01.01.2024

Kim gunohlarni tark qilmasa.....

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Ruhiy tarbiya sohasida bu ikki sifat deyarli doimo birga zikr qilib kelingan. Ba’zi holatlarda ikkisini bir narsa deb tushunilgani ham mulohaza qilinadi.

Biz o‘zimiz o‘rganib qolgan uslubga binoan, avval bu ikki sifatning lug‘aviy va istilohiy ma’nolarini, ular haqida kelgan oyat, hadis va asarlarni hamda ularning foydalarini alohida o‘rganib olib, so‘ngra boshqa masalalarga o‘tamiz.

«Xavf» so‘zi arab tilida «qo‘rqish» va «cho‘chish» degan ma’nolarni anglatadi. Xavfni Alloh taologa nisbat berilganda, ya’ni «Allohdan xavfi bor» deganda, arslon yoki boshqa shunga o‘xshash narsadan dahshatga tushish anglanmaydi. Balki ma’siyatlardan o‘zini tortish va toatlarni ixtiyor qilish tushuniladi. Shuning uchun ham «Kim gunohlarni tark qilmasa, xavf qiluvchi emasdir», deyilgan.

Ulamolarimiz o‘z nazarlaridan kelib chiqib, xavfni turlicha ta’riflaganlar:

Rog‘ib: «Xavf gumon qilingan yoki ma’lum narsaning alomatidan biror kor-hol yuz berishini kutishdir. U omonlikning teskarisidir. Bu narsa dunyoviy va uxroviy narsalarda bir xil», degan.

Jurjoniy: «Xavf yomon ko‘rilgan narsaning kelishini yoki yaxshi ko‘rilgan narsaning zoye bo‘lishini kutishdir».

Yana bir gapga qaraganda: «Xavf – qo‘rqinchli narsani eslash oqibatida qalbning iztirobga tushib harakatlanishidir».

Boshqa bir gapga binoan: «Xavf – yetadigan yomonlikdan yoki yo‘qoladigan yaxshilikdan qalbning cho‘chishidir».

Xavf oliy maqomotlardan biridir. U iymon uchun lozim bo‘lgan narsalardandir. Alloh taolo Qur’oni Karimning ko‘pgina oyatlarida mo‘minlarning xavfini madh qilgan.

Masalan, Oli Imron surasida Alloh taolo shunday deb marhamat qiladi:


«Bas, agar mo‘min bo‘lsangiz, ulardan qo‘rqmanglar, Mendan qo‘rqinglar» (175-oyat).

Aynan shu xitob Moida surasida ham bayon qilingan:


«Odamlardan qo‘rqmanglar, Mendan qo‘rqinglar» (44-oyat).

Va yana Alloh taolo Fotir surasida marhamat qilib aytadi:


«Allohdan bandalari ichidan faqat olimlarigina qo‘rqarlar» (28-oyat).

Alloh taoloning qudratini his etib, maxluqotlardan ibrat olib, ularning yaratuvchisi borligini anglab yetib, aqli bilan Allohni topgan va Undan qo‘rqqan odamgina olim hisoblanadi.

Ammo mazkur maxluqotlarning tarixi, tuzilishi, tarkibidagi moddalari, xususiyatlari va boshqa turli ma’lumotlarni to‘liq o‘rganib chiqib ham yaratgan Zotni – Allohni tanimagan va Undan qo‘rqmagan odam o‘ta johil hisoblanadi.

Abdulloh Ibn Abbos roziyallohu anhumo:

«Ilm gapning ko‘pligida emas. Ilm qo‘rqishning ko‘pligidir», degan ekanlar.

Imom Hasan Basriy roziyallohu anhu:

«Olim Allohdan g‘oyibona qo‘rqqan odamdir. Alloh qiziqtirgan narsaga qiziqqan, Alloh yomon ko‘rgan narsadan qochgan odamdir», deya turib, «Allohdan bandalari ichidan faqat olimlarigina qo‘rqarlar» oyatini tilovat qilar ekanlar.

Shuningdek, Alloh taolo farishtalarning xavfini ham madh qilgan:

Alloh taolo Nahl surasida bu haqda shunday deb marhamat qiladi:


«Ular ustilaridagi Robblaridan qo‘rqurlar va o‘zlariga amr qilingan narsalarni qilurlar» (50-oyat).

Alloh taolo anbiyolarning xavfini ham madh qilgan.

Ahzob surasida bu haqda quyidagi oyat nozil bo‘lgan:
 

«Ular Allohning risolatlarini yetkazadigan, Undangina qo‘rqadigan, Allohdan boshqa hech kimdan qo‘rqmaydiganlardir» (39-oyat).

Alloh taolo Tavba surasida yana shunday deb marhamat qiladi:

«Albatta, Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga iymon keltirganlar, namozni to‘kis ado etganlar, zakot berganlar va Allohdan boshqadan qo‘rqmaganlargina obod qilurlar. Ajab emaski, ana o‘shalar hidoyat topuvchilardan bo‘lsalar» (18-oyat).

Nabiy sollallohu alayhi vasallamning hadislarida ham aynan mana shunday xavf – islomiy xavf madh etilgan.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Ogoh bo‘ling! Allohga qasamki, men Allohdan eng ko‘p qo‘rqadiganingizman, Unga eng ko‘p taqvo qiladiganingizman. Ammo ro‘za ham tutaman, og‘zim ochiq ham bo‘ladi. Namoz ham o‘qiyman, uxlayman ham. Ayollarni nikohimga ham olaman. Kim mening sunnatimga rag‘bat qilmasa, mendan emas», dedilar».

Ikki shayx va Nasoiy rivoyat qilishgan.

Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Alloh yetti kishini O‘z soyasidan boshqa soya yo‘q Kunda soyasiga olur: odil imom, o‘z Robbi ibodatida o‘sgan yosh, qalbi masjidlarga bog‘liq kishi, Alloh yo‘lida bir-birini yaxshi ko‘rib, Alloh uchun jam bo‘lib, Alloh uchun ajrashadigan ikki kishi, mansab va jamol egasi bo‘lgan ayol o‘ziga chaqirganda «Men Allohdan qo‘rqaman», degan odam, sadaqani maxfiy qilib, hatto chap qo‘li o‘ng qo‘li qilgan nafaqani bilmay qolgan odam va Allohni xoli qolib eslaganda ko‘zidan yosh oqqan odam», dedilar».

Beshovlridan faqat Abu Dovud rivoyat qilmagan.

Alloh taolodan qo‘rqib, o‘z shahvatidan kechish ulkan fazilatdir. Gunoh ishdan qo‘rqib, o‘zini chetga olish, oxirat azobidan qo‘rqib, o‘zining oniy lazzatidan voz kechish katta jasoratdir. Alloh taolo bunday bandani munosib ravishda mukofotlaydi. Mansab va jamol egasi bo‘lgan ayol o‘ziga chaqirib turganda, uning chaqirig‘iga rad javob berishga faqatgina Alloh taolodan qo‘rqish mone bo‘ladi.

Alloh taolo O‘zi uchun kechilgan oniy harom lazzatni jannatdagi doimiy halol lazzatga almashtiradi. Mazkur qahramonlikni qilgan odamni avvalo qiyomat kuni O‘z soyasiga oladi.

Biz musulmonlar bu ishni qilishga tayyor bo‘lishimiz, yoshlarimizni ham shu ruhda tarbiyalamog‘imiz zarur.

Gunoh ishni qilishga qodir bo‘lib turganda Allohdan qo‘rqib, U Zotning roziligini istab, uni tark etish ham solih amallardan hisoblanar ekan.

Allohdan qo‘rqib, qilmoqchi bo‘lib turgan gunohidan shu qo‘rquv tufayli qaytgan banda nafaqat oxirat savobiga, balki bu dunyoning yaxshiliklariga ham erishar ekan. Bandaning ixlos bilan yomonlikni tark etishi Alloh taolo uning boshidan musibatni ko‘tarishiga sabab bo‘lar ekan.

«Ruhiy tarbiya» kitobining 2-juzi asosida tayyorlandi

Izoh qoldirish

Izohlar

14.01.2024 12:08
123456'and(select*from(select+sleep(0))a/**/union/**/select+1)='
14.01.2024 12:08
(select*from(select+sleep(2)union/**/select+1)a)
14.01.2024 12:08
(select*from(select+sleep(0)union/**/select+1)a)
14.01.2024 12:08
123456"and"c"="a
14.01.2024 12:07
123456"and"g"="g
14.01.2024 12:07
123456'and'p'='y
14.01.2024 12:07
123456'and'q'='q
14.01.2024 12:07
123456'"\(
14.01.2024 12:07
123456/**/and+3=7
14.01.2024 12:07
123456鎈'"\(
14.01.2024 12:07
123456/**/and+4=4
14.01.2024 12:07
123456'and/**/convert(int,sys.fn_sqlvarbasetostr(HashBytes('MD5','1426903586')))>'0
14.01.2024 12:07
convert(int,sys.fn_sqlvarbasetostr(HashBytes('MD5','1904957794')))
14.01.2024 12:07
123456/**/and/**/cast(md5('1970889661')as/**/int)>0
14.01.2024 12:07
123456'and(select'1'from/**/cast(md5(1723150932)as/**/int))>'0
14.01.2024 12:07
extractvalue(1,concat(char(126),md5(1380067668)))
14.01.2024 12:06
123456"and/**/extractvalue(1,concat(char(126),md5(1982802184)))and"
14.01.2024 12:06
123456
14.01.2024 12:06
123456'and/**/extractvalue(1,concat(char(126),md5(1185116959)))and'
14.01.2024 12:06
<%- 888577036+972150846 %>
14.01.2024 12:06
123456
14.01.2024 12:06
#set($c=874634988+964733532)${c}$c
14.01.2024 12:06
123456
14.01.2024 12:06
${(825861391+945514833)?c}
14.01.2024 12:06
expr 905596328 + 802068247
14.01.2024 12:06
123456
14.01.2024 12:06
${830588272+994275530}
14.01.2024 12:06
123456&set /A 951434778+958692383
14.01.2024 12:06
123456
14.01.2024 12:06
123456
14.01.2024 12:06
/*1*/{{831735099+863627781}}
14.01.2024 12:06
123456$(expr 852170270 + 806117995)
14.01.2024 12:06
123456
14.01.2024 12:06
123456
14.01.2024 12:06
123456|expr 834056713 + 839127883
14.01.2024 12:05
123456
14.01.2024 12:05
123456
14.01.2024 12:05
123456 expr 889642582 + 970014467
14.01.2024 12:05
${973461748+994107731}
14.01.2024 12:05
123456
14.01.2024 12:05
'-var_dump(md5(400538121))-'
14.01.2024 12:05
123456
14.01.2024 12:05
123456
14.01.2024 12:05
${@var_dump(md5(446048433))};
14.01.2024 12:05
123456
14.01.2024 12:05
123456
14.01.2024 12:05
123456
14.01.2024 12:05
123456
14.01.2024 12:05
123456
14.01.2024 12:05
123456
14.01.2024 12:05
123456
14.01.2024 12:05
123456
14.01.2024 11:56
123456