BU HAM RAMAZONDAGI BID'ATMI?
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilar: “Kim bizning ishimizda dindan bo‘lmagan biron bir yangilik qilsa, u rad qilingandir”.
Albatta bid'atlar haqida ko'pchilikda tushuncha shakillangan, lekin qaysi biri bid'atu qaysi biri shariatdagi ko'rsatma ekanligini ajratishda muammolarga uchraymiz.Bugun esa Ramazondagi xalq orasida uchrayotgan savollarga "Zikr ahlidan so'rang" hay'ati tomonidan berilgan javoblar bilan tanishib chiqamiz:
1.Gap shundaki, hozirda men unashtirilganman. Kattalarimiz kelin tarafga sovchilikka borishganida kelin taraf "ikki Hayitni o'rtasida to'y qilib bo'lmaydi" deyishibdi. Hazrat, bu narsa menga g'alati tuyuldi, asossiz aytilgan bid'atmasmikin deb o'ylandim, sababi avval hech qulog'imga chalinmagan ekan. Iltimos shu masalada fikringizni bildirsangiz, agar rostan ham o'rinsiz fikr bo'lsa ota-onam va kelin tarafga yetkizay.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ikki hayit orasida to‘y qilish mumkin emas degani ayni bid'at. Bu gapga hech ishonmaslik kerak.
2.Assalamu alaykum.Men bir domlani ma'ruzasini eshtib qoldim shovvol oyida ro‘za tutmagan odam ramozondagi ro‘zasi qabul bo‘lmaganini shundan bilsa bo‘ladi dedilar. Shu gap qanchalar xaqiqat?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay'ati:
– Va alaykum assalom! Bekor gap. Vallohu a'lam
3.Assalomu alaykum! Ramazon oyida ammamlarnikiga mexmonga borganda, suxbatda bir gap eshitib qoldim. Ularning qishlog‘idan bir nomaqul ishlar qiladigan ayol shu oyda vafot etgan ekan. Ammamning aytishicha, u ayol to‘g‘ri jannatga kirgan, chunki ramazon oyida jannat eshiklari ochiladi. Shu gap rostmi? Ya'ni, umrini qanday yashab o‘tgan bo‘lsa xam, ramazon oyida vafot etish insonni jannatga olib kiradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay'ati:
– Va alaykum assalom! Hayotda qilgan amallariga qaraladi. Abdulloh ibn Ubay degan munofiq vafot topgan. Musulmon sahoba o‘g‘lining iltimosi bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘z ko‘ylaklarini unga kafan qilib kiydirganlar, muborak so‘laklaridan mayyitning og‘ziga solganlar, o‘zlari janozasini o‘qiganlar, qabrining ustida turib mag‘firatini so‘rab duo qilganlar. Erta yoki indiniga o‘sha shaxsning do‘zaxiyligi haqida oyat nozil bo‘lgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u amallarni qasddan, barchaga “Meni kiyimim, meni so‘lagim, janozasini o‘zim o‘qib qabr ustida duo qilsam ham o‘zining amali bo‘lmasa holiga voy” degan ta'limotni berganlar. Vallohu a'lam!
4.Assalomu alaykum! Yaqinda romazon oyida vafot etgan odam shaxid xisoblanadi degan gapni eshitdim. Shu rostmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay'ati:
– Va alaykum assalom! Ramazonda turli xil jonivorlar ham vafot qiladi. Gap vafot topishda emas, qanday yashab vafot topishda. Vallohu a'lam!
5.Assalomu alaykum! Payg‘ambarimiz (s.a.v)dan: "Ummatlarimning qazo namozlari bo‘lsa, Ramazonning oxirgi juma kuni, juma namozi bilan asr namozi orasida 4 rakat namoz qilsa, 400 yillik qazo namozini o‘qigan bo‘ladi. Inson 400 yil yashay olmaganligi uchun ortgani otasi-onasi va farzandlariga o‘tadi" ma'nosida aytganlari qanchalik haqiqat? Agar rost bo‘lsa qanday tartibda o‘qilishi kerakligi haqida ma'lumot bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay'ati:
– Va alaykum assalom! Siz keltirgan hadis Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga tuhmat, yolg‘on va to‘qima gap.
Alloh taolo bizlarni bid'atlarga emas sunnatga ergashganlardan bo'lishimizni nasib qilsin.
Imom Faxriddin ar-Roziy o'rta maxsus
islom bilim yurti 122-“A” guruh talabasi
Umurzoqov Diyorbek Sobit o’g’li
Izohlar