08.01.2024

«Kofir» deyishdan ehtiyot bo‘lish

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Alloh taolo Hujurot surasining 9-oyatida:

«Agar mo‘minlardan ikki toifa urushib ketsalar, bas, o‘rtalarini isloh qiling», deb turib, keyingi oyatda:

«Albatta, mo‘minlar birodardirlar. Bas, ikki birodaringizning o‘rtasini isloh qiling», degan (10-oyat).

Mashhur sahih hadisning ma’nosiga qaraganda, bir-biriga qarshi qurol ko‘targan musulmonning ikkisi ham kofir bo‘lishi lozim edi. Ammo o‘sha hadisdagi «kufr» so‘zi majoziy bo‘lganidan, bu oyatda urushib turganlar «mo‘min» deyilmoqda va «Birodarlaringiz orasini isloh qiling», deyilmoqda, «Ularni dindan chiqqan kofir sifatida qatl qiling», deyilgani yo‘q.

Shuningdek, Qur’on va Sunnat hamda ijmo’da kelgan matnlarda zinokor, o‘g‘ri va boshqa katta gunohlarni qilganlarni o‘ldirmaslikka, balki ularga hadd (shar’iy jazo) joriy qilishga dalolatlar kelgan. Bu esa ularning murtad emasliklarini taqozo qiladi.

Ammo bundan «gunohlarni qilaversa bo‘lar ekan», degan fikrga borish kerak emas. Bu ma’noda juda ehtiyot bo‘lmoq lozim. «Gunohni qilaversa bo‘lar ekan», deyishning o‘zi kufrga olib boradi.

Gap bir odamni kofirga chiqarib yuborish oson emasligi haqida bormoqda. Shuning uchun ham juda ehtiyot bo‘lish zarur. Afsuski, avvalda ham, hozirda ham kishilarni kofirga chiqarishga ishqibozlar yetarli bo‘lgan va bo‘lmoqda.

Holbuki, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari yuqoridagiga o‘xshash ishlarga qarshi bo‘lganlar.
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Laa ilaaha illallohu», degan kimsaga tegmaslik: gunohi tufayli uni kofirga chiqarmaymiz. Amali tufayli uni Islomdan chiqarmaymiz», dedilar».

Abu Dovud rivoyat qilgan.

Bu hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam uch muhim masalani bayon qilmoqdalar.

1. «Laa ilaaha illallohu», degan kimsaga tegmaslik».

Ya’ni, kalimai shahodatni aytib, o‘zining musulmonligini bildirib turgan kishiga tegmaslik, uning joniga, moliga zarar yetkazmaslik zarur. Zohirida musulmon bo‘lib ko‘rinib, Islomning zohiriy amallarini qilayotganlar bilan musulmoncha muomala qilinaveradi. Kishilarning ichki sirlari va hisob-kitoblari Allohning O‘ziga havola!

2. «Gunohi tufayli uni kofirga chiqarmaymiz».

Ya’ni «Laa ilaaha illallohu»ni aytib, zohirida musulmon bo‘lib ko‘ringan odamni qilgan gunoh ishi tufayli kofirga chiqarmaymiz. U kofir emas, osiy mo‘min bo‘ladi.

3. «Amali tufayli uni Islomdan chiqarmaymiz».

Ya’ni, kalimai tavhidni aytib, Islomni zohiridan ko‘rsatib turgan odamni amali tufayli Islom dini, Islom millatidan chiqarmaymiz. Bunday odamlarga amaliga yarasha tayin qilingan shar’iy jazo beriladi. E’tiqodi buzilmasa, Islomdan chiqqan hisoblanmaydi. Umumiy qoida shu!

Shunday bo‘lganidan keyin, birovni kofirga chiqarishga zinhor shoshilmaslik kerak. Modomiki, Alloh taologa shirk keltirmagan ekan, birovni kofir deyish oson ish emas. Zero, Alloh taolo shirkdan boshqa gunohlarni kechirishi mumkinligini O‘zi aytgan.

