kon peshtaxtalaridagi Islomga oid kitoblar qolmagan. Xalq talab qilavergach do‘kondorlar bunday kitoblarni Angliyadan obkelib sotishgan...

       1990 yildan 1991 yilgacha SSSR Prezidenti, 1988-1990 yillarda SSSR Oliy Kengashi raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan Mixail Gorbachyov o‘z vaqtida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufdan uzr so‘rashga majbur bo‘lgan. Bu voqea Shayxning ukasi Mahammad Amin Muhammad Yusufning xotiralari aks etgan “Islomga bag‘ishlangan umr” kitobida yozilgan. 

Ma’lumki, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari 1989 yil dekabr oyida SSSR Oliy Kengashining xalq deputati etib saylanadi. 

1989 yil.Avvaliga Ozarbayjonning Baku shahrida qo‘zg‘alonlar boshlandi.Bu shaharda Mixail Gorbachyov ilk bor ijtimoiy norozilikni bartaraf etishning o‘ta vahshiyona usullarni qo‘llab ko‘rdi. Farg‘ona va O‘shdagi voqealar ham aynan shu 

yilda ro‘y bergan edi.

   O‘sha kezlarda Oliy sovet raisining o‘rinbosari Rafiq Nishonovdan Farg‘onada nima bo‘layotgani so‘raldi. Bu savol berilganda allaqachon qon to‘kilib, odamlar o‘lgan edi. Nishonov voqealarga bee’tibor shunday javob beradi:
 “Bozorda ikki kishi qulupnay talashib, janjallashib qolibdi”.
Xo‘sh, voqealar aslida qanday bo‘lgan edi? 

1989 yilning mayida Farg‘onada o‘zbeklar va mesxeti turklari o‘rtasida dahshatli qirg‘inga aylangan ommaviy to‘qnashuvlar boshlanib ketdi, butun Farg‘ona olov ichida qoldi. Ziddiyat to‘lqini o‘sha kezlar respublika aholisining qariyb yarmi yashayotgan Farg‘ona vodiysini butunlay o‘z domiga olishi mumkin edi. 

Sapoyev Abduvali
Imom faxriddin ar-Roziy islom bilim yurtining 4-bosqich talabasi 

 

 

Izoh qoldirish

Izohlar