16.11.2026

QUR’ONI KARIM TILOVATINING FAZILATI

QUR’ONI KARIM TILOVATINING FAZILATI

Qur’oni karim Alloh taoloning kalomi bo’lib, Bashariyatning hattoyinki Payg’ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallamning so’zlari yoki gaplari ham emasdir. Demak Alloh taoloning kalomi, Bo’lib ham Alloh taolo O’zining Rosuli orqali butun ummatga haq yo’lni ko’rsatish va nohaq yo’ldan qaytarish uchun nozil qilingan kalomi ekan.

Demak bu Ilohiy kalom va Ilohiy so’zlar bo’lganligi uchun banda qur’oni karimni tilovat qilishligi bilan ajr savoblar ega bo’lar ekan va ko’plab fazilatlarga ega bo’lar ekan.
Zero Alloh taolo Marhamat qilib aytadiki:

إِنَّ الَّذِينَ يَتْلُونَ كِتَابَ اللَّهِ وَأَقَامُوا الصَّلَاةَ وَأَنْفَقُوا مِمَّا رَزَقْنَاهُمْ سِرًّا وَعَلَانِيَةً يَرْجُونَ تِجَارَةً لَنْ تَبُور

 Albatta, Allohning kitobini tilovat qilganlar, namozni to’kis ado etib, Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan maxfiy va oshkora infoq qilganlar, hargiz kasodga  uchramaydigan tijoratdan umidvor bo’lurlar.

Alloh taolo faqatgina O’zidan qo’rquvchi mo’min musulmonarning sifatini bayon qilar ekan birinchi bo’lib Qur’on tolovat qiluvchilarni bayon qilmoqda.Bu qur’oni karim tilovatining darojoti balandligi yuksakligi e’tiboridandir.

Alloh taolo ushbu oyatda namozni to’la to’kis ado qiladilar, Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan infoq qiladilar degan jumlada qoim qiladilar, infoq qiladilar kalimalari moziy felida nozil qilingan. Moziy (o’tgan zamon fe’li) fe’li o’tgan zamonga dalolat qilishligi bilan birga, o’tgan zamonda aniq sodir bo’lganligi e’tiboridan hosil bo’lishga ham dalolat qiladi. Ya’ni o’qidilar, infoq qildilar deyilmoqda bu degani aniq o’qiydilar aniq infoq qiladilar degani. 

Tilovat qiladilar kalimasi muzore’ (hozirgi va kelasi zamon fe’li) fe’lidadir. Muzore’ felining xususiyatlaridan biri bardavomlikni bildiradi. Ya’ni doimiy, takroriy o’qiydilar deganidir.

Demak bu fazilatlar Qur’oni karimni bir marta o’qib qo’yish bilan hosil bo’lmas ekan, balkiy doimiy o’qib yurish orqali va o’qishlikda ham tadabbur qilgan holda, ma’nolarini chuqur his qilgan holda, Alloh taolo buyurgan buyruqlariga itoat qilgan holda tilovat qilishlik doimo Qur’onga murojaat qilib turishlik nazarda tutilgan.



Imom Faxriddin ar-Aoziy örta maxsus islom talim muassasasi mudarrisi Xabibullayev A