08.05.2026

Qur'on dunyo va uning ichidagi narsalardan yaxshiroqdir

Qur'on dunyo va uning ichidagi narsalardan yaxshiroqdir

Darhaqiqat Qur'on oʻqishning fazilatlari juda ham koʻpdir. Alloh taolo Qur'oni Karimda shunday deydi :
{ إِنَّ ٱلَّذِینَ یَتۡلُونَ كِتَـٰبَ ٱللَّهِ وَأَقَامُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَأَنفَقُوا۟ مِمَّا رَزَقۡنَـٰهُمۡ سِرࣰّا وَعَلَانِیَةࣰ یَرۡجُونَ تِجَـٰرَةࣰ لَّن تَبُورَ }{ لِیُوَفِّیَهُمۡ أُجُورَهُمۡ وَیَزِیدَهُم مِّن فَضۡلِهِۦۤۚ إِنَّهُۥ غَفُورࣱ شَكُورࣱ }

29. Аlbatta, Аllohning Kitobini tilovat qiladiganlar, namozni toʼkis ado etib, Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan maxfiy va oshkora nafaqa qiladiganlar hargiz kasodga uchramaydigan tijoratdan umidvor boʼlurlar.U Zot ularga ajrlarini toʼliq qilib berishi va Oʼz fazlidan ziyoda ham qilishi uchundir. Аlbatta, U oʼta magʼfiratlidir, koʼp savob beruvchidir. 
Fotir surasi 29-30

Hadisi sharifda shunday deydilar Paygʻambarimiz alayhissalom: Sizlarning eng yaxshilaringiz qur'onni oʻrganib uni boshqalarga ham oʻrgatganlaringizdir" 
Bu hadisi sharifda ham qur'on xofizing oʻrni qanchalar baland ekanligi aytilmoqda

Yana bir xadisi sharifda : Qur'onni mohirona oʻquvchi kishi doim itoatkor Mukarram farishtalar bilandir. Qiynalib oʻquvchi va unda mashaqqat chekuvchi insonga ikki ajr bordir"
Demak qur'onni moxir oʻquvchi kishi ham qiynalib oʻqigan kishilar uchun ham koʻp yaxshiliklar bor ekan 
Shuning uchun ham aytishadi :
Sen dunyoni xoxlasang qur'on oʻqi
Agar sen oxiratni xoxlasang ham qur'on oʻqi 
Dunyo va oxiratni xoxlasang ham qur'on oʻqi deyishadi.
Qur'on karim sizu-bizni dunyo va oxiratda aziz Mukarram qiladi

Qur'oni karim qiyomat kunida oʻzining sohibiga shafoatchi boʻlgan xolda keladi
Bu haqda Abu Umuman Boxiliy roziyallohu anhu Rosululloh sollallohu alayhi vasallamdan quyidagi hadisni eshitganini rivoyat qiladilar: Qur'on oʻqinglar ,chunki u qiyomat kuni sohibining shafoatchisi boʻlib keladi"

Imom Faxriddin ar-Roziy oʻrta maxsus islom bilim yurti 124-b guruh talabasi Mahmudjanov Rahmatulloh