14.03.2024

RAMAZON OYINING FAZILATLARI VA RAMAZON OYI UCHUN BERILADIGAN TAVSIYALAR

Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsinki, o‘n bir oyga cho‘zilgan sog‘inch va ishtiyoqdan so‘ng nihoyat oylarning sultoni, ezgulik va xayr mavsumi, toatu ibodat fasli, saxovatu duo, tarovehu Qur'on oyi bo‘lmish muborak mohi Ramazon o‘zining tarovati, saxovati va barakoti bilan olamga tashrif buyurib, boshimiz uzra rahmat soyaboni bo‘lib turibdi. Ha azizlar, Ramazon mana shunday o‘xshashi yo‘q, fazilatda tengi yo‘q muborak oydir. 

Alloh taolo quroni karimda shunda marhamat qiladi(U sanoqli kunlar) Ramazon oyidirki, bu oyda odamlar uchun hidoyat bo‘lib va hidoyat va furqon (haq bilan botilni ajratguvchi)ning ochiq oyatlari bo‘lib Qur’on nozil qilingan. Bas, sizlardan kim bu oyda hozir bo‘lsa, ro‘za tutsin. Va kim xasta yoki musofir bo‘lsa, u holda (ro‘za tutolmagan kunlarining) sanog‘ini boshqa kunlarda (tuzalgach yoki safardan qaytgach) tutadi. Alloh sizlarga yengillikni istaydi, sizlarga og‘ir bo‘lishini istamaydi. Bu sanoqni to‘ldirishingiz va hidoyat qilgani sababli Allohni ulug‘lashingiz uchundir. Shoyad shukr qilsangiz(baqara surasi 185 oyat)

Bu oyati karimada Alloh taolo ’’Ey iymon keltirganlar !’’ deb muminlarga mahbub xitob bilan boshlamoqda . Muhum va mashaqatli ishni taklif qilishdan oldin o`zi yaxshi ko`rgan va unung uchun har qanday mashaqatni bo`yniga olishga tayor turgan sifatni eslab qilingan hitob eshituvchi bo`lajak ishga g`ayrat bilan kirishishlik ruxini uyg`otadi . Alloh taolo ham musulmonlarga ruzaning farzligini amr etishdan oldin ularga shunda nido qilmoqda.Oyati karimaning oxirida Alloh taolo ’’Shoyatki taqvo qilsangizlar’’deb ro`zadan ko`zlangan asosiy maqsadni ham bayon qilib qo`ymoqda. Demak ro`za ham taqvo yo`llaridan biri ekan.Ro`za havoiy nafsning no o`rin istaklarini yo`lga solishga to`g`irlashga shahvatni jilovlashga, qorin talablarini ham izga solishga hizmat qiladi.Bu oyati karimada ro`za farz qilinganligini xabari keldi. Avvalgi umatlarga yil bo`yio , yoki yarim yil ro`za tutish joriy bo`lganligi uchun eshitguvchida “ Ro`zaning muddati qancha?” degan savol tug`uladi bunga kelasi oyatda  ro`za farz qilingan kunlar sanoqli kunlardir deb javob keladi.

 Va yana boshqa bir oyatda Alloh taolo Qur’oni karimda aytganidek: “Ey iymon keltirganlar, sizlardan oldingilarga farz qilinganidek, sizlarga ham ro‘za farz qilindi, shoyad taqvodor bo‘lsangizlar”. 

Ro`za aqli raso ,sog`ligi yaxshi bo`lgan har bir musulmon erkak hamda xayz va nifosdan pok bo`lgan musulmon ayolga farz qilingan.Yangi oy ko`rib ro`zaga niyat qilish Ramazon ro`zasining asosiy shartlaridandir.Alloh taolo bandalariga karam va mexribonlik ko`rsatish uchun bu oyni boshqa oylardan farqli qilgan.Bu oy isyonkor shaytonlar jilovlanadigan, do`zax eshiklari yopiladigan jannat eshiklari ochiladigan,gunohlar mag`firat qilinadigan oydir.


