22.04.2024

Yodlangan narsalarni mustahkamlash usuli

Yodlangan narsalarni mustahkamlash yo‘li ko‘p takror qilishdir. Odamlar bu borasida turlicha bo‘ladilar :
Ba’zilar ozgina takror qilsa ham qolaveradi.
Ba’zilar esa ko‘p takror qilgandan keyin yodlay oladilar.
Shuning uchun ham inson yodlagan narsasi o‘zida sobit bo‘lib qolishi uchun yodlagandan keyin ham takrorlab turishi lozim.
Nabiy sollallohu alayhi va sallamning "Qur’on bilan hamnafas bo‘linglar! Chunki u kishilarning ko‘ksidan bog‘lab qo‘yilgan tuyalardan ham qochuvchiroqdir" degan ma’noda hadislari bor.
Hatto Abu Is’hoq She’roziy ham darsni 100 marta takror qilar edi. Alkiyo al-Harrosiy esa 70 marta takror qilar edi.
Faqih Hasan ibn Abu Bakr Naysoburiy aytadilar: "Ellik marta takror qilmagunimcha yodlamas edim". Yana hikoya qilib aytadilar:
"Bir faqih uyida darsini ko‘p qaytarar edi. Shunda uyidagi keksa ayol :
" Allohga qasamki, men ham yodlab oldim" dedi va yoddan aytib berdi. Bir necha kundan keyin faqih:" Ey qariya, o‘sha darsni aytingchi?" dedi. Ayol esa: "Esimda yo‘q" deb javob berdi. Shunda faqih : " Albatta, men sizga yetgan narsa menga ham yetib qolmasligi uchun ko‘p takror qilaman" dedi.

("Ilmni muhofaza qilishga qiziqtirish va buyuk ulamolarning zikri". 35-sahifa. Imom Ibn Javziy rohmatullohi alayh)

Ahliddin Kromiddinov tayyorladi
Imom Faxriddin ar-Roziy o'rta maxsus islom bilim yurti talabasi.

Izoh qoldirish

Izohlar