Mujtahid imomlarimiz farzligi va haromligi haqida ixtilof qilgan va Qur’oni Karim hamda Sunnatda qat’iy dalili yo‘q narsalarni inkor qilish kufrga olib bormaydi.

Birovni kofir deyish oson ish emas. Chunki bu ishning orqasidan kelib chiqadigan hukmlar ham o‘ta xatarlidir.

Avvalo, imom Buxoriy Ibn Umar va Abu Hurayra roziyallohu anhumolardan rivoyat qilgan hadisi sharifda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Qachon kishi o‘z birodariga «Ey kofir», desa, ikkovlaridan biri ana shunday bo‘ladi», deganlar.

Ya’ni, haligi odam kofir bo‘lmasa, uni kofir degan odamning o‘zi kofir bo‘ladi. Chunki musulmonni kofir deyishning hukmi shu. Bas, birovni kofir deyishdan oldin bu gap o‘ziga qaytishi mumkinligini o‘ylab qo‘yish kerak bo‘ladi.

Ikkinchidan, birovni kofir deb hukm chiqarilsa va o‘shandoq bo‘lsa, ortidan o‘ta xatarli ishlar sodir bo‘lishi lozim.

1. U bilan xotini orasidagi nikoh buziladi.

2. Bolalari uning qaramog‘idan chiqadi.

3. Jamiyat a’zoligidan mahrum bo‘ladi.

4. Uni mahkamaga berib, murtad degan hukm chiqariladi.

5. U o‘lsa, yuvilmaydi, kafanlanmaydi, janozasi o‘qilmaydi, musulmonlar qabristoniga ko‘milmaydi va merosdan mahrum bo‘ladi.

6. O‘sha holida o‘lsa, jahannamiy bo‘ladi.

Shuning uchun ham taqvodor va mutamakkin ulamolar birovni kofir deyishni o‘zlariga ep ko‘rmaydilar. Ba’zilari esa avval bu ishni qilgan bo‘lsalar, keyin bu ma’nodagi fatvolarini bekor qiladilar.

970 hijriy sanada vafot etgan «al-Bahrur Roiq» nomli kitobning muallifi, Hanafiylarning mashhur ulamolaridan bo‘lmish Ibn Najim rahmatullohi alayhi xuddi shunday qilganlar va «Agar bu masalada kofir deyish uchun to‘qson to‘qqizta dalil bo‘lsa-yu, kofir demaslik uchun birgina dalil bo‘lsa, to‘qson to‘qqizni qo‘yib, o‘sha bir dalilni olish kerak», deganlar.

Ba’zi vaqtlarda kufr haqidagi umumiy fatvoni yakka shaxslarga tatbiq qilib yuborish orqali xatoga yo‘l qo‘yiladi. Misol uchun, «Falon toifaga mansub kishilar kofir bo‘ladi» degan fatvo chiqqan. Bu, o‘sha toifaga mansub har bir kishi kofir, degani emas. Yakka shaxslarga nisbatan kufr fatvosini berishdan oldin so‘rab-surishtirish, aniqlash va uning o‘zi bilan bahs olib borib, bo‘yniga qo‘yish lozim bo‘ladi.

Bu haqda aqoid ilmi ulamolari quyidagilarni aytadilar: «Ba’zi bir gap kufr bo‘lishi mumkin. O‘sha gapni aytgan kofir bo‘ladi, degan hukm chiqishi mumkin. Ammo mazkur gapni aytgan muayyan shaxsni, hujjat va dalil bilan tasdiqlanmaguncha, «kofir» deb hukm chiqarilmaydi».