Sahl raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Jannatda Rayyon nomli bir eshik bordir, – deydilar Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, – bu eshikdan ro‘zani kanda qilmay tutganlargina kiradi xolos. Qiyomat kuni «Ro‘zadorlar qani?» deb nido qilinadi shunda ular o‘rinlaridan turib mazkur eshikdan kirishadi so‘ng eshik yopiladi va ulardan boshqa birorta odam bu eshikdan kira olmadi»dedilar

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar Ramazon kirsa, osmon eshiklari ochilib, do‘zax eshiklari berkitiladi hamda shaytonlar kishanlanadi», – deganlar. 

Abu Hurayradan rivoyat qilingan hadisda: Rasululloh sallollohu alayhi va sallam aytadilar: 

«Alloh; «Odam bolasining hamma amali o'zi uchun, faqat ro'za mustasno. Chunki u men uchundir, uning mukofotini O'zim beraman» dedi. ” 
(Yani, eng avvalo  Alloh taoloni uluglash, u Zotni buyrug'ini ulug'lash uchun ham, ro'za tutamiz.) 
Hadisda “ro'zasi Men uchun” so'zining manosini ulamolar shunday sharxlaydi: 
"Bandani hamma amali asli o'zi uchun, ro'za ham boshqa amallar kabi, bandaga foyda beradi, Allohga zarracha foyda bermaydi, ammo " Men uchun" degani, bu ro'zada, boshqa amallar kabi, Riyo aralashtirolmaysiz.  
Namoz o'qisangiz, kimdir qarab turgani uchun, sadaqa qilsangiz, hijolat bo'lmaslik uchun, va yana  boshqa amallar, ammo Ro'zada tamomiy ixlos ko'rinadi, chunki sizni ro'zador ekanligingizni, siz va Alloh biladi, bandalarni aldar olarsiz, ammo Allohni emas, ro'zani haqiqiy holislik bilan tutasiz. " 
(Mutafaqun alayh) 

Ya'ni, ro'zada agar siz  faqat ochlik bilan sinalaman, faqat och qolish kerak deb o'ylasangiz, xato qilasiz!  
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kim ro‘za tutib, yolg‘on so‘z va amalni tashlamasa, uning ovqat va ichimlikdan tiyilib yurishining Allohga keragi yo‘qdir", dedilar.  
(Buxoriy rivoyati) 


Ro‘za qalqondir. Sizlardan biringiz ro‘za bo‘lsa, haqoratomuz so‘z so‘zlamasin, baqir-chaqir qilmasin. Agar biror kishi so‘ksa yo urushsa, «Men ro‘zadorman» desin. Muhammadning nafsi Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, ro‘zador og‘zidan kelgan hid Alloh taoloning huzurida miskning hididanda xushbo‘yroqdir.  
Rivoyatlarda «Odam bolasining har bir amali ikki barobar qilib yoziladi. Bir yaxshilikka o‘ntadan yetti yuzgacha yaxshilik bordir. Alloh taolo aytadi: «Faqatgina ro‘za men uchundir.  Ro‘zasiga ajrni Men O‘zim beraman. Chunki banda shahvati va taomini men sababli tark qiladi», deyilgan.

Abu Sa’id roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 

Kim Allohning yo‘lida bir kun ro‘za tutsa, Alloh uning yuzini do‘zaxdan yetmish kuzlik (yillik masofa) uzoq qiladi”, dedilar”.

 Ramazon oyining har kunida qabul bo‘ladigan bir duo bor. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) marhamat qilib dedilar: “Albatta, Ramazonning har kunida barcha musulmonlar uchun qabul bo‘ladigan bir duo bor” (Imom Ahmad, Bazzor va boshqalar rivoyati).

Agar bu duo ro‘za paytida, ayniqsa, iftordan salgina oldin qilinsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yana Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) aytadilar: “Uch kishining duosi qaytarilmaydi: adolatli imom, ro‘zador to iftor qilgunicha va mazlumning duosi” (Termiziy, Ahmad ibn Hanbal rivoyati).

Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deb aytganlar: “Roʻza doʻzax oʻtidan asrovchi vositadir! Binobarin, roʻza tutgan kishi haqoratli soʻzlarni tilga olmasin, soʻzlashganda baqirmasin, birovni masxara qilmasin! Agar biror kishi roʻzador bilan urishsa yoki uni haqorat qilsa, roʻzador ikki bor: “Men roʻzadorman”, desin! Jonim qoʻlida boʻlgan Zot – Allohga qasamki, roʻzadorning ogʻzidan kelgan hid Allohning nazdida mushki anbardan ham xushboʻyroqdir. Chunki Alloh taolo: “Roʻzador Meni deb yeb-ichmaydi va Meni deb roʻza tutadi, binobarin, uning mukofotini oʻzim beraman va har bir yaxshiligi evaziga mendan oʻn barobar mukofot oladi”, deydi.

Endi hadisning umumiy maʼnosiga kirishadigan bo`lsak:

Roʻza doʻzax oʻtidan asrovchi vositadir!” 

Ramazon oyi kelishi sababli jannat eshiklari ochib, doʻzax eshiklari berkitilar ekan. Shaytonlar kishanband qilinib, Alloh taoloning rahmat farishtalari yer yuziga tusharkan. Ramazon oyining fazilatlaridan biri roʻza oʻz sohibini doʻzax oʻtidan asrashidir. Inson roʻza tutish bilan gunoh ishlardan saqlanishga harakat qiladi. Roʻza insondagi shahvoniy hirsni boʻgʻib turadi. Shuning uchun Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam roʻza ibodatini “doʻzaxdan asrovchi vosita” deganlar. 

Binobarin, roʻza tutgan kishi haqoratli soʻzlarni tilga olmasin, soʻzlashganda baqirmasin, birovni masxara qilmasin! 

Roʻza tutmoq faqat yeb-ichishdan tiyilish va shahvoniy hirsni jilovlashdan iborat emas. Roʻza farz qilinishining asosiy hikmati bandalarda taqvo hosil qilish, musulmonlarning maʼnaviy-ruhiy dunyosini poklashdir. Buni Alloh taolo Baqara surasining 183-oyatida “Ey iymon keltirganlar, sizlardan oldingilarga farz qilinganidek, sizlarga ham ro‘za farz qilindi, shoyad taqvodor bo‘lsangizlar”,   maʼlum qildi.

Insonning ruhiy va maʼnaviy dunyosini poklab, xulqini oliy darajaga koʻtaradigan ishlardan biri bemaʼni soʻzlar; haqorat, masxaralash, behuda gap-soʻz, gʻiybat, boʻhtonlardan tiyilishdir. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam roʻza tutgan kishi oʻzini mana shunday qabihliklardan saqlashi kerakligini taʼkidlayaptilar. Tilni bunday beʼmani narsalardan saqlamaslik roʻzaning asl mohiyatiga putur yetkazib, uning savobidan mahrum boʻlishga olib kelishi mumkin. 

Agar biror kishi roʻzador bilan urishsa yoki uni haqorat qilsa, roʻzador ikki bor: “Men roʻzadorman” desin!” 

Roʻza tutgan kishiga xos boʻlgan odoblardan biri atrofidagilar bilan chiroyli muomaladir. Ulardan birortasi bilan janjallashib qolgudek boʻlsa, birodariga oʻzining roʻzador ekanini eslatib qoʻyishi darkor. Zero, roʻzani buzuvchi omillar sirasiga faqat yeb-ichish emas, balki tildan chiqadigan bemaʼni soʻzlar ham kiradi. 

Jonim qoʻlida boʻlgan Zot – Allohga qasamki, roʻzadorning ogʻzidan kelgan hid Allohning nazdida mushki anbardan ham xushboʻyroqdir”. 

Roʻzador odamning oshqozonidan ochlik sababli chiqayotgan hid majoziy maʼnoda mushki anbarning hididan ham afzalroqdir. Chunki bunga sabab boʻlgan narsa Alloh taoloning amriga itoat qilib, yeb-ichishdan saqlanishdir. 

“Chunki Alloh taolo: “Roʻzador Meni deb yeb-ichmaydi va Meni deb roʻza tutadi, binobarin, uning mukofotini oʻzim beraman”, deydi”. 

