08.05.2026

Qur’oni Karimning arab tilida nozil bo’lganligi

Qur’oni Karimning arab tilida nozil bo’lganligi 
ﺇِﻨَّﺎ ﺃَﻨﺰَﻠْﻨَﺎﻫُ ﻗُﺮْﺂﻨًﺎ ﻋَﺮَﺒِﻴًّﺎ ﻟَّﻌَﻠَّﻜُﻤْ ﺗَﻌْﻘِﻠُﻮﻥ
(Yusuf surasi, 2-oyat.)
Albatta, Biz uni (Kitobni) anglashlaringiz uchun arabiy Qur’on tarzida nozil qildik.
Qur’on doim olimlarning ilm bekati bolib kelgan. Olimlar uni chuqur tushunish uchun bor kuchlarini ishga solishadi, sozlarining tagiga etish maqsadida bor imkoniyatlarini safarbar qilishadi. Faqih undagi ahkom oyatlarni organadi. Qori tajvidini organadi. Nahv olimi oyatlarning grammatik jihatlarini, ishora, hukm olish yollarini organadi. Balogat olimi gozal kinoya, tengsiz saj’, qoyilmaqom tashbeh, nozik istioralarni tadqiq qiladi. Lugaviy olim sozlarning asl ma’nosini, vasflarni, lahjalarni organadi. Hamma undan oz ulushini topadi.Qur’on sohilsiz dengizdir. Unda tafakkurlar suzadi. Oyatdan olingan ma’lumotlar yelkan vazifasini bajaradi. Bir paytlar «Qur’ondagi barcha sozlar arabiymi yo boshqa tillardan kirib kelgan kalimlar ham bormi?» degan bahs bolgan. Arab tiliga boshqa tillardan kirgan sozlar haqida nima deyiladi? Til naqadar gozal va mukammal bolmasin, boshqa tillar bilan tutashuvi va toqnashuvi bolishi tabiiy. Qur’on oyatlarining zohiridan boshqa tildan kirgan sozlar yoqligi tushuniladi. Mutaqaddim ulamolar bu fikrni qattiq ushlashgan .Bu masalada umumiy uchta fikr bor.Ikkitasi asosli, bittasi zaif, asossiz fikr.Birinchi fikr: Qur’onda arabchadan boshqa soz yoq. Bu Shofe’iy, Ibn Jarir Tabariy, Abu Ubayda Ma’mar ibn Musanno, Qozi Abu Bakr va Ibn Forisning fikri.
Imom Shofe’iy bu fikrni inkor qilganlar adashishda ekanini ta’kidlagan. 
Ikkinchi fikr: Qur’onda arabcha bolmagan suzlar ham bor. Bu fikrni juda katta lugat va din olimlari aytgan. Ular yozgan asarlarni oqisangiz, ular Qur’on himoyasi uchun jonlarini tikadigan xolis olimlar ekaniga guvoh bolasiz. Ular ibn Hishom, Saolibiy, Suyutiy va boshqalar. Mazkur ikki fikr bahsga arzigulik fikr. Bularning ichidan sahihrogi ikkinchi fikrdir. Qur’onda arabcha bolmagan soz yoq, deyish togri emas. Asli arabcha bolmagan quyidagi sozlarni misol qilish mumkin: aboriq (koza), sijjil, istabroq, dinor, yoqut, misk va boshqalar. Bular asli forscha kalimalar. Raqim, sirot, qistos, iblis yunoncha. Jahannam, maloika, uxdud habashiy .Gassoq eski turkiycha Mishkot hindiy soz. 
Xosh, Qur’onning arab tilida nozil qilingani haqidagi oyatlar, barcha sozlar arabcha ekanini ta’kidlaydigan olimlarga qanday javob beramiz? Javob shuki, mazkur kalimalar arabiylashib ketgan edi. Ya’ni aslida boshqa tilning sozi bolsa ham, arablar qabul qilib, arabiylashtirib yuborishgan edi. Qur’on nozil bolishidan oldin ham u sozlarni xuddi arabchadek ishlatib yurishgan. Shu jihatdan ularni ham arabcha soz desak boladi. Qolaversa, u sozlarni asl holicha ishlatishmagan,balki ba’zi harflari va tovush lariga sarfiy ozgarishlar kiritishgan, arabcha vaznlarga moslashgan. 
Demak, Qur’onda arabiy bolmagan soz yoq, degani boshqa tilning sozlari ham arabiylashib ketgan ma’nosida. Qur’on shu sozlarni ishlatganda ulardan arablar oz tillarining sozi dek foydalanib yurishgandi. Arabcha bolmagan kalimalar ham bor, degani esa asli kelib chiqishi arabcha bolmagan ma’nosida. Bu gap ham togri.
Uchinchi fikr bilan ham tanishib qoying. U fikrga kora, mazkur sozlarni arablar Qur’ondan oldin bilishmagan. Urfda umuman ishlatilmagan. Qur’on bu sozlarni arab tiliga majburlab kiritgan.
Bu fikrning na asosi bor, na tayinli tarafdori bor. Odatda islomdan alamzada, yo islom haqida ilmi yoq johillar kotarib yuradi. «Xusumatchi qavm» deb nom olgan Quraysh ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan shuncha janjallashib yurishiga qaramay, Qur’onning sof arabiy ekaniga, eng fasohatli kalom ekaniga taslim bolgan. Holbuki, ularning ichida balogat ilmi ustunlari, she’r ilmining choqqisini zabt etgan shoirlar bor edi. Qurayshdan boshqalar ham Qur’oniy kalimalarga e’tiroz qilmagan.Balogiy Tamim, Yuksak Huzayl qabilalari ham Qur’onning sof arabiy ekaniga bosh egishgan.Xullas, Qur’oni Karim haqida va uning fazilatlari haqida har qancha gapirsak, shuncha oz.

Imom Faxriddin ar Roziy o‘rta maxsus islom bilim yurti talabasi Yusupov  Boburjon