08.10.2024

IMOM ABU HANIFA VA XAVORIJLAR O`RTASIDAGI BAHS!

Xavorijlar Kufa shahrini egallagach, imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhni qo'lga oldilar va u zotga aytdilar: " Ey, shayx, kufrdan tavba qiling!"
U zot: "Men har qanday kufrdan Allohga tavba qildim" dedilar.
Xavorijlar Abu Hanifa rohmatullohi alayhni qo'yib yuborishdi.
So'ng ularning ba'zilari "U kufrdan tavba qildim deyishi bilan sizlar uni ustida turgan ishlarni nazarda tutdi" deyishdi.
U zotni yana qaytarib olib kelishdi. 
Ularning boshlig'i: "Ey, shayx! Kufrdan tavba qildim deb biz uni ustida turgan ishlarni nazarda tutdinggizmi?!" dedi.
Abu Hanifa rohmatullohi alayh: "Bu gapni gumon bilan aytyapsanmi yoki ilm bilanmi?" deb so'radilar.
Xavorijlar boshlig'i: "Gumon bilan" deb javob berdi. 
Abu Hanifa rohmatullohi alayh: " Alloh taolo oyati karimada: 
"{ يا أيها الذين آمنوا اجتنبوا كثيرا من الظن إن بعض الظن إثم }
"Ey iymon keltirganlar!  Ko'p gumonlardan chetda bo'linglar, chunki ba'zi gumonlar gunohdir" deb marhamat qilgan.
Men haqimda yomon gumon qilishing senga gunohdir. Holbuki sening nazdingda gunoh qilish bilan banda iymondan chiqib kofir bo'ladi. Avvalo o'zing kufrdan tavba qil!" dedilar.
U: "To‘g‘ri aytdingiz, ey shayx, men kufrdan tavba qildim!" dedi.
Boshqa safar Xavorijlar u zot bilan bahslashish uchun yana kelishdi. Ahli sunna val jamoa bandani gunohi sababli, modomiki o'sha gunohni halol sanamaguncha kufrga hukm qilmaydi. Xavorijlar: " Masjid eshigi oldida ikkita janoza turibdi. Ularning birinchisi, xamr ichib- ichib hatto xamrga tiqilib, g'arq bo'lib vafot etdi. Ikkinchisi, bir ayolki, zino qildi va homilador bo'lib qolganini bilgach, o'zini o'ldirdi!" deyishdi.
Abu Hanifa rohmatullohi alayh: "Ular qaysi dinda edilar? Yahudiymi?"
Ular: "Yo'q"
U zot: "Nasroniylardanmi"
Ular: "Yo'q"
U zot: " Majusiylardanmi"
Ular: "Yo'q"
U zot"Qaysi dinda edilar unda?!"
Ular: " Allohdan o'zga iloh yo'q, Muhammad sollallohu alayhi vasallam Allohing Rasuli deb guvohlik beradigan kishilarni dinida" deyishdi
U zot: " O'zingiz mo‘min deb bilgan va tasdiqlagan qavm haqida mendan so'rayapsizmi?» dedilar
Ular: "Bizni tinch qo'ying! Ular jannat ahlimi yoki do'zah ahlimi?"
■U zot: " Agar meni inkor qilsangiz sizlarga Allohing nabiysi Ibrohim alayhissalom ulardan jinoyati yomonroq bo'lgan qavm haqida aytganlarini  keltiraman

( رَبِّ إِنَّهُنَّ أَضْلَلْنَ كَثِيرًا مِّنَ النَّاسِ  فَمَن تَبِعَنِي فَإِنَّهُ مِنِّي  وَمَنْ عَصَانِي فَإِنَّكَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ )

إبراهيم (36)
"Ey Robbim, albatta, u(sanam)lar odamlardan koʻpini adashtirdilar. Bas, kim menga ergashsa, u mendandir. Kim menga osiy boʻlsa, albatta, Oʻzing magʻfirat qilguvchi va rahmlisan"

■Iyso alayhissalom ulardan jinoyati yomonroq bo'lgan qavm haqida aytganlarini aytaman:
{ إن تعذبهم فإنهم عبادك وإن تغفر لهم فإنك أنت العزيز الحكيم }
"Agar ularni azoblaydigan boʻlsang, bas, albatta, ular Sening bandalaring. Agar ularni magʻfirat qiladigan boʻlsang, bas, albatta, Sening Oʻzing aziz-gʻolib va hikmatli zotsan"

■Nuh alayhissalom ulardan jinoyati yomonroq bo'lgan qavm haqida aytganlarini aytaman:
{ ولا أقول لكم عندي خزائن الله ولا أعلم الغيب ولا أقول إني ملك ولا أقول للذين تزدري أعينكم لن يؤتيهم الله خيرا الله أعلم بما في أنفسهم إني إذا لمن الظالمين }
"Men sizlarga: “Huzurimda Allohning xazinalari bor”, demayman. Gʻaybni ham bilmayman. “Men farishtaman”, demayman. “Koʻzingizga haqir koʻrinayotganlarga Alloh hargiz yaxshilik bermaydi”, demayman. Ularning dillarida nima borligini Alloh yaxshi biladir. Aks holda, men, albatta, zolimlardan boʻlib qolaman», dedi."
Shu on ular qurollarini tashladilar va tavba qilib aytdilar: "Biz o'zimizcha "haq" deb yurgan dinimizdan voz kechdik va Allohga sizning diningizga ko'ra itoat qilamiz. Batahqiq, Alloh taolo sizga fazl, hikmat va ilm bergan ekan" dedilar 
("Manoqibu Abu Hanifa"; 108-151)
Arab tilidan Tursunboy domla Matkarimov tarjimasi

Imom Faxriddin ar-Roziy o'rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi 

Izoh qoldirish

Izohlar