Musulmon odam yeb-ichishdan tiyilib roʻza tutishining sababi Alloh taoloning amriga itoat va Uning roziligiga erishish istagidir. Farishtalar musulmon kishining har bir savob amalini yozib boradi, faqat roʻza mustasnodir. Chunki, uning savobi qanchaligini na inson va na farishtalar biladi. Bandalar qilgan boshqa xayrli, savobli ishlarda xolislik kamayishi yoki riyo alomatlari boʻlishi mumkin ekan, ammo faqat roʻza amalida bunday holatlar boʻlmas ekan. Shu sababli Alloh taolo bandaning roʻzasi savobini faqat Oʻzi bilishi va shunga yarasha mukofotini ham Oʻzi berishini aytyapti. 

“…va har bir yaxshiligi evaziga mendan oʻn barobar mukofot oladi”. 

Shuningdek, roʻzador inson qilgan boshqa xayrli, savobli ishlarining har biri uchun kamida oʻn barobar mukofot oladi.

Hadisdan olinadigan foydalar: 

•Roʻza – doʻzaxdan asrab, jannatga eltuvchi vosita. 
•Roʻza faqat yeb-ichish va shahvatdan tiyilishdan iborat emas. 
•Haqoratli, bemaʼni, fahsh soʻzlar roʻzani buzadi. 
•Roʻzador kishi boshqalarga chiroyli muomala qilishi zarur. 
•Roʻza – nafsning tarbiyachisi. 
•Roʻza tutishning oʻziga xos fazilatlari bor. 
•Roʻzadorning savobi miqdorini faqat Alloh taolo biladi. 
•Roʻza tutgan kishi amalini xolis Alloh uchun qilishi kerak. 
•Dinda buyurilgan amallardan faqat roʻzada riyo boʻlmaydi. 
•Roʻzador roʻzadan boshqa yaxshi amallarining har biri evaziga oʻn barobardan yetti yuz barobargacha savob oladi. 
Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam ushbu hadislarida roʻza va uning fazilatlari, roʻzadorning zimmasidagi burchlar, uning ajr-savoblarini birma-bir bayon qilganlar. Darhaqiqat, muborak Ramazon oyi kelishi bilan bandalarga mana shunday ulkan savob-ajrlar eshigi ochiladi. 

Rivoyatlarda keladiki ro‘zador  kishi saharlik qilib og‘zini yoparkan too iftorlik qolgunicha farishtalar u insonni gunohlarini kechirishligini so‘rab Allohga duo qiladilar farishtalar duosi ijobat bilguvchidir .

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilarki ramazonda shunday bir tun borki Alloh taolo bu tunda hamma bandalarini gunohlarini kechiradi shunday sahobalar ya Rasululloh bu qadr kechasidagi tunmideganda yo‘q albatta qadr kechasi bo‘lishi shartmas dedilar yani ohirgi o‘n kunligidagi hohlaga bir tunda Alloh taolo hamma bandalarini gunohini kechirib yuborishlikni  vada qildi dedilar.

Bu oyda shunday bir kecha borki Alloh taolo bu kechani ming kechadan afzal qildi.

 Alloh taolo quroni karimda shunday marxamat qilad : Albatta Biz u (Qur’on)ni Qadr kechasida nozil qildik. (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Qadr kechasi nima ekanligini siz qayerdan bilar edingiz? Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir. U (kecha)da farishtalar va Ruh (ya’ni, Jabroil alayhissalom) Parvardigorlarining izni-ixtiyori ila (yil davomida qilinadigan) barcha ishlar bilan (osmondan zaminga) tushurlar. U (kecha)da farishtalar va Ruh (ya’ni, Jabroil alayhissalom) Parvardigorlarining izni-ixtiyori ila (yil davomida qilinadigan) barcha ishlar bilan (osmondan zaminga) tushurlar dep aytgan . (qadr surasi)  

Bu kechani bedor o‘tkazishimiz kerak bo‘ladi . Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qadr kechasi oxirgi o`n  kunlikda izlanglar degan .chunki bu kechani ming  oylik ibodatdan ham ko‘ra ko‘proq yaxshilik va  savob erishishlik bordur. Bu kechada inson umri bo`yi ibodat qilib ham topa olmaydigan savobga erishishligi mumkin bo`ladi . 

