03.05.2024

IJTIHOD QILISHGA KIMLAR HAQLI

#Raddiya
#Talabalar
إن سيد الحفاظ الإمام يحيى بن سعيد القطان البصري، إمام المحدثين و شيخ الجرح والتعديل: كان لا يجتهد في استنباط الأحكام بل يأخذ بقول أبي حنيفة رحمه الله كما في (تذكرة الحفاظ) للحافظ الذهبي ٣٠٧:١، في ترجمة وكيع بن الجراح و في (تهذيب التهذيب) للحافظ ابن حجر ١٠  :  ٤٥٠ ( قال أحمد بن سعيد القاضي: سمعت يحيى بن معين - تلميذ يحيي القطان- يقول: سمعت يحيي بن سعيد القطان يقول: لا نكذب الله،  ما سمعنا رأيا أحسن من رأي أبي حنيفة و قد أخذنا بأكثر أقواله)
و كان إمام أهل الحفظ في عصره وكيع ابن الجراح الكوفي، محدّث العراق لا يجتهد أيضا و يفتي برأي الإمام أبي حنيفة الكوفي ففي (تذكرة الحفاظ) للحافظ الذهبي ٣٠٧:١ و (تهذيب التهذيب) ١٢٦:١١-١٢٧ قال حسين بن حبان عن ابن معين-تلميذ وكيع-: ما رأيت أفضل من وكيع، كان يستقبل القبلة و يحفظ حديثه و يقوم الليل و يسرد الصوم و يفتي بقول أبي حنيفة)) انتهى…
روى الحافظ الرامهرمزي في كتابه ((المحدث الفاصل بين الراوي و الواعي)) صفحة ٥٦٠ بسنده عن أنس بن سيرين قال: أتيت الكوفة فرأيت فيها أربعة آلاف يطلبون الحديث و أربع مائة قد فقهوا)) انتهى
و في هذا ما يدل على أن وظيفة الفقيه شاقة جداً فلا يكثر عدده كثرة عدد النقلة الرواة، و إذا كان مثل يحيي القطان و وكيع بن الجراح و عبد الرزاق و يحيى بن معين و أضرابهم لم يجرؤوا أن يخوضوا في الإجتهاد و الفقه، فما أجرأ المدعين للاجتهاد في عصرنا هذا ؟! مع تجهيل السلف بلا حياء و لا خجل ! نعوذ بالله من الخذلان.
 
كتاب: "الإسناد من الدين" لعبد الفتاح أبو غدة رحمه الله تعالى. و 
صفحته ٦٧-٦٨

Muhaddislar imomi, Jarh va Ta’dil shayxi Imom Yahyo ibn Said al-Qatton al-Basriy hadislardan hukm chiqarishda ijtihod qilmagan, balki Abu Hanifa rohmatullohi alayhning so‘zlarini olganlar.
Hofiz Imom Zahabiyning (Tazkirat al-Huffaz)kitobida va Hofiz ibn Hajarning “At-Tahziyb va tahziyb” kitobida Vaki' ibn Al-Jarroh tarjimai holi borasida shunday deyiladi:
Ahmad ibn Said Al-Qoziy aytdi: Yahyo ibn Ma'in(Yahyo al-Qattonning shogirdi) aytadi : "Men Yahyo ibn Said Al-Qattonning: "Alloh taologa yolg'on gapirmaymizki, biz Abu Hanifa rohmatullohi alayh qilgan ijtihoddan ko'ra yaxshiroq fikrni eshitmadik va uning so'zlarini ko'proq qabul qilganmiz” deganini eshitdim.
O'z davridagi hadis ahlining imomi Iroq diyorining muhaddisi bo’lgan Vaki' ibn al-Jarroh al-Kufiy ham ijtihod qilmagan va Imom Abu Hanifa al-Kufiyning fatvosiga ko'ra fatvo bergan. (Hofiz az-Zahabiyning “Tazkirat al-Huffoz” 1:307 va “Tahdib at-Tahdib” 11:126-127)
Husayn ibn Hibbon Ibn Muin(Vakiyning shogirdi) shunday deydi: “Men Vakiydan yaxshiroq olimni ko'rmadim, U qiblaga yuzlanar, hadis yod olar, tunlari qoyim bo’lar , ro'za tutardi va Abu Hanifa fatvosiga ko'ra fatvo berardi”.
Hofiz Romahurmziy o‘z kitobi المحدث الفاصل بين الراوي و الواعي) da Anas ibn Siyrindan rivoyat qiladilar: Ko’faga bordim va u yerda to'rt ming kishini hadis o’rganayotganini va shular ichidan to'rt yuzta haqiqiy dinda faqih bo’lganlarni ko’dim” dedilar.
Yuqoridagi gaplar shuni ko'rsatadiki, faqih ulamolarning vazifasi juda mashaqqatli bo'lib, ularning soni hadis rivoyat qiladigan roviylar soni kabi ko'p emas va agar Yahyo al-Qatton, Vaki’ ibn Jarroh va Yahyo ibn Mu’iynlardek ulamolar ijtihod qilishga jur’at qilishmagan bo`lsalar hozirgi zamonamizda o’tgan salaf ulamolarini tanimasdan turib ijtihod qilishni da`vo qiladiganlarning jur’ati nimasi bo`ldi?! Alloh taolo bizni o`z holimizga tashlab qo`yishidan panoh so`raymiz.

📚AbdulFattoh Abu G’udda rohmatullohi alayh

Tarjimon: Imom Faxriddin ar-Roziy islom bilim yurti 2-kurs talabasi Abdusalomov Jahongir Mirzo

@arroziyuz | Obuna bo'ling va yaqinlaringizga ulashing

Telegram (https://t.me/arroziyuz) • YouTube (https://youtube.com/c/arroziyuz) • Facebook (https://www.facebook.com/arroziy) • Instagram (https://www.instagram.com/arroziyuz/)

Izoh qoldirish

Izohlar