«Sunniy aqiydalar» kitobi asosida tayyorlandi

Izoh qoldirish

Izohlar

14.01.2024 12:03
123456'/**/and/**/DBMS_PIPE.RECEIVE_MESSAGE('g',2)='g
14.01.2024 12:03
123456'/**/and/**/DBMS_PIPE.RECEIVE_MESSAGE('d',0)='d
14.01.2024 12:03
123456/**/and/**/3=DBMS_PIPE.RECEIVE_MESSAGE('g',2)
14.01.2024 12:03
123456/**/and/**/0=DBMS_PIPE.RECEIVE_MESSAGE('a',0)
14.01.2024 12:02
123456'and(select+1)>0waitfor/**/delay'0:0:2
14.01.2024 12:02
123456'and(select+1)>0waitfor/**/delay'0:0:0
14.01.2024 12:02
123456/**/and(select+1)>0waitfor/**/delay'0:0:2'/**/
14.01.2024 12:02
123456/**/and(select+1)>0waitfor/**/delay'0:0:0'/**/
14.01.2024 12:02
123456'/**/and(select'1'from/**/pg_sleep(2))::text>'0
14.01.2024 12:02
123456'/**/and(select'1'from/**/pg_sleep(0))::text>'0
14.01.2024 12:02
123456/**/and(select+1/**/from/**/pg_sleep(2))>0/**/
14.01.2024 12:02
123456/**/and(select+1/**/from/**/pg_sleep(0))>0/**/
14.01.2024 12:02
123456"and(select*from(select+sleep(2))a/**/union/**/select+1)="
14.01.2024 12:02
123456"and(select*from(select+sleep(0))a/**/union/**/select+1)="
14.01.2024 12:01
123456'and(select*from(select+sleep(2))a/**/union/**/select+1)='
14.01.2024 12:01
123456'and(select*from(select+sleep(0))a/**/union/**/select+1)='
14.01.2024 12:01
(select*from(select+sleep(2)union/**/select+1)a)
14.01.2024 12:01
(select*from(select+sleep(0)union/**/select+1)a)
14.01.2024 12:01
123456"and"o"="m
14.01.2024 12:01
123456"and"z"="z
14.01.2024 12:01
123456'and'r'='b
14.01.2024 12:00
123456'"\(
14.01.2024 12:00
123456'and'c'='c
14.01.2024 12:00
123456鎈'"\(
14.01.2024 12:00
123456/**/and+2=8
14.01.2024 12:00
123456'and/**/convert(int,sys.fn_sqlvarbasetostr(HashBytes('MD5','1401475600')))>'0
14.01.2024 12:00
123456/**/and+3=3
14.01.2024 12:00
convert(int,sys.fn_sqlvarbasetostr(HashBytes('MD5','1996845798')))
14.01.2024 12:00
123456/**/and/**/cast(md5('1365299065')as/**/int)>0
14.01.2024 12:00
123456'and(select'1'from/**/cast(md5(1553462182)as/**/int))>'0
14.01.2024 12:00
extractvalue(1,concat(char(126),md5(1892911974)))
14.01.2024 12:00
123456"and/**/extractvalue(1,concat(char(126),md5(1815352862)))and"
14.01.2024 11:59
123456'and/**/extractvalue(1,concat(char(126),md5(1619259941)))and'
14.01.2024 11:59
123456
14.01.2024 11:59
<%- 811483505+847367704 %>
14.01.2024 11:59
123456
14.01.2024 11:59
123456
14.01.2024 11:59
expr 909722892 + 809876127
14.01.2024 11:59
#set($c=835279081+948686385)${c}$c
14.01.2024 11:59
123456
14.01.2024 11:59
123456&set /A 858500998+931795753
14.01.2024 11:59
${(993244082+809155219)?c}
14.01.2024 11:59
123456
14.01.2024 11:59
123456$(expr 837388940 + 922758746)
14.01.2024 11:59
${818033629+997466499}
14.01.2024 11:59
123456
14.01.2024 11:59
123456
14.01.2024 11:59
123456|expr 813190193 + 951137218
14.01.2024 11:59
123456
14.01.2024 11:59
/*1*/{{939982435+888869886}}
14.01.2024 11:59
123456
14.01.2024 11:59
123456 expr 914106308 + 876840292
14.01.2024 11:59
123456
14.01.2024 11:59
123456
14.01.2024 11:58
123456
14.01.2024 11:58
123456
14.01.2024 11:58
123456
14.01.2024 11:58
123456
14.01.2024 11:58
123456
14.01.2024 11:58
123456