Ramazon oyida  qilingan amallarning savobi  ko`paytirib beriladi. Ya’ni,  ramazonda qilgan ibodatlari, boshqa vaqtlarda qilgan ibodatlari bilan bir xil bo’lsa ham, ramazondagi savobi yetmish marta ortiq. Masalan : Tarovih namozini olsak  Ramazonda kuniga yigirma  rak’at tarovih namozini o’qiymiz. Yetmishni yigirmaga  ko’paytirsak bir ming to`rt yu rakat namoz o’qigandek bo’lamiz. Sadaqa bersak ham, tasbeh  o’girsak ham yetmish marta ko’p savob olamiz.Bu ozmuncha farq emas, juda ham yaxshi bir mukofot shuning uchun ramazon oyida xossatan oxirgi o`n kunligida g`aflatta qakmastan bu kunlarni bu tunlarni bedor o`qizishimiz kerak bo`ladi.

O‘tgan ulug‘larimiz Ramazonga shunday intiq bo‘lishar ediki, hatto oylar davomida “Ey Alloh, bizlarni Ramazonga eson-omon yetkaz!”, deya Yaratganga iltijolar qilardilar. Ramazon kelib, uning har lahzasini ezgu amallar uchun zaxira qilishgach, yana bir necha oylar davomida “Ey Alloh, bizdan Ramazondagi amallarimizni qabul et!”, deya tinmay duoda bo‘lardilar.
Solih salaflarimizning Ramazonga munosabatlari ana shunday edi. U zotlar butunboshli yilga Ramazon orqali nazar solganlar. Ramazonni yilning asosi va mehvari deb bilganlar. Shu bois ham yarim yil davomida Parvardigordan Ramazondagi ibodatlarini qabul qilishni so‘rasalar, qolgan oylarni“Ramazonga yetkaz!” degan iltijo tillaridan tushmagan.

Biz har birimiz bu oyda ko`plab savobli ishlarni qilib qolishimiz kerak. Bu oyda qanday ishlarni qilishimiz kerakli to`g`risida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va ko`plab ulomolarimiz ko`p tafsiyalarni beradi: Quyidagi tavsiyalarni siz azizlar uchun keltirib o`tamiz , Zotan ularga amal qilgan birodarlarimiz  albatta bu oyning fazlu barokatidan ulkan savoblarga ega bo‘ladilar .

1. Ramazon tunlarini bedor o‘tkazish. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam dedilar: “Ramazon kechalarini iymon va savob umidida namoz o‘qib bedor o‘tkizgan kishining gunohlari kechiriladi”   (Imom Buxoriy rivoyati).

2.Miskinlarga taom ulashish. Alloh taolo O‘z Kalomi Qur’oni karimda shunday marhamat qiladiki:O`zlari  taomni suyub-xohlab tursalar-da, (o‘zlari yemasdan) miskin, yetim va asirlarni taomlantirurlar. (Ular ayturlar): «Biz sizlarni yolg‘iz Allohning Yuzi uchun taomlantirurmiz. Sizlardan (bu ishimiz uchun) biron mukofot va minnatdorchilik istamasmiz — kutmasmiz.Albatta bizlar Parvardigorimiz tomonidan bo‘ladigan, (dahshatli azobidan yuzlar) tirishib, burishib qolguvchi bir Kundan qo‘rqurmiz ».Bas, Alloh ularni o‘sha Kunning yomonligidan saqladi va ular(ning yuzlari)ga jilva — nur, (dillariga) surur baxsh etdi.Va ularni sabr-qanoatlari sababli jannat va (jannatda egnilarida bo‘ladigan) ipak (liboslar) bilan mukofotladi. ( Inson surasi, 8­­­­- 12 oyatlar).

 

3.Ro‘zadorlarga iftorlik berish. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam dedilar: “Ro‘zadorga iftor bergan kishiga ro‘zadorning savobining mislicha savob beriladi va ro‘zadorning savobi hech ham  kamaytirilmaydi” (Nasoiy rivoyati).

4.Ko‘proq sadaqa va ehson qilish. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam eng saxovatli kishilardan edilar. Xususan, ramazon oyi kelganda u kishining saxovatlari, esib turgan shamoldan ham saxovatliroq bo‘lib kolar edi.

Rasululloh sallollohu alayhi va sallam: “Sadaqalarning eng afzali ramazon oyidagi sadaqadir” — dedilar (Termiziy rivoyati).

5.Qur’onni ko‘p o‘qish. Abdulloh ibn Amr ibn Os roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallamshunday deganlar: “Kim Qur’on o‘qisa, bas, u nubuvvat (darajasi)ga pog‘onama-pog‘ona ko‘tarilib boribdi. Faqat unga vahiy qilinmaydi, xolos. Qur’on sohibi qalbida Allohning Kalomi bo‘la turib g‘azab qilgan kishi bilan tortishishi va johil kishiga qo‘shilib johillik qilishi to‘g‘ri emas” (Bayhaqiy “Shuabul-iymon”da rivoyat qilgan).

6.Qadr kechasini izlash. Alloh taolo  Qur’oni karimda shunday marxamat qiladi:

Albatta Biz u (Qur’on)ni Qadr kechasida nozil qildik. (Ey Muhammad sallallohu alayhi va sallam), Qadr kechasi nima ekanligini Siz kayerdan ham bilar edingiz?! Qadr kechasi ming oydan yaxshirokdir”. (Qadr surasi, 1-3 oyatilar)

Rasululloh sallollohu alayhi va sallam dedilar: “Qadr kechasini iymon bilan va savob umidida namoz o‘qib o‘tqizgan kishining o‘tgan gunohlari kechiriladi”  (Imom Buxoriy rivoyati).

7.Zikr va istig‘forni ko‘paytirish. Alloh taolo quroni karimda shunday marxamat qiladi :

Ular iymon keltirgan va Allohning zikri ila qalblari orom topganlardir. Ogoh bo‘lingkim, Allohning zikri ila qalblar orom topur!” (Ra’d surasining 28 oyatlari).

Albatta, iymon keltirganlarning qalblari Allohning zikri ila orom topadi. Chunki u qalblar o‘zlarining Allohga doimiy bog‘liq ekanlarini his etadilar.

 Alloh taolo quroni karimda shunday marxamat qiladi: (Alloh sizlarga amr qilurki), Parvardigoringizdan mag‘firat so‘ranglar, so‘ngra Uning O‘ziga tavba qilinglar, shunda (U) sizlarni ma’lum muddatgacha (ajallaringiz yetgunicha) chiroyli mato — foydalanish bilan foydalantirur va har bir yaxshilik sohibiga yaxshilik (ya’ni, ajr — mukofot) berur. Agar yuz o‘girsangizlar, u holda Men sizlarga Ulug‘ Kun (ya’ni, Qiyomat Kuni) azobi yetishidan qo‘rqaman) (Hud surasi, 3-oyat).

Bu oyatda zikir qilinganidek biz bandalar Alloh taoloning amrini to`laqonli bajarib qaytariqlaridan tamomila qaytsak Alloh taolo biz bandalariga bu dunyoda ham oxiratda ham ulug` nemat va mukofotlar bilan bizni mukofatlashni aytmoqda .Dema biz Alloh taolo buyurgan Iymon, Namoz, Ro`za , Zakot va Haj kabi farz bo`lgan amallarda mustaxkam bo`lishligimiz, bizlarni qaytargan gunoh va xarom kabi yamon ishlarga yaqinlashmasligimiz darkor.Xulosa qilib aytadigan bo`lsak musulmonlar uchun istig`for iymon e’tiqod, sabr-toqat, xayr-ehson kabi fazilatlarni o`z ichiga olgan bu ramazon oyida Allohning toatida mustaxkam bo`lishimiz kerak.

Alloh taolodan yolvorib so‘raymizki, bu muborak , rahmat va mag‘firat, do‘zaxdan najot beriladigan, duolar ijobat qilinadigan Ramazon oyini barchamizga xayrli va barakotli qilsin! Uni taqvo ne'matiga erishishimiz uchun vasila qilsin! Omin!

Imom Faxriddin Ar Roziy o`rta maxsus islom bilim yurti 1 kurs 123B guruh talabasi Abduraxmanov Muhammadjon Sanaqul o`g`li

Izoh qoldirish

Izohlar